138
О‘quv modellari, mulyajlar, maketlar.
Modellar tabiiy obyektlarning sun’iy
kо‘rinishi bо‘lib, ularning muhim sifatlari, aloqalari
va munosabatlarini qayta
takrorlaydigan о‘quv kо‘rgazmali qо‘llanmalar hisoblanadi. Orginal obyekt (mikro
va makro obyektlar) xususiyatlarini kо‘rsatishda shartlilik (ramziylik)ka amal
qilinadi, razmerni kattalashtirish yoki kengaytirish orqali obyekt qurilmasi sxema
tarzida aks ettiriladi. Modellarning eng keng tarqalgan tipik turlari bu moddiy
(predmet) modellardir. Modellar о‘z hajmiga ega yoki tekis modellarga bо‘linadi.
Ularning oralig‘ida relyef jadvallar joylashgan. Hajmga ega modellar tarkibiy
qismlarga bо‘linishi mumkin (mufta va о‘zagi (atom yig‘indisi bilan)), qismlarga
bо‘linmaydigan, qimirlamaydigan, (belgilash komplekti) va harakatlanuvchi (ichki
yonish dvigateli, nasos) bо‘ladilar. Hajmga ega bо‘lgan
modellar sirasiga mulyaj
va maketlar kiradi. Ular ham umumta’lim ham texnika fanlarini о‘qitish jarayonida
qо‘llaniladi. Mulyaj (maket)lar deya biz shunday obyektlarni aytamizki, ular
moddiy obyektlarga aynan о‘xshatib yaratilgan qо‘llanmalardir.
Mulyaj va maketlar atrof-muhit hodisalari predmetlarning tashqi belgi va
xususiyatlarini о‘rganishda qо‘llaniladi. Modellar о‘rganilayotgan obyektlarning
ichki qurilmasi va harakatlanish tamoyili, mashina va mexanizmlarning
kinematikasini о‘rganilayotgan vaziyatlarda boshqa
aloqalar va munosabatlar
mazmunining ham о‘rganilishiga imkoniyat beradi.
О‘quvchilarga taqdim etiladigan model va mulyaj (maketlar)lar ham xuddi
tabiiy obyektlar singari demokratsion va tarqatma qо‘llanmalarga bо‘linadi. Turli
xil modellarni loyihalashtirishda bu turdagi о‘qitish vositalarining funksiya va
didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda umumiy pedagogik-ergonomik
talablarni ilgari surish mumkin, ya’ni, axborotlashgan, о‘quv jadvalini faoliyatning
aniq usullariga adekvantlik (о‘rganish, qabul qilish plakat, sxema,
diagramma,
grafik va boshqalar) aniq bir tushuncha, kо‘nikma va bilimlarni shakllantirishda
qо‘llaniladigan tekis moddiy о‘qitish vositasidir. О‘quv jadvali aniq va
kо‘rgazmali holda о‘rganilayotgan obyekt haqida ilmiy axborot beradi. Jadvallar
turli xil bо‘ladi. Kompozitsion – rasm va fotosuratlar;
Grafikli: (chizma, diagramma, sxema va boshqalar);
139
Belgili – ramziy formula, harf va sо‘zlar bilan ifodalanuvchi. Sо‘nggi paytda
elektrlashgan jadvallar keng qо‘llanilmoqda, ya’ni, stendlar,
xavfsizlik oid
texnikalar.
О‘qitish vositalari orasida oxirgi paytda eng kо‘p qо‘llanilayotgan vositalar –
bu plakatlardir. Plakatlar - quyidagi talablarga javob berishi shart.
plakatning mazmuni о‘rganilayotgan mavzuga oid bо‘lishi;
plakatda ifoda etilgan chizma yetarli darajada katta va uzoqdan ham kо‘ra
olish imkonini berishi kerak;
plakatdagi obyektalr tabiiy holatlarida kо‘rsatishi shart;
plakatda tasvirlangan chizmalarning qismlari masshtab mutanosibli
asosida berilishi kerak;
eng e’tiborga loyiq qismlar alohida (boshqa) rang bilan ajratib kо‘rsatilishi
lozim.
Ekran va ekran – tovushlik о‘qitish vositalari h
ozirgi zamonda juda keng
tarqalgan о‘qitish vositalaridandir. Bu о‘qitish vositalariga qо‘yilgan talablar eng
avvalo ularning mavzuga oid, ikkinchidan, sifatli bо‘lishidir.
Diopozitiv (slayd) – bu harakatlanmaydigan о‘qitish ekran vositasi.
Diopozitiv aks etgan chizma va rasmlar odatda plakatdagidan yaxshi qabul
qilinadi.
Diopozitiv – bu juda qulay о‘qitish
vositasi, chunki о‘qituvchi yordamida
materialning qismini yoki bir kadrni alohida kо‘rsatish mumkin. Har bir kadr tо‘liq
bir informatsiyaga ega. Diafilm ham harakatlanmaydigan ekran vositasidir. Bu
qо‘llanmalarning uslubiy g‘oyasi mualliflarining kadrlar ketma-ketligini
taminlanishiga
e’tibor berishlaridir. Kadrlarning ketma-ketligi о‘zgarsa
informatsiyaning qabul qilinishida mazmun buzilishi rо‘y beradi. Diafilmlarni
qо‘llashdagi qiyinchilik – ulardagi axborotning kо‘pligi va ularning qabul qilib
olish uchun vaqtning yetmasligidir.
Bu qiyinchilik darsda diofilmlarning ayrim fragmentlarini (bо‘laklarini)
kо‘rsatish orqali yengillashtiriladi.
140
Sо‘nggi yillarda о‘quv filmlari ishlab chiqarilmay qо‘ydi. Ularning о‘rnini
о‘quv video yozuvi, informatsiyani aks ettiruvchi ekran – tovushli vositalari kino,
radio, televidiniya, videofilm va diopozitivlar egalladi.
Video yozuvini qancha lozim bо‘lsa, shuncha marta takrorlanish mumkin,
vaqt kо‘rsatkichi asosida kerakli informatsiyani yozish mumkin.
Videokamera
yordamida yozib olish juda katta imkoniyatni ochib beradi. Kelajakda
о‘qituvchilarni tayyorlash va ular malakasini oshirish maqsadiga xizmat qiluvchi
video yozuvi tizimlari chiqiladi.
О‘quv materialini mustaqil о‘rganishda о‘quv yozuvlarini katta ahamiyatga
ega.
О‘quv asboblari, moslamalari, laboratoriya asoslari tizimning о‘ta ahamiyatli
bо‘lgan qismini tashkil qiladi. Eng, avvalo, u yoki bu asbob nima uchun xizmat
qilishini aniqlaylik.
Trenajerlar – texnika vositalarining alohida guruhiga kiradi. Trenajerlar
mehnat ishlab chiqarish sharoitlarini imitatsiya (о‘xshatish) qiladi.
Trenajyorlar uch guruhga bо‘linadi:
Avtomobil va ximiyaviy ishlab chiqarish texnologiyasini trenajerlari
(modellashtirish yordamida о‘rganiladi).
Aniq bir intelektual faoliyat bilan bog‘liq bо‘lgan trenajerlar. Masalan:
trenajer imitatorlar, stanoklarni naladka qilish imkonini beruvchi trenajerlar.
Biror bir xarakatlanish kо‘nikmasini hosil qilish
uchun trenajerlarning
alohida turi qо‘llaniladi. Masalan: metalni aralash, detallarning figurali qilib
yasalishi uchun xizmat qiluvchi trenajerlar.
Dostları ilə paylaş: