Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna


 “Ko‘p, oz, barobar” o‘yin metodikasi



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

9. “Ko‘p, oz, barobar” o‘yin metodikasi 
Maqsadi:
og‘zaki bog‘langan nutq rivojlanganlik darajasini, matematik 
tasavvurlarni rivojlanish darajasini, tafakkur va nutq rivojlanish darajalarini 
o‘zaro mosligini tekshirish. 
Jihoz:
sanoq cho‘plari, geometrik shakllar, turli miqdordagi predmetlar 
chizilgan kartochkalar va h.k. 
Ko‘rsatma:
Tekshiruvchi bolaga bir raqamni ko‘rsatib, “ko‘p”, “oz”,
“barobar” so‘zlarini aytganda, bola shu so‘zlarga mos miqdordagi narsalarni 
ko‘rsatishlari kerak. Agar bola qiyinchiliklarga duch kelsa, unga yo‘naltiruvchi 
savol va ko‘rsatmalar beriladi.
10. “Rasmli domino” o‘yin metodikasi 
Maqsadi:
og‘zaki bog‘langan nutq rivojlanganlik darajasini, ko‘rish idrokini, 
diqqatini rivojlanish darajasini, tafakkur va nutq rivojlanish darajalarini o‘zaro 
mosligini tekshirish. 
Jihoz:
“rasmli domino” o‘yini uchun to‘plami. 


52 
Ko‘rsatma:
Tekshiruvchi o‘ziga va bolaga 5tadan domino beradi va o‘yin 
qoidalarini tushuntiradi: “men bir dominoimni stolga qo‘yaman, sen esa bu 
dominoning ikkala chetidagi rasmni diqqat bilan qarab, so‘ng qo‘lingdagi 
dominolardan mos rasmligini topib, uni meni dominoimni oldiga qo‘yasan”. 
Agar bola qiyinchiliklarga duch kelsa, unga yo‘naltiruvchi savol va ko‘rsatmalar 
beriladi.
11. “Singan piyola” metodikasi 
Maqsadi:
bolalarni og‘zaki bog‘langan nutq rivojlanganlik darajasini, o‘zaro 
sabab-oqibat aloqalari bilan bog‘langan hodisalarni tushunish xususiyatlarini 
tekshirish. 
Jihoz:
syujetli rasm: “xonaning o‘rtasidagi dumaloq stolda idishlar turibdi. 
Stolning oldida bola turibdi, u stolning tagidagi singan piyolagi qarayapti. Polda 
singan piyolaning oldida koptok bor” (sabab – bola xonada koptok o‘ynagan; 
birinchi oqibat – koptok piyolaga tegib ketdi; ikkinchi oqibat – piyola sindi). 
Ko‘rsatma:
Tekshiruvchi bolaga rasmni diqqat bilan ko‘rib chiqib, unda 
nima tasvirlanganini hikoya qilib berish taklif etiladi. Agar bola qiyinchiliklarga 
duch kelsa, “Stolda nima bor? Polda nima yotibdi? Bola koptok bilan nima 
qilayotgan edi? Koptok qayerga tushdi? Piyolaga nima bo‘ldi?” kabi 
yo‘naltiruvchi savol va ko‘rsatmalar orqali syujetni idrok etish va tushunish 
faollashtiriladi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin