Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

 


105 
III bob bo‘yicha xulosa 
Тadqiqotning yakunlovchi bobida aqli zaif bolalarning nutqiy muloqotini 
tashkil qilishda didaktik o’yin turlaridan foydalanildi. Didaktik o‘yinlar 
bolalarning sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. His qilish va sezgi jarayonlari 
aqlan zaif bola tomonidan atrof olamni bilish asosida yotadi. Maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalarda buyumning rangi, shakli, kattaligi bilan tanishishi 
sensor tarbiya bo‘yicha didaktik o‘yinlar va mashqlar sistemasini yaratish 
imkoniyatini beradi. Didaktik o‘yinlar bolalarning nutqini o‘stiradi: lug‘atini 
boyitadi va faollashtiradi, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish shakllanadi, 
bog‘langan nutq va o‘z fikrini bayon qila olish ko‘nikmasi rivojlanadi. 
Shuningdek, ushbu bobda aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirishda didaktik 
o’yinlarni qo’llashga qaratilgan talimiy ekspirement o’tkazildi. Ta’limiy 
eksperimental tadqiqot Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 353-sonli maxsus 
maktabgacha ta’lim muassasasida olib borildi. Unda didaktik o’yin 
texnologiyalari qo’llanildi. Bu o’yin texnologiyalari nutqni o’stirish 
mashg’ulotlari davomida o’tkazildi. Тa’limiy eksperimental tadqiqot natijasida, 
takroriy ta’kidlovchi eksperimental tekshiruvda mazkur bolalar bu topshiriqlarni 
bajarishda muammoli vaziyatlarni hal etishda nisbatan mustaqil tarzda, nutqdan 
faolroq foydalangan holda bajarishdi. O‘tkazilgan nazorat eksperimental 
tadqiqot asosida tarbiyalanuvchilarni bog‘langan nutqi, mantiqiy tafakkuri, 
tasavvur, tafakkur operatsiyalarini, ixtiyoriy diqqatini rivojlanish darajasi 
sezilarli darajada rivojlangani kuzatildi. Bolalar topshiriqlarni bajarishda 
diqqatlarini jamlay olish, ko‘rsatmalarni tinglash va tushunish, yo‘naltiruvchi 
savollardan foydalanish, o‘z fikrini bildira olish, savollarga yoyiq javoblar 
berish ko‘nikmalari nisbatan ijobiy tarzda o‘zgarganligi kuzatildi. Aksariyat 
bolalar topshiriqlarni kattalarning minimal yordami bilan bajara olib, namuna 
bilan ishlash, taqqoslash, analiz-sintez jarayonlarini sifat jihatdan o‘zgarganligi 
ko‘zga tashlandi. 
Nazorat eksperimental tadqiqot asosida, intellektual kamchiliklarga ega 
maktabgacha yoshdagi bolalar xilma-xil natijalarni namoyish etib, dastlabki va 


106 
takroriy ta’kidlovchi tadqiqotlarni taqqoslash asosida umumiy ijobiy o‘sish 
tendensiyasi aniqlandi. Tekshiriluvchilar orasida topshiriqni bajarishdan bosh 
tortgan, topshiriqni umuman bajara olmagan, topshiriqni bajarish davomidagi 
hissiy-irodaviy 
soha, 
tormozlanish-qo‘zg‘alish 
jarayonlari, 
tafakkur 
operatsiyalarining kamchiliklar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan 
tarbiyalanuvchilar soni qisqardi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin