Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Mehnat darslari tarkibi. 
Mehnat darslari ushbu bosqichlardan tashkil topishi 
mumkin: о‘quvchilarni uyushtirish; yangi materialning bayoni, yо‘riqnoma, 
о‘quvchilarning mustaqil ishlari, yakunlovchi yо‘riqnoma, ustaxonalarni tozalash. 
Bularni batafsilroq kо‘rib chiqamiz. 
О‘quvchilarni uyushtirish. 
Darsning sifati kо‘p jihatdan uning qanday 
uyushqoqlik bilan boshlanishiga bog‘liq. Agar birinchi minutlardanoq о‘quvchilar 
о‘qituvchining talabchanligini sezmasalar, о‘zlarini mehnat jamoasining a’zosi 
ekanliklarini, oldilarida muayyan о‘quv-ishlab chiqarish vazifalari turganini his 
etmasalar, bu hol darsda intizomning buzilishiga, о‘quvchilar aktivligining 


146 
pasayishi va hokazolarga olib kelishi mumkin. Mana shuning uchun tajribali 
о‘qituvchilar darsning tashkiliy jihati bilan bog‘liq birinchi minutlariga katta 
e’tibor beradilar. 
Mehnat ta’limi darslari о‘tkaziladigan xonalarga о‘quvchilar guruh bо‘lib 
о‘qituvchi bilan birgalikda uyushgan holda keladilar. Jarohatlanishlariga sabab 
bо‘ladigan hatti-harakat qoidalari buzilishining oldini olish uchun о‘quvchilarning 
ustaxonada yolg‘iz qolishlariga ruxsat etilmaydi.
Xonaga kirishlari bilan о‘quvchilar о‘z ish о‘rinlarini egallaydilar. Yо‘qlama 
(navbatchi yordamida) qilinadi, о‘quvchilarning ish kiyimlari tekshiriladi. 
Kiyimlari mehnat xavfsizligi qoidalariga javob bermaydigan о‘quvchilar 
mashg‘ulotlarga kiritilmaydi. 
Asboblar va zagatovkalarni tarqatish - darsni tashkil qilishning muhim 
momentidir. Har bir ish о‘rnini kesish va о‘lchash asboblarining tо‘la komplekti 
bilan ta’minlash eng yaxshi variantdir. Tabiiyki, bu holda asboblarni tarqatish 
bо‘lmaydi, har bir о‘quvchi hamma zarur narsalarni о‘z ish о‘rnidan topadi. 
Afsuski, buning uchun maktablarning hammasida bunday imkoniyat yо‘q va shu 
sababli asboblarni har gal tarqatishga, sо‘ngra esa yig‘ishga tо‘g‘ri keladi. Bunga 
iloji boricha kamroq vaqt ketishi, ortiqcha harakat va shovqin bо‘lmasligi uchun 
о‘qituvchi navbatchilarni о‘ziga yordamchi qilib oladi. Ular asboblar solingan 
penallarni ish о‘rinlariga tarqatib chiqadilar, zagotovkalarni yoki ishlab 
tamomlanmagan buyumlarni ham tarqatadilar. Metall zagotovkalar yashiklarda 
saqlanishi, bu yashiklarda sinf va guruhlar kо‘rsatilishi kerak. Yashiklar ichida 
zagotovkalar ustiga familiyalar yozilgan qopchalarga solib qо‘yiladi. Familiyalar 
biriktirilmagan buyumlarning о‘ziga bо‘r yoki maxsus ruchka bilan yozish 
chalkashliklarga olib keladi, chunki harflar о‘chib ketib familiyalarni о‘qish 
qiyinlashadi. 
Yangi materialni bayon qilish. 
Bu element ayrim darslardagina о‘rinli. 
Kо‘pincha yangi materialni bayon qilish kirish yо‘riqnomasiga kiradi. Yangi 
materialni bayon qilishdan oldin о‘quvchilarning uni idrok qilishga tayyorligi 


147 
tekshiriladi, ya’ni о‘quvchilarning oldingi darslarda olgan va bu topshiriqni 
bajarish uchun zarur bilim va malakalari qanday ahvolda ekani tekshiriladi. 
Yangi materialni bayon qilish uning mazmuniga о‘quvchilarning yoshi va 
tayyorligiga bog‘liq holda har xil tashkil etilishi mumkin. 
Yangi materialning hajmi о‘quvchilar о‘zi о‘zlashtira olishlarini nazarda tutib 
belgilanadi. 
Bilim va malakalarni tekshirishning mazmuni darsga tayyorlanishda 
о‘qituvchi tomonidan о‘ylab qо‘yiladi. Bunda kо‘rib chiqilishi kerak bо‘lgan 
asosiy masalalar belgilanadi. Shuningdek, birinchi navbatda sо‘raladigan 
о‘quvchilar ham aniqlanadi. 
Yangi materialning bayoni uni о‘quvchilar qanday о‘zlashtirganini tekshirish 
bilan yakunlanadi. 
Yо‘riqnoma.
Mashg‘ulot jarayonida kirish, joriy va yakuniy yо‘riqnomalar 
olib boriladi. Kirish yо‘riqnomasining qancha davom etishi va undagi 
informatsiyaning hajmi о‘quvchilarning yoshiga bog‘liq bо‘ladi. 
5-6 sinflarda materialni birdaniga emas, balki bir necha qismga bо‘lib bayon 
etish tavsiya qilinadi, chunki qо‘shaloq darsga mо‘ljallangan mehnat topshirig‘ini 
bajarish uchun zarur bо‘lgan hamma ma’lumotni о‘quvchilar birdaniga qabul 
qilolmaydilar. 8-9 sinflarda bir qismning о‘zida katta hajmdagi materialni bayon 
qilish mumkin, mehnat topshirig‘i qismlarga ajratilmay, birdaniga beriladi. 
Masalan, 6 sinfda о‘quvchilar maktab о‘quv-tajriba uchastkasidagi ekinlarga 
etiketkalar tayyorlashlari kerak. Bu etiketkalar mixlar bilan birlashtirilgan taxtacha 
va qoziqdan iborat bо‘ladi. О‘quvchilar buyum texnologiyasini tashkil qiluvchi 
asosiy operatsiyalar (rejalash, aralash, randalash) bilan tanishgan. Shu sababli 
о‘qituvchi topshiriq haqida gapirib berib, mana shu operatsiyalarni bajarishning 
asosiy usullarini о‘quvchilar bilan birgalikda takrorlaydi. Shundan keyin yangi 
topshiriqni bayon qilishi kerak: qoziq uchini randalab о‘tkirlash va taxtachaga 
qoziqni mixlar yordamida mahkamlash. 6 sinfda yangi topshiriq qismga bо‘lib 
bayon qilish tavsiya etilgani uchun о‘quvchilarning topshiriqqa tayyorlanishlari 


148 
ham bir necha usulda tekshiriladi. Mazkur holda materialni bayon qilishni uchta 
qismga bо‘lish mumkin: taxtachani tayyorlash, qoziqni tayyorlash, yig‘ish. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin