153
о‘ziga xos ma’lumotlarini esa har bir zvenoning о‘ziga aytadi. О‘qitishning bu
shaklidan foydalanganda masterning ish hajmi, ayniqsa joriy yо‘riqnomada, frontal
formadagidan kо‘ra ancha ortadi. Biroq bundagi xilma-xil ishlar sonining kо‘p
bо‘lishi (stanokning turli uzellari), о‘quvchilarda kasbiy bilimlarning о‘sishigagina
emas, balki politexnik bilimlari doirasining kengayishiga ham yordam etadi.
Individual (yakka) о‘qitish shaklini sinfdagi kо‘pchilik о‘quvchilar
konstruksiyasi har xil, mazmunan esa bir-biriga yaqin bо‘lgan ishlarni
bajarganlarida qо‘llash mumkin. Bu xil ishlar, masalan: о‘quv ustaxonasi uchun
xilma-xil mayda buyurtmalardan yoki dona hisobi uncha katta bо‘lmagan turli-
tuman detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari detallari) bо‘lishi mumkin.
Bunday hollarda о‘qituvchi tayyorlanishi kerak bо‘lgan buyumlarning tayyorlanish
texnologiyasini analiz qilib chiqib, о‘quvchilarga frontal yо‘riqnoma tarzida
umumiy belgilarni (ma’lumotlarni) va yakka shaklni qо‘llaganda aytiladigan
ma’lumotlarni oldindan ajratib qо‘yadi. Bunda individual tarzda aytiladigan
ma’lumotlar kо‘proq bо‘ladi. Kо‘ramizki, darsni individual shakl asosida tashkil
etganda, о‘qituvchi kо‘proq tayyorgarlik kо‘rishi kerak bо‘lar ekan, bunda
darsning induvidual shakli va induvidual yо‘riqnomadan iborat ikkita tushunchani
bir-biridan farq qilish zarur. Induvidual yо‘riqnomani har qanday shaklda tashkil
etilgan darsda qо‘llash mumkin, lekin bu ishning xajmi frontal dars shaklida
kamroq, induvidual shakldagi darsda esa kо‘proq bо‘ladi.
Nihoyat, aralash shakldagi dars yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan uchchala dars
shakllarining elementlaridan tarkib topadi.
Shuni ham ta’kidlab о‘tish kerakki, dastur materialining mazmuniga, ixtisos
xarakteriga va boshqa faktorlarga qarab, ishlab chiqarish ta’limida boshqa tashkiliy
shakllarni ham qо‘llash mumkin. Masalan, о‘quvchilar brigadasi shaklidagi
о‘qitish ishlab chiqarish sharoitida dars shaklini qо‘llash mumkin bо‘lmagan
hollarida qо‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi ta’lim kо‘pincha kо‘mir
koni shaxtyorlarini tayyorlashda, metallurglar, ximiklar va qishloq xо‘jaligiga
tegishli kо‘pgina ixtisos ishchilarini tayyorlashda qо‘llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: