251
qanday ishda bо‘lganidek bu о‘rinda ham faqat zarar keltiradi. Bu yerda kо‘p narsa
mehnat ta’limi о‘qituvchilarga, uning talabchanligi va qat’iyligiga,
baholashga
qо‘yadigan talablarini va о‘quvchilarning yakka xususiyatlarini hisobga olgan
holda yozma ishlari uchun malakali ravishda mavzu tanlashga bog‘liq bо‘ladi.
О‘qituvchi butun ishlab chiqarish ta’limi davri mobaynida о‘quvchilarga
darsliklar, sо‘rovnomalar, texnikaga oid boshqa
adabiyotlar bilan mustaqil
ishlashga о‘rgatishi, ularda texnikaviy tafakkur elementlarini rivojlantirishi kerak.
О‘quvchilarning mashg‘ulotlarda va uyda texnologiya jarayonlarini ishlab chiqish,
о‘quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarish. Texnikaviy masalalarni hal qilish
sohasidagi mustaqil ishlarni mohirlik bilan tashkil etish, kelgusida mehnat ta’limini
о‘zlashtirganlik sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishni ta’minlovchi
muhim
omillardan biri hisoblanadi.
Mehnat ta’limi va kasbga yо‘llash bо‘yicha topshiriladigan yakuniy
nazoratning asosiy mazmuni og‘zaki sо‘rashdan va
fan dasturi hajmida amaliy
ishlarni bajarishdan iboratdir.
Og‘zaki sinovlarni biletlar bо‘yicha emas, balki ilgaridan tayyorlab qо‘yilgan
savollar (testlar) asosida о‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga
о‘qituvchi о‘quvchilar bilan amaliy suhbat о‘tkazadi,
nazariy bilimlarni amaliyot
bilan bog‘laydi.
Shunday qilib, о‘quvchilarning mehnat ta’limi bо‘yicha о‘zlashtirishni tо‘g‘ri
hisobga olish ularning bilimlarini, mehnat kо‘nikmalari
va malakalarini
mustahkamlashga yordam beradi,
intizomini, ta’lim olishdagi faolligi va
mustaqilligini
oshiradi, ularning ma’suliyatini kuchaytiradi va ta’limning sifatli
bо‘lishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: