1. Ishlash aniqligi.
Aniqlik – har qanday mahsulotni, shu jumladan,
tikuvchilik sanoati mahsulotlarini tayyorlashga qо‘yiladigan talabdir.
2. Vaqt meyori.
Meyorlash xususida mehnat topshirig‘ini bajarishni vaqt
bо‘yicha chegaralash о‘quvchilar mehnat operatsiyalarini bajarish usullarini
egallab olganlaridan keyin amalga oshirilishi kerak. Bunda о‘quvchilar bir yо‘la
ham ishning sifatli bajarilishini kuzatishni, ham uni ma’lum muddatda bajarishga
239
intilishni uddalay olmasligi va ta’limning birinchi bosqichida vaqt meyori kiritilsa,
miqdor kо‘rsatkichlari sifat hisobiga ortishidan kelib chiqadi.
3.
О‘quvchilarning bilimlari.
О‘quvchilarning amaliy ishlari ularning
bilimlariga asoslanib tashkil qilinadi. Shu sababli ularning faoliyatini baholashda
о‘quvchilar dastur materialini qanday hamda va qanchalik chuqur о‘zlashtirganini
hisobga olish kerak.
4.
Mehnat usullarini tо‘g‘ri bajarish.
О‘quvchilar asbobni ushlash, ish
holatida turish, asbobning ishlov berilayotgan sirtga nisbatan qanday holatga tutish
haqidagi kо‘rsatmalarni qat’iy bajarishlari kerak. Mehnat usullarini tо‘g‘ri bajarish
kо‘nikmalari о‘qituvchi tomonidan baholanadi.
5. Ish о‘rnini tо‘g‘ri tashkil qilish.
Ishlab chiqarishda ish о‘rnini tо‘g‘ri
tashkil
mehnat unumdorligini oshiradi. О‘quvchilar mehnat madaniyatining
saviyasi kо‘proq о‘z ish о‘rnini tо‘g‘ri tashkil qila olishiga bog‘liqdir.
6. Mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Agar
ishning xavfsizligini
ta’minlovchi qoidalar buzilsa, jarohatlanish xavfi tug‘iladi. Jihozlar va asboblarni
ishlatishdagi mehnat usullari va hokazolarni bajarishdagi xavfsizlik qoidalarini
buzgan о‘quvchilarning bahosini pasaytirish kerak.
Baholash о‘tkazilish vaqtiga kо‘ra uch turga ajratiladi:
-
Boshlang‘ich baholash
-
Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash
-
Yakuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash
Boshlang‘ich baholash — ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning
dastlabki bilim, kо‘nikma va malakalarini aniqlash uchun о‘tkaziladi. Bunday
baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, usullari va shakllarini tanlash
imkonini beradi.
Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda о‘tkazib boriladi. U
ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor
(operativ) aniqlab borish, о‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchi о‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi.
240
Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash - ta’lim oluvchining ta’lim
jarayonining ma’lum davridagi о‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va
standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta’lim jarayonining
ma’lum bosqichi yakunida о‘tkaziladi. U joriy baholash natijalarini jamlaydi.
Umumlashtiruvchi baholashni о‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
Ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun о‘tkazilishi haqida
ma’lumotga ega bо‘lishi lozim. Bu uni baholashga tayyorgarlik kо‘rishga olib
keladi.
Baholashni о‘tkazish shartlari unga jiddiy yondashishiga, diqqatni
chalg‘itadigan yoki tasodifiy uzilishlardan о‘zini chetga olishga hamda ta’lim
oluvchini о‘z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beradi.
Baholash о‘tkazish sharoitida о‘quvchi о‘zini erkin tutishi va noxushlik his
qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak. Baholovchi va ta’lim oluvchi baholash nima
berishi, u qachon, Kim tomonidan va qanday о‘tkazilishini bilishlari muhim
ahamiyatga egadir. Qо‘yilgan baho о‘quv natijasini tushunish va uni
mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir. Ta’lim oluvchi oldindan belgilangan
natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim. Rejalashtirilmagan baholashni
о‘tkazish maqsadga muvofiq emas.
Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining
poydevori hisoblanadi.
-
О‘quv maqsadlariga asoslanganlik
-
Haqiqiylik
-
Haqqoniylik
-
Ishonchlilik
-
Qulaylik
1.
О‘quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy
tamoyili о‘quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati о‘quv
maqsadlariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqdir. О‘quv maqsadlari baholash mazmunini
aniqlab beradi. О‘quv maqsadlarining qо‘yilish darajasiga qarab, baholashning
shakli va usullari tanlanadi. Shuningdek, о‘quv maqsadlariga erishish uchun
241
bajarilgan faoliyat natijasi, baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga
ega.
2.
Haqiqiylik. О‘quv maqsadida kо‘zda tutilgan natijanigina baholashga
qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi ozim bо‘lgan
bilim va kо‘nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bо‘lishi lozim.
3.
Haqqoniylik (obyektivlilik). Bir-biridan mustaqil ta’lim beruvchilar bir xil
ta’lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bо‘yicha bir xil baho bergan
holdagina mazkur topshiriq va test haqiqiy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil
vaqtlarda berilgan baholar uchun taalluqlidir.
4.
Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usulardan
foydalanish mumkin. Lekin bu usullarni tanlashga qо‘yiladigan asosiy shart
ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bо‘lishi uchun baholash asosli va aniq
ma’lumotlarga asoslangan bо‘lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning о‘rganish
maqsadlarini nazorat qilishga yо‘naltirilganligini qanchalik ishonchliekanliligi
nazarda tutiladi.
5.
Qulaylik. Baholash tizimi о‘quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda о‘quv
va ishlab chiqarish standartlariga mosbо‘lishi, murakkab bо‘lmasligi, nazorat
о‘tkazuvchi va ta’lim ouvchi uchun qulay bо‘lishi lozim. Baholashni о‘tkazishda
imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Oxirgi paytlarda Respublikamiz ta’lim muassasalarida quyidagi ikkita
baholash tizimi qо‘llanilib kelinmoqda baholashning besh ballik tizimi va reyting
tizimi.
Baholashning besh ballik tizimida baholashga quyidagi didaktik talablar
qо‘yiladi:
-
Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bо‘lishi shart. Bu talabga
rioya etilmasa, о‘quvchilarning о‘qishga nisbatan munosabati yomonlashadi,
bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Ta’lim oluvchilar darsga har kuni
tayyorlanib borishlari kerak. ta’lim beruvchining doimiy ravishda nazorat qilib
turishi shunga majbur etadi.
-
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir о‘quuvchi uning
242
bilimlari, kо‘nikma va malaka baholanayotganini tushunishi kerak.
-
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik. Ta’lim oluvchilarning bilimlari,
malaka va kо‘nikmalari davlat о‘quv dasturlarining bajarilishi nuqtai nazaridan
tekshiriladi va baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |