229
Darsning maqsadi: a) o’quvchilarning yog’ochlarni ishlash bo’yicha olgan
bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish, kengaytirish va ularni amalda qo’llay
olishni o’rgatish; b) o’quvchilarni
tabiatni sevishga, inson mehnatini qadrlashga,
tejamkorlikka, tadbirkorlikka va ishbilarmonlikka o’rgatish; v) o’quvchilarning
o’lkashunoslik, duradgorlik va sotuvchilik sohalariga oid kasblarga bo’lgan
qiziqishlarini rivojlantirish.
Dars uchun quyidagi jihozlar hozirlanadi: a) dunyoning geografik xaritasi; b)
yog’och namunalari to’plami; v) yog’och turlarini aks ettiruvchi ko’rgazma; g)
turli xil
duradgorlik buyumlari; d) stanoklar, duradgorlik o’lchov va ish asboblari;
e) sotuvchilik rastasi va unga qo’yilgan duradgorlik buyumlari; j) ustalar,
sotuvchilar haqida ma`lumot va ularning ishlaridan namunalar; z) maktab hisobiga
keltirilgan foyda haqidagi ko’rsatkichlar.
Konferentsiya quyidagi tartibda o’tkaziladi:
Boshlovchi: Assalomu alaykum, xurmatli o’quvchilar!
Bugungi, yog’ochlarni ishlash mavzusiga bag’ishlangan anjumanimizni
boshlaymiz. Anjumanda yosh o’lkashunoslar, duradgorlar,
tadbirkorlar qat-
nashmoqda. So’z yosh o’lkashunoslarga, marhamat!
Dostları ilə paylaş: