3. О‘quvchilarga berilgan vazifalarni tekshirish.
О‘quvchilar bilimi va
kо‘nikmalari darajasini tekshirishning bu metodi butun tekshirish tizimida asosiy
metodlardan biri hisoblanadi.
Psixologlarning tasdiqlashicha, о‘quv materialini kitob bо‘yicha yoki
о‘qituvchining sо‘zlaridan eslab qolish yо‘li bilan bir marta ishlab chiqqanda, hatto
kuchli о‘quvchilar ham uning tahminan 70-75% yaxshi о‘zlashtirishga muvaffaq
252
bо‘ladi. Demak, uyga berilgan topshiriqyaarni tekshirish, nazoratining boshqa
metodlari bilan bir qatorda, о‘quv materialini о‘zlashtirish sifatini hal qiluvchi
ahamiyatga egadir.
Uyga berilgan vazifalarni tekshirish vaqtida tekshirishning bir metodga
kо‘proq e’tibor berish va bunda boshqa samaraliroq metodlarni inkor etish yaxshi
natijalarga olib kelmaydi. Keyingi vaqtlargacha о‘quvchilar uyga berilgan
topshiriqlarni darsning boshlanishidan oldin sо‘rash (buning uchun bir necha
о‘quvchini doska yoniga chiqarib, darsning kо‘p vaqtini sarflash) tarafdori edilar.
Buning natijasida yangi materialni о‘tish uchun vaqt yetishmas, yangi mavzu
shoshma-shosharlik bilan tushintirilar, bu esa о‘quvchilarning uyga berilgan
navbatdagi vazifalarga tayyorgarlik kо‘rishida qо‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirar
edi.
Lekin yuqorida aytilganlardan uyga berilgan vazifalarni tekshirishning
bunday metodidan foydalanmaslik kerak, degan xulosa chiqarish notо‘g‘ri bо‘lur
edi. Aksincha, agar yangi о‘rganilayotgan mavzu bilan mustahkam bog‘liq bо‘lsa
va butunlay uning materiali asosida tuzilgan bо‘lsa, bu metodning ahamiyati
kattadir.
О‘quv materialining xarakteriga, dars tipiga, uning maqsad hamda
vazifalariga tо‘la-tо‘kis muvofiq keladigan tekshirish metodi tо‘g‘ri tanlangan
metod hisoblanadi.
Uyga berilgan vazifalarni tekshirishni, yangi materialni о‘rganish yoki darsda
ilgari tayyorlangan vazifalarga о‘xshash yangi material mashqlarini bajarish bilan
qо‘shib olib borish о‘zining ijobiy tomonini kо‘rsatadi. Bunga hamma о‘quvchilar
ishga jiddiy kirishib ketadilar, chunki uyga berilgan vazifa yuzaki emas, balki
astoydil tekshirilayotganligini kо‘rsatadi va shu sababli ularning vazifalarni
bajarishga bо‘lgan munosabati о‘zgaradi. О‘quvchilarning uyga berilgan
vazifalarni bajarishdagi bilimlari va mehnat kо‘nikmalarini tekshirishda
nazoratning texnikaviy vositalaridan foydalanish katta yordam kо‘rsatadi. Bu
vositalar tekshirishning boshqa metodlari bilan birga qо‘shib olib borilganda
yaxshi natija beradi.
253
Amaliy laboratoriya ishlarini tekshirish. Amaliy laboratoriya ishlari ta’lim
metodi sifatida о‘quvchilarda g‘oyaviy va davlat, mafkura dunyoqarashini,
ayniqsa, tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar yuzasidan shakllantirish ishida katta
ahamiyatga ega. О‘quvchilar amaliy-laboratoriya ishlari jarayonida kuzatishlar olib
boradilar. Tajriba bosqichlarini aks ettiruvchi lahzalar chizadilar, kuzatishlarni
yozib qо‘yadilar, olingan natijalarni qayta ishlaydilar va yozma hisobotlar
tuzadilar.
О‘qituvchi laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida о‘quvchilarga yordam
berib boradi, о‘zining kundaligiga har bir о‘quvchining mustaqillik darajasini,
ayniqsa mashg‘ulotning zveno shaklida topshiriqlarning tо‘g‘ri bajarilganligini,
о‘lchovlar, tuzilgan eskizlar, chiqarilgan xulosalarning tо‘g‘riligini tekshiradi va
qayd qiladi.
Shunday qilib, amaliy-laboratoriya ishlari jarayonida о‘qituvchining
tekshirishi
natijasida
aniqlangan
ma’lumotlar va tayyorlangan yozma
hisobotlarning natijalari о‘quvchilarga obyektiv baho qо‘yishni ta’minlaydi.
Amaliy — laboratoriya ishlariga yakun yasaganda о‘qituvchi о‘quvchilar
tomonidan taqdim etilgan yozma hisobotlarga baho qо‘yish bilan cheklanmasligi
kerak. Butun guruh ishtirokida bu xisobotlarni muhokama qilish, yо‘l kо‘yilgan
kamchiliklarni kо‘rsatib о‘tish va xulosalarni oydinlashtrish muhimdir. Ana
shunday tekshirishgina amaliy-laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida olingan
bilimlarning va mehnat kо‘nikmalarining sifatli bо‘lishini ta’minlaydi.
Texnikaviy vazifalarni hal qilishni tekshirish. Uquvchilar bilimi va
kо‘nikmalarini tekshirishning bu metodi keyingi vaqtlarda tobora dolzarbroq bо‘lib
bormoqda. Bunga sabab shuki, xilma-xil texnikaviy vazifalarni hal qilishning о‘zi
ijodiy, texnikaviy tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi., bu esa
о‘quvchilarning mehnat tayyorgarligi mazmuniga nisbatan quyilayotgan asosiy
talablardan biridir. О‘qishga qiziqish uyg‘otish uchun о‘quvchida bilim olish
faoliyati bilan shug‘ullanish ehtiyojini vujudga keltirish kerak, bu faoliyat qiziqarli
texnikaviy vazifalarni hal qilish jarayonida namoyon bо‘lishi mumkin. Shu bilan
birga о‘quvchini shunday sharoitlarga qо‘yish kerakki, u о‘zi olgan bilimlaridan
254
bemalol foydalangan holda bilishga oid ijodiy vazifalarni hal qilish uchun kо‘p
irodaviy kuch sarflasin.
Dostları ilə paylaş: |