61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin
Bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish darsi. Ustaxonadagi har bir
mashg‘ulotda о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini tekshirishga e’tibor
beriladi. Shu bilan birga ularni kompleks tekshirish maqsadida nazorat ishlar
о‘tkaziladi, bu kontrol ishlar maxsus darslarda amalga oshiriladi. Bu darslarda
о‘quvchilar mustaqil ishlayilar. Shunga kо‘ra ish obyektlari alohida sinchiklab
tanlanishi ularni tayyorlash jarayonida о‘quvchilar bilmaydigan ma’lumot va
mehnat usullari bо‘lmasligi kerak.
Nazorat ishining mazmuni qaysi sinfda о‘tkazilayotganiga qarab belgilanadi.
5-sinfda о‘quvchilar juda kо‘p texnik hujjatlar bо‘yicha, ya’ni mehnat topshirig‘ini
bajarish uchun zarur hamma ma’lumotlar mavjud bо‘lgan hujjjatlar bо‘yicha
ishlaydilar. Shunday qilib, 5-sinfda aslida о‘quvchilarning texnik hujjatlardan
foydalanish va buyumning berilgan aniqligiga erishish malakalari tekshiriladi. 4-
sinfda nazorat ish frontal yо‘sinda о‘tkazilishi mumkin. О‘quvchilar keyingi
sinflarda ma’lumotlar tо‘la bо‘lmagan hujjjatlar bilan ishlay boshlaydilar. Shu
sababli nazorat ishlarda о‘quvchilar faqat murakkabroq ishlov berishni bajarib
qolmay, balki chuqur bilimlarini ham kо‘rsata olishlari kerak. О‘quvchilar
chizmalarni о‘qishda, asboblarni tanlashda, ishlov berish izchilligida о‘zlarining
mustaqilliklarini yetarli darajada kо‘rsata olishlari uchun 5-7 sinflarda bilim,
kо‘nikma va malakalarni tekshirish darslarida ish obyektlarini har xillashtirish
hamda mashg‘ulotlarni tashkil qilishning yakka shaklini qо‘llash ma’quldir.
7-sinfda yakunlovchi tekshirish ishi о‘tkazilishi mumkin, bu ish о‘z ichiga
stanoklarda metallarga ishlov berish, chilangarlik ishlari, chilangar-mexanik va
elektromontaj ishlarini oladi.
О‘qituvchi nazorat ishlar haqida о‘quvchilarni oldindan ogohlantirib qо‘yadi.
Kо‘rib chiqilgan dars tiplari bilan bir qatorda mehnat ta’limi amaliyotda
kо‘pincha kombinatsiyalashgan darsdan foydalaniladi, bu darsning tavsifli jihati
shuki, unda bir vaqtning о‘zida ahamiyatga ega har xil ta’limiy vazifalar bajariladi
(masalan, yangi bilimlar berish va malakalarni shakllantirish).