b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI
2. Aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarni qo‘llashga qaratilgan ta’limiy eksperiment mazmuni Ta’kidlovchi tadqiqot asosida biz aqli zaif bolalarni nutqining leksik-
grammatik qurilishi, mazmuniy tuzilishi hamda bog‘langan nutqi yetarlicha
rivojlanmaganligini aniqladik. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili hamda
ta’kidlovchi tadqiqot natijalari asosida aqli zaif bolalar nutqini rivojlantiruvchi
didaktik o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish imkonini berdi.
Ta’limiy tadqiqot bazasi sifatida Toshkent shahar Sergeli tumanidagi
353-maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi tanlandi. Ta’limiy tadqiqot
intellektual kamchiliklarga ega tayyorlov guruhi bolalarida kunning birinchi
yarmida guruhchali va yakka (individual) mashg‘ulotlarida amalga oshirildi.
Ta’kidlovchi eksperimental tadqiqotda ishtirok etgan 6-7 yoshli 10 nafar
tarbiyalanuvchilar tashkil etdi. Mazkur guruhda 3oy (oktyabr, noyabr, dekabr)
davomida biz tomondan ishlab chiqilgan didaktik o‘yin texnologiyalari guruh
defektologining “Nutq o‘stirish”, “Logoritmika” mashg‘ulotlari hamda maxsus
guruh tarbiyachisining korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlari davomida
tizimli tarzda qo‘llandi. Nutq kamchiliklarni korreksiyalash, nutq rivojlanishini
yuqoriroq darajaga ko‘tarish maqsadida guruhchali va yakka (individual)
mashg‘ulotlar o‘tkazilib, mashg‘ulotlar davomida tanlangan maxsus didaktik
o‘yin texnologiyalari qo‘llandi. Bundan tashqari mazkur didaktik o‘yin
texnologiyalari tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga taqdim etilib, bolalarning
bo‘sh vaqtida bajarilishi taklif etildi.
Ta’limiy tadqiqot davomida quyidagi didaktik o‘yin texnologiyalari
qo‘llandi:
“Ertak bilan o‘yin” texnologiyasi