3.Darslarda kasb tanlashga yо‘llash ishlarining shakl va metodlari.
Ta’lim jarayonida о‘quvchilarni turli xil kasblar bilan tanishtirish bо‘yicha
muntazam ish olib borish ularni kasb tanlashga yо‘llashning muhim sharti
hisoblanadi.
О‘quvchilarni har bir jamoa xо‘jalik: tuman, shahar ishlab chiqarish muhiti
orqali mehnat faoliyatining barcha turlari bilan tanishtirish mumkin, shuning uchun
ham har bir mehnat ta’limi о‘qituvchisi maktabda о‘rganiladigan fan doirasidan
tashqaridagi, maktab atrofidagi ishlab chiqarish muhiti bilan yaxshi tanish bо‘lishi
lozim. Masalan, Toshkent shahar maktablarida ishlayotgan mehnat ta’limi
о‘qituvchisi metallarga mexanik ishlov berish darsida slesarlik ishlarini
о‘tayotganda shaharning metall ishlab chiqaradigan zavodi bilan tanishtirishi
mumkin. Shuningdek, о‘quvchilarning korxona bilan, ya’ni sanoat korxonasiga
qachon nom berilgani, ishlab chiqaradigan mahsulotning nomi hamda asosiy kasb
va ixtisosliklarning qisqacha rо‘yxatini tanishtirishni amalga oshiradi.
Biroq о‘quvchilarni korxona bilan tanishtirish batafsilroq bо‘lishi mumkin.
Bunda о‘quvchilarni asosiy ishlab chiqarish bо‘limlari (sexlar) bilan, ularning
jihozlanishi, har bir sexning konkret mahsuloti, mazkur sexdagi kasb va
ixtisoslarning tо‘laroq rо‘yxati bilan tanishtirish lozim.
О‘quvchilarning о‘quv ustaxonalaridagi texnikaga oid ishlari ularni ishchi
kasbi bilan tanishtirish bо‘yicha katta imkoniyatlar yaratadi.
Shunga karamasdan 5-7 sinflardagi
mehnat ta’limining mazmuni
о‘quvchilarda har qanday kasbni egallash uchun bab-baravar foydali bо‘lgan
umumiy mehnat bilim va kо‘nikmalarini tarkib toptirishga olib keladi, bundan
tashqari mehnat ta’limi о‘qituvchisi о‘quvchilarni zamonaviy texnikaning
elementlari, texnologiyasi bilan tanishtira borib, ularda zarur mehnat usullari paydo
131
qiladi, shuningdek, о‘quvchilarda uyushqoqlik, ozodalik, tejamkorlik xislatlarini
tarbiyalab, ularni asta-sekin hayotda о‘z yо‘lini tanlashga tayyorlaydi.
Maktab ustaxonalari о‘z vazifasiga kо‘ra о‘quvchilar о‘quv mehnatini ishlab
chiqarish bilan bо‘lgan aloqasini amalga oshiradi. О‘quvchilar о‘quv
ustaxonalarida metallarga ishlov berish stanogida birinchi marta ishlaydilar, bu
yerda ular materialga ishlov berish ustida dastlabki kо‘nikma va malakalarni hosil
qiladilar, texnikaga oid fikrlashlari, ijodiy aktivligi va mustaqilligi ortadi, kasb
haqidagi bilimlari chuqurlashadi va kengayadi.
Mehnat ta’limi darslari ham, boshqa maktab fanlari qatori о‘quvchilarda
havas uyg‘otishi lozim, ammo uning manbai og‘zaki qiziqtirish emas, balki
о‘quvchilar о‘z maqsad va mehnat natijalarini kо‘ra oladigan ijtimoiy-foydali
xarakterdagi buyumlar (maktablar, korxonalar, otaliqqa olingan bolalar
bog‘chasining buyurtmalar)ini tayyorlashga oid amaliy ishlar bо‘lmog‘i lozim.
Shuning uchun ham, maktab ustaxonalarida mehnat ta’limining tо‘g‘ri yо‘lga
qо‘yilishi о‘quvchilarning kasb tanlashi, ayniqsa ishchi kasbini tanlashida hal
qiluvchi ahamiyatga ega bо‘ladi.
Ishchi kasbi bо‘yicha kasbga oid axborot ishlarining asosiy yо‘nalishi,
xarakteri mazmunini belgilash uchun mehnat о‘qituvchisi о‘rganilayotgan dastur
mavzusini mashinasozlik ishlab chiqarishi bilan, bu korxonada xizmat qiluvchi
xodimlarning yetakchi kasblari bilan yaqindan aloqasini о‘rnatmog‘i zarur. Shu
munosabat bilan mehnat ta’limi о‘qituvchisi о‘z tumanining ishlab chiqarish
korxonalari hamda bu korxonalarning kasb va ixtisos bо‘yicha ishchi kadrlarga
bо‘lgan ehtiyojini yaxshi о‘rganishi lozim.
Olingan materiallar asosida о‘qituvchi mehnat ta’limining konkret sanoat
korxonasi bilan aloqasini aks ettiradigan jadval hamda mazkur korxona katta
ehtiyoj sezayotgan yetakchi ishchi kasblari ruyxatini e’tibor bilan tuzib chiqishi
kerak.
О‘qituvchi mehnat darsida dasturning u yoki bu mavzusini о‘tish jarayonida,
xususan, о‘quvchilar tomonidan chilangarlikning metallarga belgi qо‘yish,
tо‘g‘rilash, bukish, qirqish, arralash operatsiyalarini о‘zlashti-rishlarida ularni
132
ishchi qasbi bilan qanday tanishtirganini misol asosida batafsilroq kо‘rib chiqamiz.
Mehnat о‘qituvchisi bu operatsiyalarning tо‘g‘ri usullarini kо‘rsatib berib
о‘quvchilar e’tiborini bu usullarning qulayligiga, ish unumdorligi va sifatiga
qaratmog‘i lozim.
О‘qituvchi о‘quvchiga bu topshiriqlarning sifatini pasaytirmagan holda
belgilangan vaqt meyorida bajarishi lozimligini aytadi. О‘qituvchi slesarlik
operatsiyalarini bajarish paytida о‘quvchilarda mehnat usullarini tо‘g‘ri
shakllantirishga harakat qilib, ularga agar chilangar-asbobsozlar, tamirlovchilar,
chilangar-shtampovkachilar bajarishga tо‘g‘ri keladigan ishlar xarakter jihatdan
murakkab va mas’uliyatli ekanini tushuntiradi, shuning uchun mehnat usullarini
qat’iy tо‘g‘ri bajarish kerakligini aytadi. О‘quvchilarni kasblar bilan tanishtirgach,
о‘qituvchi gazo-elektr payvandchi, ayniqsa, chilangar-payvandchi, chilangar-
asbobsoz ixtisosiga ega bо‘lgan ishchilar korxonada eng malakali kasb egasi
hisoblanishini ta’kidlaydi.
О‘quvchilarda kasbga qiziqishni tarbiyalash kasbni tо‘g‘ri tanlashni nazarda
tutadigan yetakchi motivlardan biri hisoblanadi. Demak, maktabda kasb tanlashga
yо‘llash ishlarining muhim yо‘nalishlaridan biri о‘quvchilarda kasbga bо‘lgan
qiziqishni aniqlash va о‘stirish bо‘lmog‘i lozim. О‘quvchilarning kasbga
qiziqishini aniqlash ularning muayyan formada tayyorlangan anketalarni tо‘ldirish,
umumta’lim fanlari bо‘yicha о‘quvchilar о‘zlashtirishlarini о‘rganish, ularni
о‘qitish va kamol toptirish davomida kuzatish, kasb haqida individual suhbatlar,
о‘quvchilarning tо‘garaklarga ishtiroki, qiziqish kartasini tо‘ldirish, о‘qituvchi va
ota-onalar bilan suhbat kabi didaktik usul va metodlar yordamida amalga
oshiriladi.
Olingan ma’lumotlar о‘quvchi kasbni (ixtisosni) yoki о‘quv yurtini tо‘g‘ri
tanlay bildimi, bular uning havasi va qobiliyatiga muvofiq keladimi, nima
sababdan mazkur kasbni yoki о‘quv yurtini tanladi, ota-onalari va
о‘qituvchilarining fikri qanday ekanini aniqlash imkonini beradi.
Anketalarni tо‘ldirishdan oldin о‘quvchilarga ular anketadagi savollarga
javoblar «oylab» topmasliklari, balki о‘z qiziqishlari va konkret imkoniyatlaridan
133
kelib chiqmoqlari kerakligi aytiladi. Haqiqatga muvofiq kelmaydigan javoblar
о‘qituvchini chalg‘itadi va о‘quvchilarning kasbga qiziqishlarini shakllantirishga
doir masalalarni ancha murakkablashtiradi.
Anketa ma’lumotlarining taxlili asosida fan-о‘qituvchisi, sinf rahbari har bir
о‘quvchining kasbga, bо‘lgan qiziqishi va ularning barqarorlik darajasi,
ishonchliligini diqqat bilan о‘rganadi, ana shu asosda ularni yanada rivojlantirish
bо‘yicha tashkiliy-metodik tadbirlar belgilaydi, о‘quvchida xato yoki noaniq
istaklar bо‘lgan taqdirda eyea tushuntirish ishlari kasbga oid suhbatlar olib borishi
.kerak bо‘ladi. Biroq kasbga qiziqish bо‘yicha bir martagina о‘tkazilgan anketa
usuli natijasidagi ma’lumotlar maktabni bitirguncha obyektiv va о‘zgarmas bо‘lib
qoladi, deb oylash xato bо‘lar edi. Gap shundaki, о‘quvchilarning u yoki bu
mehnat faoliyatini tanlash bо‘yicha mayl va qiziqishlari har xil bо‘lib, barqarorligi
esa puxta sanalmaydi. Kasbga bо‘lgan havas dinamikasi va rivojini kuzatib borish
uchun bunday anketa tarqatish usulini har bir sinfda har yili о‘tkazilgani ma’qul.
U yoki bu о‘quvchining kasb tanlashida yuz berayotgan о‘zgarishlarni
о‘qituvchi va sinf rahbari diqqat bilan kuzatishi, о‘rganishi, sabablarini aniqlashi
kerak. Shunday aniqlashlardan keyingina mazkur о‘quvchining kasbga havasi va
mayliga doir keyinti ishlar tо‘g‘risida oylash mumkin.
О‘quvchilarning kasbga qiziqish masalasi kо‘rib chiqilganda yuz beradigan
о‘zgarishlarning sifat jihatdan farqlanadigan tо‘rt xil darajasini nazarda tutmoq
zarur.
1. Oldingi qiziqish keyingi sinfda mustahkamlanadi va rivojlanadi.
2. Oldingi qiziqishni aniqlash va kasb haqida tasavvur qilish paydo bо‘ladi.
3. Dastlabki qiziqish boshqasi bilan bog‘lab, asoslab tanlangani bilan
almashinadi.
4. Mehnatning u yoki bu turiga nisbatan dastlabki paydo bо‘lgan qiziqish
unchalik oylab tanlanmaganligi tufayli sо‘na boshlaydi, uning о‘rniga boshqasi
paydo bо‘lishi mumkin va, aksincha, kasbga qiziqish butunlay sо‘nishi ham
mumkin. Bunday hol kichik va о‘rta yoshdagi о‘quvchilarning hali ongli ravishda
о‘ziga kasb tanlay bilmasligi kasbga havas asta-sekin rivojlanib borishi bilan
134
izohlanadi, uni mustahkamlash uchun esa kasb tanlashga oid ishlarni tinimsiz
amalga oshirish kerak bо‘ladi.
Kasbga barqaror va asosli qiziqish о‘quvchilarning faoliyat turlari -о‘quv,
mehnat, sinfdan tashqari ishlar va hokazolar bilan mustahkamlanishi zarur. Ammo
qiziqishning chuqur va qat’iyligi, avvalo, uning amaliy faoliyatda yanada
mustahkamlanishiga bog‘liq. Shuning uchun ham qishloq xо‘jaligi, texnikaga oid
hamda xizmat kо‘rsatish mehnati darslari va texnika ijodkorligi tо‘garaklari
kо‘proq bu talablarga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: |