149
kerak. О‘quvchilarning mustaqil ishini yо‘naltirishda ularga ortiqcha g‘amxо‘rlik
qilavermaslik kerak, chunki bu о‘quvchilarning tashabbusini bо‘g‘adi, texnik
ijodkorlikning rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi.
О‘quvchilarning mustaqil ishlari faoliyatini konstruksiyalash, texnologiyani
tashkil etish, modellashtirish, materiallarni bevosita ishlash, zanjirlar yig‘ish kabi
har xil sohalarni о‘z ichiga olishi mumkin. Har qanday holda ham mustaqil faoliyat
muvaffaqiyatining zarur sharti unga о‘quvchilarning tayyorgarligidir. Agar
о‘quvchilar topshiriqni tushunsalar va uni bajarish yо‘llarini tasavvur hila olsalar,
ya’ni topshiriqni bajarishga kuchlari yetsagina topshiriqqa qiziqadilar. Agar
topshiriq о‘quvchilar hali egallamagan bilimlar va mehnat usullarini qо‘llashga
mо‘ljallangan bо‘lsa, bu hol о‘quvchilarni loqaydlikka, о‘z
kuchlariga
ishonmaslikka olib keladi. Shu sababli о‘qituvchi о‘quvchilarning mustaqil
ishlashi uchun mehnat topshirig‘i xarakterini belgilashda eng avvalo uning talab
qilinayotgan bilim, kо‘nikma va malakalar nuqtai nazaridan о‘quvchilarning
qо‘lidan kelish-kelmasligini tekshiradi. Ba’zan о‘quvchilarning mustaqil ishi
uchun obyektlarni rejalashtirishda, agar vaqt imkoni bо‘lsa, buyumni takror
tayyorlashni bajarish ham maqsadga muvofiqdir. Bunday holda о‘quvchilar о‘sha
usullarni bajarishni mashq qiladilar, о‘qituvchi esa ular oldingi xatolarni takrorlab-
takrorlamasliklarini tekshiradi.
Mehnat ta’limi jarayonida mehnatning ijtimoiy
foydali xarakteri va
meyorlanishi о‘quvchilarni mustaqil faoliyatga rag‘batlantirishning asosiy omili
hisoblanadi.
Tashkil etilgan musobaqa о‘quvchilar mustaqil ishining samaradorligini
oshirishda muhim vosita bо‘lib xizmat qiladi. Musobaqaning tо‘g‘ri tashkil
qilinishi, о‘quvchilarni yagona jamoaga birlashtirishi xafagarchilik va janjallarga
olib kelmasligi kerak. Shu orqali о‘quvchilarga bizning jamiyatimiz sharoitida
musobaqaning sanoat uchun tavsifli raqobati hech qanday aloqasi yо‘qligini
tushuntirish lozim. Har bir о‘quvchining burchi
jamoa manfaatlarini unutib
о‘zining shaxsiy muvaffaqiyatlariga intilish emas, balki, о‘z yutuqlarini yashirmay
о‘z tajribasi bilan о‘rtoqlashish, о‘rtoqlariga yordam berishdir.
150
Musobaqa shartlarini о‘qituvchi sinf faoli bilan birgalikda ishlab chiqarish,
musobaqa natijalari esa devoriy gazetada muntazam yoritiladi, maktab radiosi
orqali eshittirib boriladi va hokazo.
О‘quvchilarning mustaqil ishi butun dars davomida yoki uning bir qismida
uzluksiz о‘tishi, shuningdek yangi materialni bayon qilish bilan almashinishini
(asosan 5 va 6 sinflarda) mumkin.
Yakunlovchi yо‘riqnoma.
Har bir mehnat darsi о‘quvchilarning buyumlari qay
holatda bо‘lishidan qat’iy nazar xulosalar chiqarish bilan tugallanadi.
Xulosalar
chiqarish о‘quvchilarning bilim va malakalarini baholash bilan yakunlanadi.
Darsda bajarilgan ishni ballar bilan baholab bо‘lmaydigan (masalan, operatsiya
boshlangan, ammo tamomlanmagan) hollarda о‘qituvchi о‘quvchilar faoliyatini
umumiy yо‘sinda ta’riflash bilan chegaralanadi.
О‘qituvchi о‘quvchilarning ish о‘rinlari bо‘ylab aylanib, ishni qanday
bajarilganiga qarab baholash, xulosa chiqarishning samarali shakli hisoblanadi.
Bunday holda о‘qituvchining baho qо‘yishi о‘quvchilarning о‘z ish о‘rinlarini
tozalashi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Shu tufayli о‘quvchilar о‘qituvchining
xulosasini kutib bekor turib qolmaydilar. Dars umumiy xulosalar chiqarish bilan
yakunlanadi. О‘qituvchi о‘quvchilarga yaxshi ishlangan buyumlarni kо‘rsatadi,
yuqori sifatga nimalar tufayli erishilganini tushuntiradi.
Agar ish jarayonida tipik
xatolarga yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, yakun yasashda bu xatolarning sabablari tahlil
qilinadi. О‘qituvchi mehnat usullarini yana namoyish qiladi va bu usullarni bajara
olmagan о‘quvchilarga ularni qaytarishni taklif qiladi.
Xonalarni yig‘ishtirish.
О‘quvchilar ishni tamomlaganlaridan keyin о‘z ish
о‘rinlarini va umuman xonani tartibga keltirishlari kerak. Duradgorlik ustaxonasini
yig‘ishtirishga kо‘proq vaqt talab qilinadi. О‘z navbatida mexanik uchastkani
yig‘ishtirish duradgorlik ustaxonasini yig‘ishtirishga nisbatan kо‘proq vaqt talab
qiladi.
Darsning oxirgi bosqichi kо‘proq vaqt oladi. Bu bosqichda bajariladigan ish
ba’zan ikkinchi darajalidek tuyuladi. Aslida esa yig‘ishtirish ham darsning boshqa
bosqichlari kabi ahamiyatga ega. Bunda, xususan, mehnat madaniyati
151
tarbiyalanadi. Ongli ishchi novator ish о‘rnini yig‘ishtirmay
ketmaydi yoki uni
yomon holda о‘z navbatchisiga topshirmaydi. Bu sifat (xususiyat) о‘quvchilarga
ham singdirilishi kerak. Bunda о‘qituvchining yetakchilik roli hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Yig‘ishtirish ishlab chiqarishdagidek bajarilishi uchun barcha
zarur narsalar bilan о‘quvchilarni ta’minlash muhimdir (verstaklardagi payraxalar,
qirindilar latta bilan emas, chо‘tkalar bilan surtilishi kerak).
Navbatchi о‘quvchilar о‘qituvchi bilan birgalikda ish о‘rinlarini qabul qilib
oladilar. Shundan keyin о‘qituvchi navbatchilarning ishlarini baholaydi.
Maktab ishi tajribasida uchastkadagi ish о‘rnining tozaligi uchun musobaqa
kabi tarbiyaviy tadbir о‘zining afzalligini kо‘rsatdi. Musobaqa g‘oliblari manaviy
jihatdan mukofotlanadilar, ular haqida devoriy gazetada maqolalar e’lon qilinadi.
О‘qituvchi ish о‘rnining holati о‘quvchilar uchun namuna bо‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: