Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


VII. BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

VII. BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB 
TANLASHGA YО‘LLASH FANI BО‘YICHA TALABALARNI 
BAHOLASH TURLARI VA MEZONLARI 
7.1. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashda baholash mezonlari 
Reja: 
1.
 
Mehnat 
ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslari jarayonida 
о‘quvchilarning bilim, malaka va kо‘nikmalarni baholash va uning ahamiyati
2.
Baholashda hisobga olinadigan omillar.
3.
О‘quvchilarning о‘zlashtirishini baholash mezonlari 
Tayanch iboralar: 
Baholash, baho, ball, boshlang‘ich baholash, joriy 
baholash, yakuniy baholash, baholash obyektivligi, vaqt meyori, baholash mezoni, 
baholash shakllari, baholash turlari, baholash tamoyillari, baholash tizimlari. 
1.
 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslari jarayonida 
о‘quvchilarning bilim, malaka va kо‘nikmalarni
baholash va uning 
ahamiyati. 
Mehnat ta’limida о‘quvchilar tomonidan о‘quv materiallari 
о‘zlashtirilganligini, kо‘nikma va malakalar hosil bо‘lganligini tekshirish va 
baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat о‘qitish 
natijalarini nazorat qilish emas, balki о‘quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim 
oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. О‘z bilimini mehnat 
ta’limi о‘qituvchisi tomonidan tо‘g‘ri, baholanishiga ishoich xosil qilgan 
о‘quvchida va shu muallimga nisbatan о‘quvchilik hurmati ortadi, aksincha 
о‘quvchi bilimini baholashda prinsipsizlikka yо‘l qо‘ygan mehnat ta’limi 
о‘qituvchisi, garchi u nazariy bilim va amaliy faoliyati jihatdan juda tanilgan 
bо‘lsa ham asta-sekin о‘z о‘quvchilari nazarida qola boshlaydi. Bu masalani xavfli 
tomoni shuki, о‘quvchining bilim olishga bо‘lgan intilishi, shijoati susaya 
boshlaydi. Bu barcha muallimlarga tanish haqiqatdir. 
Baholash
 
– ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida о‘quv maqsadlariga 
erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida о‘lchash, natijalarni 
aniqlash va tahlil qilishda iborat jarayondar. 


236 
Baholash ­ о‘quvchilarni о‘quv faoliyatida rag‘batlantirish bilim, kо‘nikma va 
malakalarni tekshirish о‘qituvchi о‘quvchilarga yordam kо‘rsatishining muhim 
vositasidir. О‘qituvchi tekshirish jarayonida о‘quvchilarning ishlaridagi xatolarni 
kо‘rsatish bilan cheklanib qolmay, bu kamchiliklarni bartaraf qilishga yordam 
bersagina bunga erishish mumkin. Bundan tashqari, о‘qituvchi о‘quvchilarga ular 
bajargan ish bosqichining umumiy tavsifini beradi, bunda u о‘quvchilarda 
bajariladigan ishning bajarilgan ishlardan farqlari haqida uning murakkablik 
darajasi yoki javobgarliligi va xokazolar haqida aniq tasavvur qiladi. Natijada 
о‘quvchilar kelajakni kо‘radilar va bu ularni safarbar qiladi, ularda о‘z ishlarini 
tо‘g‘ri tashkil qilish, mehnat topshirig‘ini sifatli bajarish ishtirokini uygotadi. 
Baholash о‘quv jarayonini tashkil qilish va о‘tkazishdagi nuqsonlarini 
aniqlashda yordam beradi. Mehnat о‘qituvchisi о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma 
va malakalarini tekshirar ekan, Ayni bir vaqtda u о‘z ishining sifati xaqida ham 
xukm chiqaradi. Agar о‘quvchilar faoliyatida tipik xatolar uchrasa, bu hol 
aksariyat о‘qituvchi ishida kamchilik mavjudligini bildiradi va aksincha
о‘quvchilarning muvafaqqiyatli ishlashi mehnat usullarini tо‘g‘ri bajarishi va 
xokazolar о‘qituvchi о‘quv materialini tushunarli bayon qilgan degan xulosaga olib 
keladi. 
О‘quvchilarda о‘z-о‘zini nazorat qilish malakalarini tarkib toptirishda 
baholash muhim rol о‘ynaydi. Mehnat ta’limi о‘qituvchisi kо‘nikma va 
malakalarni tekshirishga о‘quvchilarning о‘zlarini ham jalb etadi. Chunonchi, 
buyum о‘lchamining aniqligini tekshirishdan oldin о‘qituvchi bu ishni 
о‘quvchilardan biriga topshiradi. Bunda о‘quvchi о‘lchov asbobini tо‘g‘ri 
ushlayotganini, tо‘g‘ri foydalanayotganligini, ishni mohirlik bilan bajarishini 
kuzatib turadi. Shundan keyin о‘lchashni о‘qituvchining о‘zi bajaradi. Agar 
birinchi va ikkinchi о‘lchashlar, ya’ni о‘quvchilar va о‘qituvchi bajargan о‘lchash 
natijalari farq qilsa, о‘qituvchi bu nimadan kelib chiqqanini, qanday xatoga yо‘l 
qо‘yilganini tushintirib beradi. Natijada о‘quvchilarga ish jarayonida о‘z - о‘zini 
nazorat qilishni tо‘g‘ri bajarish usullari о‘rgatiladi. Bundan tashqari, о‘qituvchi 


237 
о‘quvchilarga har qanday faoliyatda о‘z- о‘zini nazorat qilishlarining ahamiyatini 
tushuntiradi. 
Bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish birdan - bir maqsad emas, balki 
butun ta’lim jarayonining tarkibiy qismi bо‘lishi kerak. Shu talabdan kelib chiqib, 
mehnat darslarida nazorat qilishning yakka va frontal shakllaridan foydalanish
ularni har bir aniq xolda tо‘g‘ri amalga oshirish lozim. Masalan, kirish 
instruktajida yangi ishning birinchi bosqichlarida о‘quvchilar qо‘llashi mumkin 
bо‘lgan malakalar frontal tekshirilishi mumkin. Ishning keyingi bosqichlarida 
kerak bо‘lgan malakalar о‘quvchilarning har biri bu ishlarni bajarishga qanday 
kirishishiga qarab, yakka tekshiriladi. Bilimlarni tekshirish haqida ham shularni 
aytishi mumkin. Mehnat mashg‘ulotlarining tavfsifi bilimlarni yakka holda 
tekshirishda ularning amaliyotda qо‘llanishini bog‘lash imkonini beradi. Shu 
tufayli, bir tomondan, о‘quvchilar tekshirishning zarurligini tushunib yetadilar va 
unga katta mas’uliyat hissi bilan munosabatda bо‘ladilar, ikkinchi tomondan, 
о‘qituvchi har bir о‘quvchi haqida tasavvur hosil qilish imkoniga ega bо‘ladi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida 
quyidagi xulosalarni aytish mumkin: 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin