Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar
1.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslari jarayonida о‘quvchilarning
bilim, malaka va kо‘nikmalarni baholash qanday amalga oshiriladi?
2.
Baholash ta’limtarbiya jarayonida qanday ahamiyatga ega?
3.
Baholashda qanday omillar hisobga olinadi?
247
4.
О‘quvchilarning о‘zlashtirishini qanday mezonlar asosida baholanadi?
5.
Baholash obyektivligi
6.
Baholashning qanday turlari mavjud?
7.
Baholashning asosiy xususiyatlarini tushuntirib bering.
8.
Baholash о‘tkazilish vaqtiga kо‘ra qanday turlarga ajratiladi?
9.
Baholash tizimi samaradorligining poydevori hisoblanadigan asosiy
tamoyillarni bilasizmi?
10.
Baholashga qanday didaktik talablar qо‘yiladi?
7.2. О‘zlashtirishni hisobga olish turlari
Reja:
1.
О‘zlashtirishni hisobga olish turlari
2.
О‘zlashtirishni hisobga olishga qо‘yiladigan umumiy talablar
3.
О‘quvchilarga berilgan vazifalarni tekshirish.
Tayanch iboralar:
О‘zlashtirishni xisobga olish, joriy hisobga olish, davriy
hisobga olish, yakuniy hisobga olish, sinov, uy vazifasi.
1.
О‘zlashtirishni hisobga olish turlari.
Umumta’lim maktablarida
ta’limning asosiy maqsadi о‘quvchilarga mehnat ta’limi bо‘yicha nazariy bilimlar
berish, amaliy kо‘nikma va malakalar xosil qilish, hamda shular zaminida
о‘quvchilarni kasb hunarga yо‘naltirish ularda mazkur bilim va kо‘nikma negizida
ma’naviy, axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, dunyoqarashlarini shakllantirish,
kengaytirish va rivojlantirishdan iborat. Berilayotgan bilim. hosil qilinayotgan
kо‘nikma va malakalar qay darajada о‘zlashtirilganligini aniqlash va baholash
mehnat va kasb ta’limi о‘qituvchi uchun xam, о‘quvchi uchun xam muhim
ahamiyatga ega. Ularni aniqlashda turli shakl va metodlardan foydalaniladi.
Masalan, savol-javob, suhbat, yozma ishlar, seminar, zachyotlar, konferensiya
darslari,
imtihonlar
о‘tkazish, mahsulotlar tayyorlash va boshqalar.
Yuqoridagilarga
nisbatan
test
topshiriqlari
asosida
sinovlar
о‘tkazish
о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashda
248
ancha qulay va samarali yо‘llanmadan biri hisoblanadi. Testlardan foydalanish
hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir. Bugungi kunda mehnat ta’limi bо‘yicha
testlari keng qо‘llaniladi, bu о‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash,
umumlashtirish, sistemalashtirish, о‘zlashtirish darajasini aniqlash va baholash
maqsadlariga qaratilmoqda. Testlarni qо‘llashning turli xil mezonlari bor. Masalan,
dars davomida о‘tilgan mavzu yuzasidan 5-10 ta savol tuzib, 4-5 xil variant asosida
о‘quvchilarni baholash mumkin. Bunda о‘quvchi о‘tilgan mavzuga yaxshiroq
tayyorlanish majburiyatini his etadi, keyin о‘quvchilar о‘rganib kelishi kerak
bо‘lgan boblar asosida 25-30 ta test savollari asosida bir soat davomida baholash
mumkin yoki shu savollarni kompyuter dasturiga uzatib, kompyuter xotirasiga
joylab bо‘lgandan sо‘ng variantlar asosida о‘quvchilarning bilimlari sinab kо‘rilsa,
nur ustiga a’lo nur bо‘ladi.
Joriy hisobga olish. О‘zlashtirishni joriy hisobga olish turi kundalik
mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi va о‘quvchilarning mehnat va kasb
ta’limi bо‘yicha ilmiy-texnikaviy bilimlarini, mehnat kо‘nikmalari va malakalarini
tekshirishning eng muhim usulidir.
О‘qituvchi mehnat bо‘yicha о‘zlashtirish darajasi aniqlashni og‘zaki sо‘rash
va suhbat о‘tkazish jarayonida yangi materialni mustahkamlash va topshiriqlarni
mustaqil bajarish jarayonida hisob-kitoblar, nazariy-amaliy ishlarini, grafik
topshiriklarni tekshirish, konstruktorlik-texnologik vazifalarini hal qilish, takroriy
umumlashtiruvchi savollar berish va tekshirishning texnikaviy vositalaridan
foydalanish yо‘li bilan amalga oshirishi mumkin.
Joriy hisobga olishda jurnalga har bir о‘quvchi uchun baholarning
tо‘planishiga katta e’tibor berish kerak. Xuddi ana shu tо‘planishga qarab
о‘quvchining о‘zlashtirishni tekshirish darajasi tо‘g‘risida xulosa chiqarish
mumkin. О‘zlashtirish bahosini о‘quvchining bajargan hamma buyumlariga
birdaniga qо‘yadigan mehnat ta’limi о‘qituvchilar psixologik, pedagogik va
metodik jihatlaridan hamda texnik-texnologik yuzasidan notо‘g‘ri yо‘l tutadilar.
Chunki buyumlar ish hajmi jihatidan xilma-xil bо‘ladi, ulardan ayrimlarini yasash
bir-ikki soatga, boshqalari esa bir necha soatga chо‘zilishi mumkin.
249
Ba’zan yakunlovchi bosqichda о‘quvchi xatoga yо‘l quyib, ishni brak
(yaroqsiz) qilsa, о‘qituvchi unga butun buyum uchun qoniqarsiz baho qо‘yishi
mumkin. Bu birinchi qarashda tо‘g‘ri bо‘lib kо‘rinishi mumkin, haqiqatda esa
bunday emas. О‘qituvchi о‘quvchining buyumini tayyorlash jarayoniga kirgan har
bir operatsiyani bajarish uchun qilgan ishini baholashi va qо‘pol xatoga yо‘l
qо‘yilgan operatsiya uchungina qoniqarsiz baho qо‘yishi kerak edi. Umuman bu
о‘rinda о‘quvchining olgan bahosi «2» emas, balki ijobiy baho bо‘ladi. Mehnat
bо‘yicha о‘quvchilarning о‘zlashtirishni aniqlash vaqtida о‘qituvchi baho
qо‘yishga har tomonlama yondoshmog‘i kerak. О‘quvchi jurnalda о‘ziga qо‘yilgan
har bir bahoni bilishi lozim.
Davriy hisobga olish. О‘quvchilarning bilimlari, mehnat kо‘nikmalari va
malakalalarini tekshirish shakllaridan biri ularning о‘quv choragi, yarim yillik va
yillikdagi о‘zlashtirishini hisobga olishdir.
О‘quvchilarning joriy о‘zlashtirishini о‘rganish va maxsus о‘tkazilgan
nazorat-tekshirish ishlari sinov tariqasidagi sо‘roqlar (takroriy, umumlashtiruvchi
darslar vaqtida) asosida о‘quv choragi, yarim yillik va yillik uchun baholar
qо‘yiladi. Chorak baholari odatda о‘qituvchining har bir о‘quvchini puxta
о‘rganish, uning ilmiy-texnikaviy bilimlarini, mehnat kо‘nikmalari va malakalarini
muntazam tekshirishi va chuqur tahlil qilish natijasi bо‘lishi lozim.
О‘quv choragi uchun qо‘yilgan baho joriy baholarning о‘rtacha arifmetik
miqdoridan iborat bо‘lmasligi kerak. Bu xaqiqiy ahvolni buzib kо‘rsatish,
о‘qituvchining baho qо‘yishiga ijodiy yondoshish singari muhim tushunchaga
e’tibor bermasligi bо‘lar edi. Bu о‘rinda har xil metodik-pedagogik omillar hisobga
olinishi lozim. Bunday omillardan eng muhimi о‘quvchiga joriy baho quyilgan
materialning axamiyatliligidir.
Masalan, joriy baholar bir xil bо‘lgani holda, har xil о‘quvchilarga chorak
baholari hamisha birday qо‘yilmaydi. Tabiiyki, joriy baholar bir xil bо‘lar ekan,
chorak bahosi ham ularga muvofiq kelishi kerak. Baholar bir xil bо‘lmaganda
chorak bahosi ulardan eng kо‘piga muvofiq ravishda qо‘yilishi kerak.
250
Misol keltiramiz: о‘quvchi chorak davomida «4», «3», «2», «4» baholar
olgan, lekin «3» va «2» baholar mehnat va kasb ta’limi dasturining asosiy
bо‘limlarini о‘rganishda olgan. Bu yerda "4" baho asosiy о‘rinni olsa ham baribir
о‘qituvchi chorak uchun bu о‘quvchiga "3" baho quyishi kerak. Bu misol
о‘quvchilarning bilimlarini, mehnat kо‘nikmalari va malakalarini tekshirishning
muvaffaqiyati umuman va muayyan holda kо‘p jihatdan davriy tekshirish о‘tkazish
vaqtida о‘qituvchining masalaga ijodiy yondoshuviga, har bir о‘quvchining yakka
xususiyatlarini va baho qо‘yish mezonlarini chuqur bilishiga bog‘liqligini yaqqol
kо‘rsatib turibdi.
О‘quvchilarning о‘zlashtirishini yakuniy hisobga olish turi о‘quv yilining
oxirida sinov tariqasida amaliy ishlarni о‘tkazish yо‘li bilan amalga oshiriladi,
mehnat tayyorgarligi darajasi kasb ta’lim darajasiga yetkazilgan maktablarda esa,
9sinf oxirida, maktabni bitirish paytida ixtisos imtihonini topshiradi. Sinov
tariqasidagi amaliy ishlar о‘quvchilarning о‘quv yili mobaynida о‘zlashtirilgan
asosiy mehnat operatsiyalarini о‘z ichiga olgan topshiriqni mustaqil bajarishdan
iborat bо‘ladi. Vaqt jihatdan bu topshiriq kо‘pi bilan 2-4 о‘quv soatga
mо‘ljallanishi kerak. Bunday ishlarning maqsadi о‘quvchilar о‘z ishlarini mustaqil
rjalashtirishini qanchalik о‘zlashtirib olganliklarini, ish joyini tashkil etishni,
chizmalar va texnologik xaritalaridan, ish va nazorat-о‘lchov asboblaridan tо‘g‘ri
foydalana olishlarini, ishni belgilangan vaqt normasiga ulgurishlarini, bilimlarini
amalda tatbiq eta olishlarini aniqlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |