Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Ekskursiyalarni tashkil etish va о‘tkazish metodikasi



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3.Ekskursiyalarni tashkil etish va о‘tkazish metodikasi. 
Ekskursiyalarni 
о‘tkazish metodikasida quyidagi asosiy masalalarni alohida ajratib kо‘rsatish 
mumkin: ekskursiyaga tayyorlanish, ekskursiyani о‘tkazish va uni yakunlash. 
Bularni batafsilroq kо‘rib chiqamiz.
 
Ekskursiyani о‘tkazish. Odatda ekskursiya qisqacha kirish sо‘zi bilan 
boshlanib, unda о‘quvchilarga korxonaning mazkur iqtisodiy kо‘rsatkichlari va 
umuman xalq xо‘jaligi uchun ahamiyati yoritiladi. О‘quvchilar korxonaning 
mahsulotlari bilan ham tanishadilar, suhbatni texnika xonasida yoki korxonaning 
tarixi, yutuq va an’analarini ifodalovchi stendlar bilan jihozlangan qizil burchakda 
о‘tkazish eng qulaydir. О‘qituvchi suhbat oxirida о‘quvchilarga korxona 
territoriyasidagi xatti - harakat qoidalarini tushuntiradi va individual topshiriqlar 
berib, ularning qanday bajarilgani tekshirilishini aytadi.
Ekskursiya ta’limiy vazifalarga bog‘liq holda о‘tadi. Masalan, о‘quvchilar 
korxonaga texnologik jarayon bilan tanishish uchun kelsalar, tayyorlash sexlaridan 
boshlab to yig‘ish sexlarigacha, biror xarakterli detalni ishlashning hamma 
jarayonini kuzatadilar. Shu tariqa ular asta sekin bir sexdan ikkinchi sexga о‘tib, 
umuman korxonaning ishini bilib oladilar. Bunda о‘qituvchi har xil texnologik 
jarayonlarning tipik tomonlarini alohida ta’kidlaydi. Natijada о‘quvchilar faqat 
mazkur korxonaga xos texnologik jarayon haqida emas, balki boshqa 
korxonalardagi shunga о‘xshash jarayonlar haqidagi tushunchaga ega bо‘ladilar. 
Ikkinchi misol. О‘quvchilar muayyan ishlab chiqarish jihozining tuzilishi va 
ishi bilan tanishishlari kerak. Bunday hollarda kuzatish uchun obyektlar shunday 
tanlanadiki, о‘quvchilar jihozlar atrofida ishchiga xalaqt bermaydigan, о‘zlariga 
hamma narsa kо‘rinib turadigan holda joylashadilar.


160 
О‘quvchilar kuzatishni ma’lum miqdorda malga oshirish uchun ularga 
og‘zaki yoki yozma javob qaytariladigan konkret topshiriqlar beriladi. О‘qituvchi 
о‘quvchilar orasida aylanib yurib, ular topshiriqni tо‘g‘ri tushungan – 
tushunmaganini va uni qanday bajarayotganliklarini tekshiradi.
Ekskursiya natijalarini yakunlash. Ekskursiya uning natijalarini yakunlash 
bilan tugaydi. Kо‘pincha mehnat о‘qituvchisi ekskursiya tugagach о‘quvchilar 
bilan birga texnika xonasi yoki qizil burchakka qaytadi va ular topshiriqni qay 
tarzda bajara olganini, buning uchun kerakli material tо‘plagan – tо‘plamaganini 
aniqlaydi. Shundan sо‘ng yozma hisobotlarni topshirish yoki ustaxonalardigi 
mashg‘ulotlarda yakunlovchi suhbat о‘tkazish vaqtini belgilaydi.
О‘quvchilarning ekskursiyada olgan bilimlaridan о‘qituvchi keyinroq, 
masalan, maktab ustaxonalaridagi va hozirgi sanoat korxonalaridagi ish 
sharoitlarini taqqoslashda foydalanishi mumkin. Ma’lumki, bunday taqqoslash 
о‘quvchilarda materiallarni qayta ishlashning progressiv, yuqori unumli usullari 
haqida tо‘g‘ri tasavvur hosil qilishdari uchun о‘tkaziladi. 
Ekskursiyalar ta’lim-tarbiya, kо‘rgazmali о‘qitishda keng qо‘llaniladigan 
mashg‘ulot shakllaridan biri sanaladi. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda 
muzeylarga, ishlab chiqarish korxonalariga, qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishiga oid 
fermalar va dalalarga, qurilish maydonlariga, firmalarga uyushtiriladigan 
ekskursiyalardan keng foydalaniladi. 
Ekskursiyalarni amalda oshirishda mehnat tarbiyasiga oid samaraga erishish 
uchun avvalo ta’lim muhitini bevosita buyumlarni amalda kо‘rish, ular bilan 
amaliy ish bajarish sharoitiga erishish lozim bо‘ladi. Buning uchun odatda о‘quv 
muasssasiga yaqin masofada joylashgan obyektlar tanlab olinadi. Muzeylarga 
uyushtiriladigan ekskursiyalar ham bu borada yuqori samaraga erishish imkonini 
yaratuvchi shakllardan biri sanaladi. Muzeylarda turlicha eksponatlar bilan 
tanishish imkoniyati yaratiladi, jumladan tarixiy hujjatlar, asl buyumlar, Vatan 
himoyachilari va turli mehnat sohasiga oid ishchilarning shaxsiy buyumlari, turli 
maqolalar о‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Mehnat ta’limi tizimini 
yanada rivojlantirish uchun tо‘laqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud. 


161 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin