100
Ushbu o‘yinda “Hayvonlar” mavzusiga doir so‘zlar
bolaning leksikonini
boyitish bilan birga,
mantiqiy fikrlash rivojlanadi, tafakkurning muntazam
charxlanib
borishi natijasida, oldingi o‘yinga nisbatan topshiriqni bajarish
tezligini oshganligini kuzatish mumkin. Shu kabi yana bir nechta o‘yinlarni
keltirishimiz mumkin.
“Bu narsalar kimga kerak?” o‘yini
Maqsad”
bolalarning grammatik jihatdan gapni to‘g‘ri
tuza olish hamda
lug‘at boyligini oshirish, mantiqiy tafakkurini charhlash.
Rasmlar:
tayoqchasiz o‘qituvchi, cho‘tkasiz bo‘yoqchi, qaychisiz
sartarosh,
miltiqsiz ovchi, qarmoqsiz baliqchi, tarozisiz sotuvchi va h.k.,
shuningdek, ularga yetishmaydigan predmetlar rasmi
alohida kartochkalarda
taqdim etiladi.
O‘yinning borishi:
Bolalar bu rasmlarni ko‘rib chiqib navbat bilan kimga
nima kerakligini aytib chiqadilar. (o‘qituvchiga tayoqcha kerak, qarmoq
baliqchiga kerak).
“Mehmonlar” o‘yini
Maqsad:
Jihoz:
Turli xil noz-ne’matlar (mulyaj) bilan to‘lgan dasturxon: olma,
baliq, sabzi, suyak, qo‘ziqorin va h.k. (Har
bir MMTM da shunday burchak
bo‘lishi shart).
Defektolog
ko‘rsatmasi:
“Ayiqpolvon
mehmonlarni
kutyapti.
Likobchalarda u o‘zining o‘rtoqlariga atab noz-ne’matlar qo‘yibdi. Nima deb
o‘ylaysiz bu noz-ne’matlar qaysi mehmonlarga atalgan? Sabzini kimga beramiz?
(sabzini quyonga beramiz) va h.k.”.
Dostları ilə paylaş: