Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Ekskursiyalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tutgan о‘rni



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2.Ekskursiyalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tutgan о‘rni. 
Ekskursiyaga tayyorlanish. Bu ish ekskursiya obyektini tanlashdan boshlanadi. 
Obyektni tanlash ekskursiya jarayonida qо‘yiladigan vazifalar bilan belgilanadi. 
Masalan, 5 sinf о‘quvchilari mehnat ta’limi darslarida tikuv materiallarini qirqish 
Дарсдан ташщари маш\ улотларда ме=нат тарбиясини 
амалга оширишда экскурсияларнинг тутган ырни
И ндивидуал 
шаклда
Гуру=
шаклда
Оммавий
шаклда
Адабиётлар 
билан ишлаш
Рефераталар 
тайёрлаш
Ж амоат 
топширищларини 
бажариш
Техник ечимга 
эга модел ва 
макетлар тайёрлаш
Тыгараклар
Ыщувчиларнинг 
ижодий 
уюшмалари
К онструкторлик
бюролари
И лмий­техник 
уюшмалар
Олимпиадалар
Танловлар
К ыргазмалар
Экскурсиялар


158 
ishlarini bajaradilar (tikuvchilik korxonalariga ekskursiya uyushtirib, о‘quvchilarni 
tikuv materiallarini qirqish bilan tanishtirish mumkin); 6-7 sinfda tikuvchilik 
buyumlariga ishlov berish о‘rganilgandan sо‘ng asosiy ta’limiy vazifa 
о‘quvchilarga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida tushuncha 
berishdan iborat bо‘ladi (tabiiyki, bunday payitda ekskursiya uchun avtomat liniya 
yoki alohida avtomat mashinalar mavjud obyekt tanlanishi kerak). 
Ekskursiya obyektlarini tanlashda qishloq joylarida mehnat ta’limi 
о‘qituvchisining imkoniyati nihoyatda cheklanganini nazarda tutish kerak. Buning 
ustiga ba’zan hamma ekskursiyalarni bitta korxonaning о‘zida о‘tkazishga tо‘g‘ri 
keladi. Bunday hollarda mehnat ta’limi о‘qituvchisi ekskursiyalar mazmunan 
takrorlanmasligi va ularga о‘quvchilarning qiziqishi susaymasligi uchun oldindan 
ustaxonalarda 
ta’lim 
berishning 
butun 
davri 
uchun 
о‘tkaziladigan 
ekskursiyalarning rejasini tuzib oladi.
О‘qituvchi ekskursiya uchun obyekt tanlagach korxona rahbarlari bilan 
kelishib oladi va ekskursiyani kim о‘tkazishi masalasini hal qiladi. Ekskursiyani 
о‘qituvchining о‘zi о‘tkazsa, eng kо‘p ta’limiy samaraga erishiladi. Chunki 
о‘qituvchi mana shu tadbirning ta’limiy vazifalarini, о‘quvchilarning tayyorligi va 
fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning hammasi unga ishni 
aniq olib borish, о‘quvchilarning diqqat – e’tiborini ular uchun eng muhim 
hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. Afsuski, har bir mehnat 
ta’limi о‘qituvchisi hozirgi sanoat korxonalarida о‘tkaziladigan ekskursiyalarni 
boshqarishga tayyorlangan, deb bо‘lmaydi. Ana shunday hollarda ekskursiyani 
korxonaning xodimi о‘tkazib, о‘qituvchi unga avval ekskursiyaning vazifalarini 
tushuntiradi. 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi ekskursiyani olib boruvchi bilan birgalikda 
ekskursiyaning marshrutini va о‘quvchilarga kо‘rsatiladigan obyektni belgilaydi. 
Bunda о‘quvchilar uchun xavfsizlik masalalariga katta e’tibor beriladi. О‘qituvchi 
ekskursiyani 
olib 
boruvchi 
bilan 
birgalikda 
о‘quvchilarning korxona 
territoriyasidagi harakati xavfsizligini qanday ta’minlash ularni sexga qanday 
joylashtirish kerakligi haqida fikrlashadi.


159 
О‘qituvchi ekskursiya vaqtida о‘quvchilarning aktivligini oshirish uchun 
ularga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bо‘lishi, 
masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan(marshrutli texnologik 
karta tuzishdan), qator operatsiyalar bо‘yicha detal zagatovkasining eskizini 
tayyorlashdan, qо‘l mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini 
taqqoslashdan iborat bо‘lishi mumkin. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin