Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Darsni tashkil etishda kо‘rgazmali qurollarning roli nimalarda kо‘rinadi? 
2.
Kо‘rgazmali qurollar yordamida о‘quvchilarni puxta bilim olishlari uchun 
qanday yordam beradi? 


143 
3.
Mashg‘ulot jarayonida kо‘rsatib izohlash mumkin bо‘lgan kо‘rgazmali 
qurollar turlariga nimalar kiradi? 
4.
О‘qituvchi mashg‘ulotlarga kо‘rgazmali qurollarni tanlashda nimalarga 
e’tibor beradi? 
5.
Hozirgi zamon о‘qitish vositalariga nimalarni kiritish mumkin? 
6.
Trenajerlar haqida ma’lumot bering. 
7.
О‘qitish vositalarining rivojlanish istiqbollari haqida qanday fikrlarni 
bildira olasiz? 
8.
О‘qitish vositalaridan kompleks foydalanishning samaradorligini oshirish 
uchun qanday talab va tavsiyalar beriladi? 
4.4.
 
Mehnat ta’limi darslarida amaliy darslarni tashkil qilish 
metodikasi 
Reja: 
1. Mehnat darslarining xususiyati va tarkibi 
2. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi 
Tayanch iboralar
: о‘qitish shakllari, malakali ishchi, yо‘riqnomalar, ijtimoiy 
mehnat, unumli mehnat, musobaqa, mehnat brigadalari. 
1.Mehnat darslarining xususiyati va tarkibi.
Dars maktabdagi ta’lim 
ishining asosiy tashkiliy shaklidir. Bu gap, jumladan texnik mehnat uchun ham 
taalluqli. Ustaxonadagi mashg‘ulotlarda dars mehnat ta’limining asosiy vazifalarini 
amalga oshirish, yangi materialni bayon qilishni amaliy topshiriq berish va uni hal 
qilish bilan yaxshi bog‘lash, о‘quvchilarni faollashtirish, ijtimoiy foydali mehnatga 
jalb etishni amalga oshirish imkonini beradi. 
Amaliy mashg‘ulot deganda о‘quvchilarning о‘quv materialini faol, ongli va 
mustaxkam о‘zlashtirilgan maqsadida mehnat о‘qituvchisi rahbarligida amalga 
oshiriladigan ham jamoa, ham yakka holda ish turlarini о‘z ichiga oladigan о‘quv 
mehnat faoliyatini aniq tashkil etishni tushunish kerak. 
Mehnat sohasidagi amaliy mashg‘ulotlar turli xilda bо‘lishi, ya’ni yangi 
texnik-texnologik ma’lumotlarni mehnat operatsiyalarini о‘rganishga, bilimlarni, 
mehnat kо‘nikmalari va malakalarini mustahkamlashga, nazorat-tekshirish ishlar


144 
korxonalarga ekskursiyalar о‘tkazish va hokazolarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar 
bо‘lishi mumkin. Lekin о‘quv ustaxonalarida о‘tkaziladigan amaliy 
mashg‘ulotlarning turlari xilma-xil bо‘lishiga qaramasdan, ularning hammasi 
quyidani umumiy talablarni qondirish lozim: 
1) Mashg‘ulotning maqsadi hamda vazifalari aniq va ravshan ifodalangan 
bо‘lishi lozim. 
2) Mashg‘ulotning tarkibini didaktik jihatdan ketma-ket (bilim kо‘nikma, 
malaka, mahorat) va о‘quv materialining mazmuniga tо‘liq javob beradigan 
bо‘lishi kerak. 
3) Amaliy ishlarning obyektini tо‘g‘ri tanlanishi, ijtimoiy foydali qiymatga 
ega bо‘lishi va о‘rganiladigan mehnat operatsiyalari va usullarining talablariga 
muvofiq kelishi zarur. 
4) Mashg‘ulotning foydalaniladigan mehnat ta’limi metodlari dars talablariga 
va о‘quv materialining mazmuniga tо‘liq javob berish lozim. 
5) О‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotning tashkiliy-metodik tuzilishi о‘quv 
о‘quvchilar bilan jamoa va yakka holda ish olib borishni nazarda tutish kerak 
6) Mehnat ta’limi bо‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda о‘tkaziladigan ta’lim 
ishlari tarbiyaviy tavsifga ega bо‘lishi, ya’ni maktab о‘quvchilarida qayta kо‘rish 
ma’naviy sifatlarni tarkib topishiga yordam berishi lozim. 
Mehnat sohasidagi amaliy mashg‘ulotlar turlarining xilma-xilligiga 
qaramasdan, ulardagi umumiy didaktik elementlarni ham ta’kidlab о‘tish kerakki, 
bular - о‘quvchilarni navbatdagi о‘quv materialini о‘zlashtirish uchun jalb qilishga 
qaratilgan 
mashg‘ulotlarni uyushtirish; о‘quvchilar ilgarigi mashg‘ulot 
о‘zlashtirgan bilimlar, mehnat kо‘nikmalari va malakalarining darajasini tekshirish 
yangi materialni tushuntirish va mehnat operatsiyalarini hamda amaliy ishlarni 
bajarish vaqtida va mehnatida usullarini kо‘rsatib berish; о‘quvchilarning yangi 
mavzuga oid operatsiyalari va ishlarni bajarish vaqtida ularning bilimi, mehnat 
usullari darajasini aniqlash; mehnat usullarini mashqlari bilan mustahkamlash va 
ularni dastlabki mehnat kо‘nikmalari darajasiga yetkazish. Bunda mehnat 


145 
о‘qituvchisining puxta nazorot qilishga erishish; amaliy topshiriqning mustaqil 
bajarilishi va о‘tgan mashg‘ulotning natijalariga yakun yasashdan iborat. 
Yuqorida sanab о‘tilgan elementlar amaliy mashg‘ulotning tarkibini tashkil 
etadi. Shunday qilib, amaliy mashg‘ulot tarkibi deganda didaktik elementlarning 
qat’iy izchilligi va о‘zaro bog‘lanishidagi nisbatni tushinish kerak, ular esa 
mashg‘ulot maqsadlari va о‘quv materiallarining mazmuni taqozo qiladi. 
Mehnat darslari boshqa о‘quv fanlariga nisbatan qator xususiyatlarga ega. Bu 
xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
1. Darsda markaziy о‘rinni о‘quvchilarning amaliy ishlari egallaydi (taxminan 
80 %). Shu munosabat bilan ustaxonalardagi mashg‘ulotlarni qо‘shaloq darslar 
sifatida о‘tish ma’qullangan. 45 minutlik darsning noqulayligi shuki, unda 
о‘quvchilarning bevosita amaliy ishlariga juda kam vaqt qoladi. Uning kо‘p qismi 
ish о‘rnini tayyorlash va yig‘ishtirishga, о‘qituvchining yо‘riqnomasiga ketadi. 90 
minut davomida о‘quvchilar ma’lum mehnat topshirig‘ini bajarishga ulguradilar, 
bu esa ularga ma’naviy kо‘nikish bag‘ishlaydi va о‘qituvchiga ish natijalarini 
baholash imkonini beradi.
2.
О‘quvchilarning amaliy ishlari unumli mehnat bazasida tashkil qilinadi. 
3.
Ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda о‘quvchilar har xil qirquvchi asboblar 
yordamida ishlaydilar, materiallarga stanokda ishlov berishni bajaradilar. Shu 
sababli dars uni о‘tkazishning xavfsizligini ta’minlovchi maxsus tayyorgarlikni 
talab qiladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin