96
qo‘yilishidagi farqda u bolaning o‘yin topshirig‘i sifatida namoyon bo‘ladi.
Didaktik o‘yinning
asosiy ahamiyati shundaki, u bolaning fikri va nutqida
mustaqillik va faollikni hosil qiladi.
O‘yin faoliyati har doim ham ko‘rinuvchan xarakterni yuzaga keltirmaydi.
Bu to‘liq yo‘naltirilgan kuzatish, taqqoslash, ba’zan oldingi o‘zlashtirilganlarni
qayta eslash, o‘ylash jarayonlarini to‘liq ifodalovchi aqliy faoliyat hamdir.
Murakkabligi bo‘yicha ular aqliy tarkib va o‘yin topshiriqlari, bolalarning
yoshiga moslik darajalari turli xil va sharoitga moslashgandir.
Murakkabligi jihatdan ular turlicha va bosh mazmunning, o‘yin
maqsadining darajasi bilan bolalarning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi.
O‘yin harakatlarining hajmi ham turlichadir. Kichik guruhlarda – bu ko‘p
hollarda takrorlanuvchi 1-2
ta harakatdan, kattaroq guruhlarda esa 5-6 ta
harakatdan iborat. Katta maktabgacha yoshdagilarning sport xarakteriga ega
bo‘lgan o‘yinlardagi o‘yin harakatlari boshidanoq vaqt bo‘yicha taqsimlangan
va ketm- ket amalga oshiriladi. Ularni o‘zlashtirgan bolalar maqsadga intilib,
aniq, tez kelishgan xolda o‘zlashtirilgan sur’atda o‘yin vazifasini oladilar.
Didaktik o‘yinlarning elementlaridan biri qoidalar hisoblanadi. Ular
o‘rgatishning vazifasi va o‘yin mazmuni bilan belgilanadi va o‘z navbatida o‘yin
harakatlarining xarakterini va usullarini aniqlab beradi,
bolalarning xulqini,
bolalar o‘rtasidagi va tarbiyachi bilan o‘zaro munosabatlarni shakllantiradi va
yo‘naltiradi. Qoidalar yordamida bolalarda o‘zgargan sharoitlarda mo‘ljal olish
qobiliyati, bevosita istaklarni jilovlash ko‘nikmasi, emotsional – irodaviy
zo‘riqishni namoyon qilishni ushlab tura olish shakllanadi. Buning natijasida o‘z
harakatlari bilan boshqa o‘ynovchilarni boshqarish qobiliyati rivojlanadi. O‘yin
qoidalari o‘rgatuvchi, tashkil etuvchi va intizomiy xarakterga ega. O‘rgatuvchi
qoidalar bolalar oldida kim, nimani va qanday qilish kerakligini ochishga
yordam beradi: ular o‘yin harakatlari bilan munosabatda bo‘ladi, harakatlarning
rolini
kuchaytiradi, bajarish usulini aniqlashtiradi. Tashkil etuvchi qoidalar esa
bolalarning o‘yindagi o‘zaro munosabatlarini, tartibni, ketma ketlikni belgilaydi.
97
Intizomiy qoidalar nimani va nima uchun qilish mumkin emasligi haqida
ogohlantiradi.
Tarbiyachi qoidalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi, o‘yinni ular bilan
zo‘riqtirmasligi, faqat zarur holdagina ularni qo‘llashi lozim. Ko‘p
qoidalarni
kiritish, ularni bolalarga majburan bajartirish salbiy natijalarga olib keladi.
Xaddan tashqari intizom bolalarda o‘yinga qiziqishni pasaytiradi, xatto o‘yinni
buzadi, ba’zan esa qoidalarni bajarishdan qochish maqsadida ayyorlikni keltirib
chiqaradi. Didaktik o‘yin natijasi – shunchaki xar qanday usul bilan erishilgan
g‘alaba emas, balki bolalar tomonidan erishilgan bilimlarni o‘zlashtirish, aqliy
faoliyat rivojlanishi, o‘zaro munosabatlardagi yutuqlar darajasining
ko‘rsatkichidir. O‘yin vazifalari,
harakatlari, qoidalari, o‘yin natijasi bir biri
bilan bog‘langan. Bu tarkibiy qismlardan birortasining yo‘qligi o‘yinning
butunligini buzadi, tarbiyaviy ta’sirini pasaytiradi
49
.
Ma’lumki, MMTMning katta guruhida tarbiyalanuvchi yengil darajadagi
aqli zaif bolalar predmetlarni birlik va ko‘plikdagi holatini farqlashda qator
qiyinchiliklarga duch keladilar. Ushbu qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida
Dostları ilə paylaş: