2.Zamonaviy pedagogik texnologiya turlarini ta’lim jarayonida
qо‘llanishi.
“Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qо‘yiladigan muhim talablardan
biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni
о‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan kо‘nikma va
malakalarni hosil qilish, shuningdek, о‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular
tomonidan egallangan bilim, kо‘nikma hamda malakalar darajasini baholash
о‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha
yondashuvni talab etadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda о‘quvchilarning о‘quv
va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining smaradorligini
kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qо‘llash borasida katta tajriba tо‘plangan
166
bо‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi
bilan yuritilmoqda.
Bugungi kunda о‘qituvchilar darslarni, darsdan tashqari tarbiyaviy
tadbirlarni tashkil etishda о‘quvchini faollikka undash, unda mustaqillik, ijodiy
izlanish kо‘nikmalarini hosil qilishda samarali sanalgan interfaol metodlardan
foydalanishga e’tiborni qaratishlari lozim. Ayni о‘rinda о‘qituvchilarning interfaol
metodlar haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida bu turdagi bir turkum metodlar
tо‘g‘risida sо‘z yuritish maqsadga muvofiq deb topildi. Quyida ularning turlari va
mohiyati tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tiladi.
Aqliy hujum texnologiyasi.
Aqliy hujum texnologiyasi biror muammoni
yechishda о‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni tо‘plab,
ular orqali ma’lum bir yechimga keladigan samarali usullardan biridir. Aqliy
hujum uslubini qо‘llashda о‘qituvchi о‘quvchilarini tо‘playdi, ular oldiga biror
muammoli vaziyatni yechish bо‘yicha о‘z fikr va mulohazalarini bildirishlarini
sо‘raydi. Mazkur bosqichda о‘quvchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilarning
g‘oyasi, fikrini muhokama qilish yoki baholashi mumkin emas. Bildirilgan har
qanday g‘oya va fikrlar hisobga olinadi, qancha kо‘p fikr va g‘oyalar bildirilsa
shuncha yaxshi. Bildirilgan g‘oya va fikrlarni tо‘ldirish, kengaytirish, qayta
о‘zgartirish mumkin. G‘oyalar yozilgan varaqlar devorga osib qо‘yiladi. Berilgan
g‘oyalar asosida muammoni hal etishga yordam beradigan yechimni tiklash uchun
muhokama о‘tkaziladi. Bu haqiqatan ham о‘quvchilarning ta’lim jarayonida faol
ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon etish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in
ishga yо‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga
rag‘batlantiruvchi samarali metoddir.
О‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa о‘quv faolligi
5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi. Aqliy hujum turli
tarzda qо‘llanilishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun
yangi savol qо‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish va hokazo.
|