Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


107 
UMUMIY XULOSA 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish – juda
jiddiy ilmiy-metodik muammo bo‘lib, ushbu muammmoga psixologik-
pedagogik adabiyotlarda katta ahamiyat berilgan. Maktabgacha yoshdagi aqli 
zaif 
bolalarning 
nutqini 
rivojlantirish 
muammosiga 
qaratilgan 
tadqiqotchilarning ishlarini tahlili ham muammoning muhim ahamiyatga ega 
ekanligini ko‘rsatdi. 
Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini tadqiqoti bilan shug‘ullangan 
barcha tadqiqotchilar aqli zaiflarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan 
tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutqiy kamchiliklar tarqalganligini 
ko‘rsatadilar va ularni korreksiyalash va bartaraf etishning samarali yo‘llari, 
voistalaridan biri didaktik o‘yinlar ekanligi ta’kidlaganlar. O‘yinda, ayniqsa, 
didaktik o‘yin orqali bolalar yangi bilimlar, tushunchalar, ko‘nikma va 
malakalarni egallab oladilar, nutqi shakllanadi va rivojlanadi. Bularning barchasi 
biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqni
rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish yo‘llarini tadqiq etish 
zaruriyatini keltirib chiqardi. Biz tomondan ishlab chiqilgan didaktik o‘yin 
texnologiyalari guruh defektologining “Nutq o‘stirish”, “Logoritmika” 
mashg‘ulotlari hamda maxsus guruh tarbiyachisining korreksion-rivojlantiruvchi 
mashg‘ulotlari davomida tizimli tarzda qo‘llanildi. Nutq kamchiliklarni 
korreksiyalash, nutq rivojlanishini yuqoriroq darajaga ko‘tarish maqsadida 
guruhchali va yakka (individual) mashg‘ulotlar o‘tkazilib, mashg‘ulotlar 
davomida tanlangan maxsus didaktik o‘yin texnologiyalari qo‘llandi. Bundan 
tashqari mazkur didaktik o‘yin texnologiyalari tarbiyalanuvchilarning ota-
onalariga taqdim etilib, bolalarning bo‘sh vaqtida bajarilishi taklif etildi. 
Tadqiqotimizning ta’kidlovchi bosqichini amalga oshirish natijasida 
maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda bir qator nutq kamchiliklari ko‘zga 
tashlandi. Ta’kidlovchi tadqiqot natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni 
nutqini shakllanishi orqada qolishi bilan birga nutqga ehtiyoj tug‘diruvchi 


108 
omillarni ham shakllanmaganligi ko‘zga tashlandi. Ta’kidlovchi tadqiqot 
natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni nutqini shakllanishi orqada 
qolishi bilan birga nutqqa ehtiyoj tug‘diruvchi omillarni ham shakllanmaganligi 
ko‘zga tashlandi. Bolalarda o‘yin davomida diqqatsizliklari, xotira va 
kuzatuvchanlikni sust rivojlangani, sabab-oqibat munosabatlarni tushunishni
qo‘pol buzilganligi kuzatildi. Bularning barchasi bizga maktabgacha yoshdagi 
aqli zaif bolalarning nutqini didaktik o‘yinlar asosida rivojlantirishga qaratilgan 
korreksion –rivojlantiruvchi ishlar mazmunini ishlab chiqish zarurligini 
ko‘rsatdi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili hamda ta’kidlovchi tadqiqot natijalari 
asosida aqli zaif bolalar nutqini rivojlantiruvchi didaktik o‘yin texnologiyalarini 
ishlab chiqish imkonini berdi. O‘tkazilgan nazorat eksperimental tadqiqot 
asosida tarbiyalanuvchilarni bog‘langan nutqi, mantiqiy tafakkuri, tasavvur, 
tafakkur operatsiyalarini, ixtiyoriy diqqatini rivojlanish darajasi sezilarli 
darajada rivojlangani kuzatildi. Bolalar topshiriqlarni bajarishda diqqatlarini 
jamlay olish, ko‘rsatmalarni tinglash va tushunish, yo‘naltiruvchi savollardan 
foydalanish, o‘z fikrini bildira olish, savollarga yoyiq javoblar berish 
ko‘nikmalari nisbatan ijobiy tarzda o‘zgarganligi kuzatildi. Aksariyat bolalar 
topshiriqlarni kattalarning minimal yordami bilan bajara olib, namuna bilan 
ishlash, taqqoslash, analiz-sintez jarayonlarini sifat jihatdan o‘zgarganligi 
ko‘zga tashlandi. Nazorat eksperimental tadqiqot asosida, intellektual 
kamchiliklarga ega maktabgacha yoshdagi bolalar xilma-xil natijalarni 
namoyish etib, dastlabki va takroriy ta’kidlovchi tadqiqotlarni taqqoslash asosda 
umumiy ijobiy o‘sish tendensiyasi aniqlandi. Tekshiriluvchilar orasida 
topshiriqni bajarishdan bosh tortgan, topshiriqni umuman bajara olmagan, 
topshiriqni bajarish davomidagi hissiy-irodaviy soha, tormozlanish-qo‘zg‘alish 
jarayonlari, 
tafakkur 
operatsiyalarining 
kamchiliklar 
bilan 
bog‘liq 
qiyinchiliklarga duch kelgan tarbiyalanuvchilar soni qisqardi. Tadqiqotda 
qo‘llanilgan didaktik o‘yin texnologiyalaridan aqli zaif bolalarning nutqini 
rivojlantirishda samara berdi va ulardan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish 
mumkin ekanligi tasdiqlandi. Biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif 


109 
bolalarni nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanilsa, 
bu toifadagi bolalarning nutq faoliyatini rivojlanish jarayoni ancha samarali 
kechadi degan faraz isbotlandi. 


110 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin