104
Bir bolaga ham defektolog, ham tarbiyachi, ham oila a’zolari bir vaqtning o‘zida
maqsadga yo‘naltirilgan munosabatda bo‘lishsa, bunday bolalarning muloqatga
bo‘lgan ehtiyoji paydo bo‘ladi, nutqining rivojlanishiga turtki bo‘lishiga
aminmiz. O‘yin faoliyati davomida bolani zeriktirib qo‘ymaslik juda muhim.
Buning kerakli jihozlarni
tanlashda rangbarang, diqqaini o‘ziga tortuvchi rasm,
plakat, didaktik o‘yinchoq va materiallardan foydalanish kerak bo‘ladi.
O‘yinlarni tanlashda va guruhdagi sog‘lom ruhiy
holatni ushlab turishga
erishish uchun har bir bolaning individualligini hisobga olish defektologning
asosiy vazifasidir. Bunda bolaga qanchalik qiziqarli o‘yin taklif qilmang, unda
ishtirok etish uchun yetarli malaka va ko‘nikmalar mavjud bo‘lmasa, bu faoliyat
uni
aslo qiziqtirmaydi, aksincha,
guruhdan chetlashtiradi, asabiy holga solib
qo‘yadi va nutq o‘stirish mashg‘ulotlaridan uzoqlashtirib qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: