64
muvofiq foydalanishga o‘rgatadi. Ko‘pgina didaktik o‘yinlar
aqlan zaif bola
oldiga mavjud bilimlardan fikrlash jarayonida ratsional foydalanish vazifasini
qo‘yadi; atrof olamdagi buyumlar va hodisalarning o‘ziga xos belgilarini topish:
buyumlarini ayrim
belgilarga qarab taqqoslash, guruhlash,
klassifikatsiyalash,
to‘g‘ri xulosalar va umumlashtirishlar chiqara olish.
Didaktik o‘yinlar bolalarning sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi.
His qilish va sezgi jarayonlari aqlan zaif bola tomonidan atrof olamni bilish
asosida yotadi. Maktabgacha yoshdagi aqlan zaif bolalarning buyumning rangi,
shakli, kattaligi bilan tanishishi sensor tarbiya bo‘yicha didaktik o‘yinlar va
mashqlar sistemasini yaratish imkoniyatini beradi.
Didaktik o‘yinlar bolalarning nutqini o‘stiradi: lug‘atini boyitadi va
faollashtiradi, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish shakllanadi, bog‘langan nutq va
o‘z fikrini bayon qila olish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Didaktik masalalarning
ko‘pchiligi shunday tuzilganki, aqlan zaif bola buyumlar
va hodisalar haqida
mustaqil hikoya tuza olsin. Ayrim o‘yinlar bolalardan jins va tur tushunchalarini
faol ishlata olishni talab qiladi. Ko‘pgina og‘zaki o‘yinlarning vazifasi esa –
sinonimlarni, antonimlarni, eshitilishi o‘xshash so‘zlarni topa olish.
Maktabgacha yoshdagi aqlan zaif bolalarda ularning (o‘rab turgan)
atrofidagi buyumlarga kattalarning mehnat maxsuli kabi ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘lish haqida, axloq me’yorlari haqida,
tengdoshlari va kattalar
bilan o‘zaro munosabatlar haqidagi, shaxsning ijobiy va salbiy sifatlari haqidagi
axloqiy tasavvurlar shakllantiriladi.
2.
Dostları ilə paylaş: