Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2-duradgor
. Yog’och materiallari bizning faoliyatimizda asosiy xom ashyo 
bo’lib hisoblanadi. Tabiatdagi daraxtlarni kesib, turli xil arralardan o’tkazib taxta 
va brus shaklidagi materiallar tayyorlanadi. Daraxtlar, asosan ko’ndalang va 
bo’ylamasiga arralab kesiladi. Kesishda butoq, yoriq, daraxt o’zagi kabi turli xil 
nuqsonlar hisobga olinadi. Yog’och materiallari 2 xil xususiyatga ega: 1.Fizikaviy 
xususiyati – rangi, tovlanishi, zichligi, elektr, issiqlik o’tkazuvchanligi, hidi. 2. 
Mexanik xususiyati – mustahkamligi, yumshoqligi, qattiqligi, egiluvchanligi,
singdiruvchanligi, qayishqoqligi va hokazo. 
 
3-va 4-duradgor
. Beshik tayyorlash jarayonida yog’ochga ishlov berish ishlari 
amalga oshiriladi: 1. Beshik gardishini suv ichiga solib, egish ishlarini olib 
boradilar. 2.Ostki taxtalarini tayyorlaydilar. 3.Gardishlar orasiga o’rnatiladigan 
dastaning TSD-120 yog’ochga ishlov berish stanogida tayyorlanishi ko’rsatiladi. 
4. Qismlar biriktirilishi namoyish etiladi. (Yuqoridagi shu ishlarni amalga oshirish 
uchun duradgorlar oldida tayyor va yarim tayyor qismlar hamda bitgan beshik 
bo’ladi).
Boshlovchi:
Mana, biz yuqorida yosh o’lkashunos va duradgorlarning fikrlari, 
ishlari bilan tanishdik. Endi navbatni yosh tadbirkorlarga bersak. Ular o’zlarining 
tajribalaridan, bozorning sir-asrorlaridan so’z-lab beradilar. Marhamat! 
1-tadbirkor
. Hozirgi davrda tadbirkorlik faoliyati har bir sohaga kirib 
kelmoqda. Bizning tadbirkorlik kasbi ham duradgorlik kasbi singari 


231 
ommaviylashmoqda. Inson yaralibdiki, hayotning har bir kunida bir necha marta 
savdo-sotiq va mol ayriboshlash, iqtisod bilan bog’liq masa-lalarga, muammolarga 
duch keladi. Tadbirkorlik nima? Tadbirkorlik ishlab chiqarishni tashkil qilish, 
yo’lga qo’yish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sota bilish, sotilgandan so’ng 
tushgan pulni joy-joyiga sarflay bilishdir. Tadbirkor bu ishlab chiqarish va 
tijoratning barcha zarur omillarini boylik yaratish uchun foydalanadigan odamdir. 
Bu ancha keng ta`rifga yaratuvchanlikning ko’pgina sohalari bilan 
shug’ullanuvchi odamlar to’g’ri keladi. Tadbirkorlarga qo’yiladigan talablar 
moddiy boyliklar yaratuvchi boshqa odamlarga qo’yiladigan talablarga qaraganda 
ancha kengdir. Masalan, siz duradgorsiz deylik. Siz yashik, beshik, deraza va 
boshqa anjomlar yasashga ustasi farang bo’lishingiz mumkin. Lekin, agar siz 
tadbirkorlik bilan shug’ullanishni boshlasangiz, bu anjomlarni ishlab chiqarishdan 
tashqari: oldi-sotdi, marketing, boshqarish, hisob-kitob, moliyalashtirish, kadrlar 
ishi bilan shug’ullanishingizga to’g’ri keladi. 
Tadbirkorlik nimadan boshlanadi? Zamonaviy sharoitda tadbirkorlikning 
barcha turlari avj olmoqda. Ko’pgina korxonalarning 
xususiylashtirilishi bu sohaga ijobiy ta`sir ko’rsatmoqda. Yirik davlat korxonalari 
o’rniga kichik, chaqqon, har qanday sharoitga tez moslasha oladigan xususiy 
korxonalar paydo bo’la boshladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin