Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Qisqartmalar rо‘yxati
da ishda qо‘llaniladigan bibliografik ma’lumotlar, 
tushuncha va atamalar, muassasalarning nomlanishi qisqartirilgan holda shartli 
belgi va raqamlar bilan yozilishi darkor.
 
Foydalanilgan manba va adabiyotlar 
talaba tomonidan bitiruv malakaviy 
ishni tayyorlash va yozish jarayonida qо‘llanilgan manba va adabiyotlarni о‘z 
ichiga oladi va u tadqiqot mavzuiga bog‘liq tarzda 25-30 (va undan kо‘p) nomdan 
tashkil topadi. Manbalar xaqidagi ma’lumotlar О‘zbekiston Respublikasi oliy 
ta’lim Davlat ta’lim standartlari talablariga mos tarzda keltiriladi. 
Bunda bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida qо‘llanilgan barcha qonun 
chiqaruvchi va meyoriy-xuquqiy materiallar, ilmiy, о‘quv va davriy nashrlar tо‘liq 
bibliografik tavsifi (nashr joyi, nashriyot nomi, chop etilish yili yoki nashri)ni о‘z 
ichiga olishi lozim. Foydalanilgan manba va adabiyotlar rо‘yxatini tuzish 
jarayonida nashr qilingan va chop etilmagan ishlar ajratilgan bо‘lishi kerak. 
Ishning 
ilova qismi
da bitiruv malakaviy ish asosiy mazmunini qо‘shimcha 
tо‘ldiruvchi va kо‘rgazmali tasvirlovchi barcha materiallar keltiriladi. Bunda, 
asosan chizma, jadval, diagramma, gistogramma, rasm, surat va fotohujjatlar, 
shuningdek, har xil turdagi matnlar, tashkiliy-huquqiy hujjatlar, ma’lumotnomalar, 
e’lonlar joylashtiriladi. 


374 
Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbar va kafedra bilan kelishilgan holda chet 
tillarda yozilishi va himoya qilinishi mumkin. Himoyaga chet tilida taqdim 
etiladigan bitiruv malakaviy ishni tayyorlash bо‘yicha tavsiya 9-ilovada keltirilgan. 
Ayrim hollarda agar talaba izlanish mobaynida о‘rganilayotgan masalani 
yangi qirralarini ochsa, malakaviy ish mavzusiga va rejaga о‘zgartirishlar kiritishi 
mumkin. Shu bilan birga agar о‘rganilayotgan mavzu bо‘yicha о‘quv 
muassasasining ma’lumotlari tijorat siri bо‘lib talabaga berilmagan va shunga 
о‘xshash boshqa hollarda ham talaba malakaviy ish mavzusini hamda amaliyot 
bazasini о‘zgartirish huquqiga ega.
Bitiruv malakaviy ish oliy ta’lim muassasasining, odatda, ushbu maqsadga 
maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish о‘quv 
muassasalari, ilmiy-tadqiqot oliy ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim 
muassasalarda bajarilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishning bajarilishi bо‘yicha 
taqvim rejani nazorat qilish kafedra hamda dekanat tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin