Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2-tadbirkor.
Duradgorlik buyumlarini tayyorlash uchun qancha xom ashyo 
ketishini, ularga ketgan sarf-harajatni, olinadigan foyda hisoblarini aniqlaymiz. 
Buyumlarga tannarx asosida sotish uchun baho belgilaymiz. Albatta, baho 
belgilash bozorni o’rganish, undagi talab va takliflar natijasida amalga oshiriladi. 
Masalan: beshik tayyorlash uchun o’lkashunoslar sanab, ko’rsatib o’tgan mahalliy 
tol, terak daraxtlaridan olingan yog’och materiallaridan foydalanishimiz mumkin. 
Yog’och materiallarini juda tejamkorlik bilan ishlatishimiz kerak. Iqtisod bilan ish
yuritishimiz esa kishining halol mehnati evaziga daromad olishi va uni aql-idrok
tejamkorlik bilan zaruriy joylarga ishlatishidir. Isrof – iqtisod va tejamkorlikning 
aksi bo’lib, o’rinsiz, foydasiz va xayrsiz ishlarga pul va mol sarf qilishdir. “Sen 


232 
agar isrof etishni tashlading, ul zamon davlat etagini ushlading”, - deb bejiz 
aytilmagan.
3-tadbirkor
(savdo rastasi oldida turib sotuvchilik kasbi haqida gapirib 
beradi). Savdo sohasida juda to’g’rilik va halollik bilan ish ko’rish talab qilinadi. 
Savdoda sotuvchiga xos shirinso’zlik, hushmuomalalik, hozirjavoblik, istarasi 
issiqlik, so’zamollik kabi umuminsoniy xislatlar mujassam bo’lishi kerak. 
Boshlovchi
: Mana, xurmatli anjumanimiz qatnashchilari, yuqoridagi kasb 
egalarining fikr-mulohazalari va tajribalari bilan tanishdik. Yog’ochlarni
ishlashda nimalarga e`tibor berish, ularni qanday tejab ishlatish kerak ekanligini
bilib oldik. Yuqoridagi uchala kasb ham bir-biriga juda bog’liq ekan. O’lkashunos 
duradgorsiz, duradgor tadbirkorsiz o’z faoliyatini yurita olmasligining guvohi 
bo’ldik.
Shu tarzda darsda aytilgan fikrlar umumlashtiriladi. Kasblarning ajralmas 
uzviy aloqadorligi ularning faoliyatlari misolida ko’rsatib beriladi. Mehnat ta`limi 
mashg’ulotlarida konferentsiya tarzidagi darsni tashkil etish va o’tkazish 
jarayonida quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish mumkin: 
1) o’quvchilarning mehnat ta`limiga oid nazariy va amaliy bilimlarini 
mustahkamlash; 
2) kasblar xususiyati haqida fikrlay bilishga o’rgatish orqali ularni turli 
kasblarni to’g’ri tanlashga yo’naltirish; 
3) predmetlararo aloqalarni uzviy o’rnatish; 
4) unumli mehnat qilib, yuqori samaradorlikka erishishga o’rgatish; 
5) ekologik, iqtisodiy tarbiya berish; 
6) mulohaza yuritish, fikrlash, xulosa chiqara olish malakalarini hosil qilishga 
o’rgatish; 
7) qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish; 
8)
o’quvchilarda bilish imkoniyatlarining cheksizligiga, o’z qobiliyatlariga 
ishonch hosil qildirish; 
Konferentsiya darsi jarayonida o’quvchilar faol ishtirok etdilar. Yuqoridagi 
dars jarayonida ishtirok etgan uch guruh o’quvchilari bir-birlari bilan fikr 


233 
almashishlari natijasida kasb-hunarga qiziqishlari ortadi. O’quvchilar konferentsiya 
darsida o’zlari yoqtirgan kasb kishilari qiyofasiga va holatiga kirib, ziyraklik, 
chaqqonlik, hozirjavoblik, bardoshlilik, tadbirkorlik vaziyatlari va ishbilarmonlik 
hislatini namoyish qiladilar. Bunday darslar o’quvchida kichik-kichik hajmdagi 
ilmiy ishlar qilish uchun bosilgan dastlabki qadamlar ham bo’lishi mumkin.
Bunday konferentsiya darslari boshqa sinflarda o’tkazilsa ham o’zining ijobiy 
natijalarini beradi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin