Kurs ishini bajarish yuzasidan kо‘rsatmalar Kurs ishining tuzilishi Kirish.
Masalaning dolzarbligi; mavzuga doir adabiyotlar tahlili; ilmiy- tadqiqot
metodlari.
Asosiy qism:
1-bо‘lim. Mavzuning ilmiy-nazariy asoslari.
2-bо‘lim.Mavzuni yoritish metodikasi va pedagogik texnologiya metodlari
asosida dars ishlanmasi.
3-bо‘lim. Tajriba-sinov о‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari.
Xulosa. Ilmiy izlanishdan olingan natijalar yuzasidan fikr va mulohazalar.
Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxati.
Kurs ishini bajarish bosqichlari va uni himoya etish tartibi 1.
Mavzuni tanlash. Kurs ishi rejasini tuzish va uni tasdiqlash.
2.
Adabiyotlarni о‘rganib tahlil qilish.
3.
Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilg‘or pedagogik ishlarni о‘rganish.
4.
Olingan ma’lumotlarni jadval va sxemada ishlab chiqish.
5.
Kurs ishi himoyasida kafedra о‘qituvchilari ishtirok etadi.
6.
Kurs ishini baholashda har tomonlama bajargan ishlar hisobga olinadi.
7.
Kurs ishi rahbari himoya qilingan ishni tahlil qilib, yakunlab beradi.
8.
Kurs ishi himoyasi taqdimot shaklida namoyon qilinadi.
9.
Muddatida ulgura olmagan yoki himoya qila olmagan talaba akadem
qarzdor deb hisoblanadi.
Kurs ishini himoya qilish tartibi Oliy ta’lim muassasida bakalavriaturaning tо‘rt yil davomida har bir talaba
о‘quv rejasiga binoan kamida 4 ta kurs ishi yoki kurs loyihalarini bajaradi. Kurs
ishlari talabaning professor-о‘qituvchilar rahbarligida bajarilgan mustaqil ishi
bо‘lganligi uchun uning natijasi, kafedra tomonidan tayinlangan, dekanat
tomonidan tasdiqlangan uch kishidan iborat komissiyada, avvaldan belgilangan
reja asosida himoya qilinadi.
353
Kafedra tomonidan berilgan topshiriqqa asosan talaba kurs ishlarini tо‘liq
bajarib, rasmiylashtiradi va kafedraga rasmiy ravishda topshiradi. Shundan sо‘ng
kurs ishi rahbarining ijobiy taqrizi bilan himoyaga qо‘yiladi.
Himoyaning о‘tkazilish tartibi quyidalardan iborat:
1. Komissiyaga taqdim etilgan ish komissiya raisi tomonidan e’lon qilinadi
e’tirozlar bо‘lmasa, muallifga 5-10 daqiqa ishning maqsadi, mohiyati, olingan
natija va xulosalarni bayon qilishga ruxsat etiladi.
2. Himoya vaqtida talaba kurs ishlari materiallaridan, grafik tasvirlari va
qо‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga haqli hisoblanadi.
3. Himoya rejada kо‘rsatilgan barcha talabalar himoya qilingandan sо‘ng,
komissiya a’zolari holi qolib, bir qarorga kelinadi va reyting tizimiga asosan
baholanadi.
4. Sо‘ng himoyachilar, qatnashuvchilarning barchalari taklif etilib qо‘yilgan
baholar e’lon qilinadi.
5. Qoniqarsiz baholanganlar, akademik qarzdor hisoblanib, dekanat
belgilangan rejaga asosan yana bir bor himoya qilishlari mumkin.
6. Komissiyaga topshirilgan kurs ishlari rasmiy ravishda kafedraga sо‘ng
arxivga kamida 5 yil muddatda saqlash uchun topshiriladi.
Kurs ishlari 100 balli tizim asosida baholanadi. Kurs ishini bajarishda 55
balldan kam tо‘plagan talaba akadem qarzdor hisoblanadi.
№
E’tibor beriladigan holatlar
Ballarning
vazifalar bо‘yicha
taqsimlanishi
1
Kurs ishining tuzilmasi
5
2
Mavzuning dolzarbligini asoslash
5
3
Maqsadning tо‘g‘ri qо‘yilganligi va yechimga
erishilganligi
10
4
Mavzuni yoritishda foydalanilgan adabiyotlar
tahlili
5
5
Mavzuni yoritish metodlarining tо‘g‘ri
tanlanganligi va tatbiq qilinganligi
30
6
Aniqlangan nazariy ma’lumotlarni amalda
sinab kо‘rilganligi va asoslanganligi
15
7
Dars ishlanmalarini tayyorlashda pedagogik
25
354
texnologiyalarning tо‘g‘ri qо‘llanilganligi
9
Olingan yakuniy xulosalarning belgilangan
maqsadga muvofiqligi
5
Jami
100