Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bitiruv malakaviy ishning tavsifiy xususiyatlari va



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bitiruv malakaviy ishning tavsifiy xususiyatlari va
uni amalga oshirish texnologiyasi 
 
 
 
 
 
Malakaviy ish loyihasi 
Malakaviy ishning tayyorlash ilmiy tadqiqot mantiqi asosida ilmiy tadqiqot 
tizimga о‘xshash yoki aynan shunday tuzilmaga ega 
1.1. Malakaviy ish mavzusining dolzarbligini asoslash 
1.2. Malakaviy ish muammosini, uning predmeti va obyektini
shakllantirish 
1.3. Qaror taxminini oldinga surish 
1.4. Malakaviy ish vazifalarini belgilash 
1.5. Ma’lumotlar manbalarini aniqlash 
1.6. Tadqiqot usullarini tanlash 
 
I. Tayyorlov bosqichi 
 
II. Bajarish bosqichi 
III. Natija bosqichi 
2.1. Tadqiqotni amalga oshirish 
2.2. Xulosalar 
2.3. Tadqiqot natijalarini aniqlash, ularni yanada 
rivojlantirish uchun yangi muammolarni belgilash 
3.1. Olingan natijalarni taqdim etish va muhokama qilish 
3.2. Bitiruv malakaviy ishiga tashqi (ekspert) bahosi 


365 
Bitiruv malakaviy ishda kо‘riladigan savollar uning maqsadini ochib berishga 
qaratilgan bо‘lishi lozim. Malakaviy ish matnida uning mavzusiga taaluqli 
bо‘lmagan matn va amaliy materiallar keltirilmaydi. Barcha bо‘limlarda g‘oya 
birligi va izchilligi ta’minlanishi zarur. Aksariyat hollarda malakaviy ishning 
birinchi bobida tanlangan mavzuning nazariy jihatlari yoritiladi. Unda talaba shu 
mavzuni nazariy jihatdan qanchalik darajada bilishini, turli mualliflarning asarlari 
va shu sohadagi fikrlarini о‘rganganligi, mazmuniy va mantiqiy jihatdan tadqiqot 
qilinayotgan mavzuga о‘z fikrini bildira olishini kо‘rsata olishi juda muhim 
hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishning mazmuni va tarkibiy tuzilishi 
Bitiruv malakaviy ishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
sarvarak, mundarija, kirish, asosiy qismning bob va bо‘limlari, xulosa, 
foydalanilgan manba va adabiyotlar rо‘yxati,ilovalar. 
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi, shuningdek, ma’lumotlar beradigan sahifa 
ostidagi izoh, qisqartmalar rо‘yxati, notanish va tushunilishi qiyin bо‘lgan tayanch 
sо‘zlar lug‘ati ham kirishi mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishning mundarijasida varaqlar tartib raqamlari bilan 
kо‘rsatilgan kirish, barcha bob va bо‘limlar, xulosa, foydalanilgan manba va 
adabiyotlar rо‘yxati hamda ilovalarning sarlavhalari keltiriladi. Mundarija 
sarvaraqdan keyin joylashtiriladi. 
Bitiruv malakaviy ishning 
kirish 
kismi quyidagilarni о‘z ichiga olishi lozim: 

mavzuning dolzarbligi (mavzu asosnomasi); 

muammoning о‘rganilganlik darajasi; 

tadqiqot maqsadi; 

tadqiqot vazifalari; 

tadqiqot obyekti va predmeti (voqealarning ijtimoiy psixologik, pedagogik
etnik, milliy, hududiy va jinsiy ketma-ketlikda sodir bо‘lishiga asoslangan 
doiralari) 

kutiladigan natija;


366 

tadqiqot metodlari;

tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati; 

foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlili; 

ishning tarkibiy tuzilishi. 
Bitiruv malakaviy ishning 
kirish
qismida malakaviy ishning dolzarbligi 
asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks 
ettiriladi, tadqiqot predmeti malakaviy ishda kо‘rib chiqiladigan muammolar
ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlilini tuzishda qо‘yilgan 
muammoni о‘rganish uchun ular nimaga e’tibor berishlari kerakligini aniqlash, 
shuningdek, ularning muallifi qanday manbalarga tayanganliklariga e’tibor 
qaratish lozim. Buning uchun foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy 
tahlili sifatida oddiy keltirilgan meyoriy-huquqiy dalolatnomalar, ularning 
mualliflari va ishlarini almashtirish mumkin emasligini unutmaslik lozim. 
Foydalanilgan manba va adabiyotlar tahlili mavzusi yoki kо‘rgazmali tamoyil 
bо‘yicha tuzilishi, talabaning (ya’ni, uning о‘qigan materiallariga shaxsiy 
munosabati) bahosini о‘z ichiga olishi, muammoning qayta ishlanganlik darajasini 
kо‘rsatishi, tо‘liq о‘rganilmagan masalalarni aniqlashi lozim. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin