367
va uni tо‘la ochib berishi darkor. Bob va bо‘limlar talabaning qisqa, mantiqan
tо‘g‘ri va dalillar keltirib tо‘plagan, tizimlashtirgan
hamda tahlil qilgan
materiallarini bayon etish qobiliyatini namoyish etishi lozim.
Nazariy
qismni tashkil etuvchi bо‘limlar:
о‘rganilayotgan muammoning nazariy-metodik asoslari;
о‘rganilayotgan muammoning qaysidir muayyan о‘quv muassasasida
aniqlanishi va tahlil qilinishi;
muammoni bartaraf etish bо‘yicha chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab
chiqish;
malakaviy ishning bajarilishini ta’minlovchi texnik ta’minot;
malakaviy ishning iqtisodiy qiymati;
ixtisoslik fanlaridan mavzuga mos nazariy materiallar;
bitiruv malakaviy ishning xuquqiy ta’minoti kabi masalalarni о‘z
ichiga
olishi lozim;
tadqiqot obyektining funksiyalari, vazifalari, sohasi;
tashkiliy tuzilma, boshqaruv tizimi, uning tashqi va ichki aloqalarining
о‘ziga xosligi;
tadqiqot obyektining texnik iqtisodiy kо‘rsatkichlari;
texnik yechim va xisob kitob ishlari;
texnik chizmachilik va loyihalash asoslari;
tadqiqot obyektida mavjud kamchilik va muammolar;
muqobil vazifalarni nazariy va amaliy hal etishning umumiy usullari va h.
Kasb ta’limi ta’lim yо‘nalishlari talbalarining
bitiruv malakaviy ishlarida
nazariy qismida dizayn va konstruksiyalash qismlari kiritilishi tavsiya etiladi.
Bunda :
konstruksiyalanayotgan buyum uchun talablarni aniqlash;
kostyum stilistikasi va konstruktiv –dekorativ yechimni asoslash;
asos konstruksiyasini qurish uchun kerakli о‘lchovlar;
asos konstruksiyasini hisoblash va qurish;
368
konstruksiyalanayotgan buyumni texnik modellashtirish;
ishchi xujjatlarni tuzish;
konstruksiyalanayotgan buyum uzelini tikish uchun asbob-uskuna va tikish
usullarini tanlash;
buyumga ishlov berish texnologik kartasi;
material tanlash va asoslash.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy qismida kо‘rgazmali va raqamlar bilan
kо‘rsatilgan materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kо‘rgazmali
materiallar (jadval,
diagramma, gistogramma, rasm, chizma, surat va
fotohujjatlar)ni namoyish qilish shakllarini tanlash
asosan tadqiqot mavzusining
tavsifi va maqsadiga bog‘liqdir. Biroq bunda bitiruv malakaviy ishning asosiy
qismiga joylashtiriluvchi barcha kо‘rgazmali materiallar yuqori darajadagi yangi
foydali ma’lumotlarni berishi zarurligini hisobga olish lozim. Masalan,
matnda
keltirilgan jadvalning asosiy qismi tahliliy tavsifga ega bо‘lishi, raqamli
kо‘rsatkichlarni tahlil qilish va qayta ishlash natijalari hisoblanishi lozim.
Dastlabki statistik ma’lumotlarni о‘z ichiga olgan jadvallar ishning alohida ilova
qismida keltirilishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: