Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Pedagogik - metodik 
qismni tashkil etuvchi bо‘limlar: 
Pedagogik-metodik qismning paragraflarini soni va mazmuni ishni turiga 
qarab belgilanadi. Odatda birinchi bobda tadqiqot olib borilgan obyekt bо‘yicha 
qisqacha ma’lumot berish bilan birga mavzuning umumiy nazariy masalalari 
bо‘yicha mazkur tadqiqot natijalarining amaliyotda tadbiq etilishi mumkin bо‘lgan 
muassasaning qisqacha tavsifnomasi berilishi lozim. Mazkur bobda quyidagi 
paragraflar о‘zaro mantiqiy izchillikda beriladi: 
- kasbiy ta’lim jarayonlarini о‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalarning ahamiyati; 
- kasbiy ta’lim jarayoni bо‘yicha fan rivoji va istiqbollarini о‘qitishda elektron 
darsliklarning axamiyati;

kasb ta’limi muassasalarida ta’lim tarbiya jarayoniga qо‘yiladigan talablar;


369 
- texnologik jarayonlar va zamonaviy texnikalarning ishlash mexanizmi 
bо‘yicha о‘quvchi-talabalarni mustaqil ijodiy faoliyatining tashkil etishi; 
- turli mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonlarni boshqarish va 
ularning omillarini о‘zgartirish uslubiyati bо‘yicha masofadan о‘qitish metodlari; 
- turli xom-ashyolarni qayta ishlashdagi о‘ziga xos jixatlarini о‘qitish 
jarayonida о‘qituvchining pedagogik madaniyati va kasbiy mahoratining 
axamiyati; 
 - 
texnologik uskunalarni tanlash va asoslash usullarini belgilash jarayonida 
didaktik vositalardan foydalanishi; 
- xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotning sifatini aniqlash va nazorat 
qilish bо‘yicha tashkil etiladigan fakultativ va qо‘shimcha mashg‘ulotlar mazmuni; 
- mahsulotdagi nuqsonlarning sababini aniqlash va bartaraf etish uslublari 
о‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan pedagogik-psixologik usullar; 

kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonining tug‘ri tashkil etiluvchisi 
va ularda integratsiyalashuv jarayonining amalga oshishi;
- kasb-hunar kollejlarida о‘qitish jarayonida baholashning reyting tizimi; 
- kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonlarni boshqarish bо‘yicha tashkil 
etiladigan mustaqil ta’lim mazmuni; 
- kasb-hunar kollejlarida о‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan modellashtirish 
va avtomatlashtirish metodlari; 
- kasb-hunar kollejlarida о‘qitishning umumiy prinsiplari va metodlari;
- kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonlarni kompyuter grafikasining dasturiy 
vositalarini ishlab chiqishi; 
-
«inson – texnika – muhit» tizimini loyihalashda inson omili muammolarini 
hal qilishning ilmiy asoslari va usullari; 
-
texnika obyektlari va jarayonlarini patentga loyiqligi va patentni 
chinakamligini tadqiq etishning pedagogik-psixologik asoslashi; 
-
о‘lchov vositalarini tekshirish usullari va ularda yul qо‘yiladigan xatolik 
chegaralari bо‘yicha meyoriy hujjatlarni yaratishi; 


370 
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida dars о‘tish 
metodikasi; 

darsni tо‘g‘ri tashkil etish rejasi va unda taqdim etiladigan axborotlarni 
integratsiyalash;
- darsning texnologik xaritasi, professiogrammalarga qо‘yiladigan talablar;
- muammoli ta’lim va uni amalga oshirishning о‘ziga xos xususiyatlari; 
- pedagogik madaniyat va kasbiy mahorati; 
- pedagogik, psixologik va kasbiy yо‘nalishlarda tashkil etiladigan fakultativ 
va qо‘shimcha mashg‘ulotlar mazmuni; 
- о‘quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish maqsadida 
seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalaniladigan muammoli 
topshiriqlar mazmuni; 
- pedagogik, psixologik va kasbiy yо‘nalishlarda tashkil etiladigan mustaqil 
ta’lim mazmuni; 
- о‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan pedagogik-psixologik usullar; 
- о‘quv jarayonida qо‘llaniladigan modellashtirish va avtomatlashtirish 
metodlari; 

dars 
jarayonida 
qо‘llaniladigan texnik (kompyuter, audio va 
videotexnikalar) va boshqa yordamchi didaktik vositalar (tarqatma materiallar, 
kо‘rgazmali qurollar va x.k.); 
- elektron darsliklar asosida texnologik jarayonlarni о‘qitish tamoyillari va 
metodlari (mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida 
taqdimotlar namoyish etish hamda ulardan samarali foydalanishning yо‘l-
yо‘riqlari);
- kasbiy fanlarni о‘qitishning umumiy tamoyillari va metodlari;
- kasbiy ta’lim jarayonida masofadan о‘qitish metodlari; 
- о‘quv jarayonida qо‘llaniladigan interfaol metodlarni aniqlashi va ularni 
qо‘llashi; 
- dars uchun zarur bо‘ladigan о‘quv va uslubiy materiallar ishlab chiqishi;


371 
- amaliy mashg‘ulotlar hamda laboratoriya mashg‘ulotlar jarayonida 
о‘quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etuvchi muammoli 
topshiriqlar yaratishi; 
- о‘quvchi-talabalarning loyihachilik qobiliyatini shakllantirishga xizmat 
qiluvchi topshiriqlar tо‘plamini ishlab chiqishi; 

darsga oid asosiy va yordamchi vositalar(tarqatma materiallar, kо‘rgazmali 
qurollar, audio, video, texnologiyalar)ni tayyorlay olishi va darsning texnologik 
xaritasini tuzishi; 
- о‘quvchilar faoliyatini baholashning reyting tizimini ishlab chiqishi; 
- mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklardan samarali foydalanishning 
yо‘l-yо‘riqlarini ishlab chiqishi; 
- kasbiy ta’lim jarayonida masofadan о‘qitishni tashkil etishda о‘qitish 
metodlarini tahlil qilib, ularni qо‘llash uchun metodik tavsiyalarni ishlab chiqishi 
kо‘zlanadi.
Shuningdek, bu qismda muallif tomonidan о‘rganib chiqilgan materiallar 
tahlili asosida erishilgan natijalar, yangiliklari, ixtirolar, meyoriy kо‘rsatkichlar, 
tavsiya etilayotgan texnologik jarayonlar asoslab beriladi, shunga mos jadvallar 
tavsiya etiladi, taklif etilayotgan obyektni takomillashtirish yо‘llari, iqtisodiy 
samaradorligi aniqlanadi, ilgari surilayotgan g‘oya va takliflar ilmiy jihatdan 
asoslanadi.
Taxlilning dastlabki materiallari talaba tomonidan pedagogik amaliyot 
jarayonida о‘rganilgan о‘quv muassasasining ish rejasi yoki ularning bir qismi, 
yillik xisoboti, moliyaviy va statistik hisobot materiallari va boshqa hujjatlar 
bо‘lishi mumkin. 
Tо‘plangan material xajmi va tavsifi qabul qilingan tadqiqot metodikasining 
о‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Bunda quyidagi metodlardan foydalanish 
kо‘zlanishi mumkin: empirik (kuzatuv, taqqoslash, chamalash, о‘lchov, tajriba-
sinov), ekspert baholash, ekspert tahlil, hisoblash tahlili, meyoriy, tashkiliy-
loyihalash, grafik tahlil, parametrik, korrelyatsion tahlil, variativ, diskriminant, 
asosli tahlil, evristik (analogiya, inversiya, empatiya, idealizatsiya, «aqliy hujum», 


372 
assotsiatsiya, sinektika, morfologik tahlil va b.), iqtisodiy-matematik modellash, 
ijtimoiy-iqtisodiy taxlil (taqqoslash, tanlab о‘rganish, guruhlash va korrelyatsion 
tahlil), muhandis-iqtisodiy hisob. 
Ta’lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlar о‘qitilishini о‘rganish 
tо‘plangan materiallarni qayta ishlashni mо‘ljallaydi. Ma’lumotlarni qayta ishlash 
iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik tahlilni zamonaviy metodlardan foydalanish bilan 
amalga oshirishni taqozo qiladi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin