Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar
1.Ekskursiya darslarini amalga oshirishning о‘ziga xos xususiyatlari
nimalarda kо‘rinadi?
2. О‘quvchilar korxonalarga о‘tkazilgan eksursiya jarayonida nimalar bilan
tanishadilar?
3. Ekskursiyalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qanday о‘rin tutadi?
4. Ekskursiyalarni qanday bosqichlarda tashkil etiladi?
5. Ekskursiyalarni о‘tkazish metodikasini izohlab bering.
6. О‘qituvchi ekskursiya uchun obyektni qanday tanlaydi?
7. Ekskursiyalar qanday yakunlanadi?
4.6. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarida yangi pedagogik
texnologiyalarni qо‘llash
Reja:
1. Pedagogik texnologiyaning mazmun mohiyati.
2. Zamonaviy pedagogik texnologiya turlarini ta’lim jarayonida qо‘llanishi
Tayanch iboralar:
pedagogik texnologiya, pedagogik yondoshuv, ta’lim
texnologiyasi, keys stadi, baliq skeleti, niluar guli, aqliy hujum, bumerang
texnologiyasi, tarmoqlar metodi, о‘yinli texnologiyalar, blits sо‘rov.
1. Pedagogik texnologiyaning mazmun mohiyati.
Ma’lumki har qanday
kasbda faoliyat samaradorligi va muvafaqqiyatli kasb sohiblarining tayyorgarligi,
mahorati, о‘z omilkorligini takomillashtirish ustida nechog‘lik qunt va izchillik
bilan ishlashga bog‘liq. О‘qituvchilik kasbida esa о‘z bilimdonligi, zukkoligi, kasb
mahoratini takomillashtirish ustida umr bо‘yi muntazam ishlamay turib, el
ardoqlagan, obrо‘-e’tiborli pedagog bо‘lish mumkin emas. Chunki о‘qituvchi
jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qо‘ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy
ijrochisidir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov hozirgi paytda о‘qituvchilar
oldiga davlat va jamiyat qо‘ygan talablarni quyidagicha bayon qilib berdi:
«Tarbiyachi – ustoz bо‘lish uchun boshqalarning aql-idrokini о‘stirish,
ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqikiy fukaro etib etishtirish uchun eng
162
avvalo, tarbiyachining о‘zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi, ana
shunday buyuk fazilatlarga ega bо‘lishi kerak».
О‘qituvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalar asosida yangi shakl va
mazmundagi kasbiy malaka berish ishi shunchalar keng qamrovli, kо‘p qirrali,
katta kо‘lamlarga ega bо‘lgan jarayondir.
Oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining alohida bosqichi sifatida о‘z oldiga
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni maqsad qoyadi, bu о‘quv maskanlari
о‘quvchilari chuqur umumilmiy bilimlarga va faoliyatning tanlab olingan sohasida
zarur kasbiy kо‘nikmalarga ega bо‘ladilar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlash ham ushbu ta’lim bosqichi doirasiga kiradi. Bilish va voqelikni qayta
о‘zlashtirishning qudratli vositalarini olgan holda maxsus fanlar asoslarining
mustahkam bilimlaridan foydalanibgina qolmasdan, ishlab chiqarishni tashkil
etish, ijtimoiy amaliyotni rivojlantirish, tom ma’noda moddiy va ma’naviy
madaniyatni о‘z ijodiy mahsulotlari bilan boyitish imkoniyatiga ega bо‘ladi.
О‘zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy saloxiyati va umuminsoniy
qadriyatlarga hamda xozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va
texnologiyasining sо‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo
etish dolzarb ahamiyatga ega.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni
о‘zlashtirish va amaliyotga joriy qilish zarurligi kо‘p karra takrorlanadi. Pedagogik
texnologiyalarning о‘zi nima va u an’anaviy ta’lim metodlaridan nimasi bilan
farqlanadi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar,
rasmiy
hujjatlarda
«yangi pedagogik texnologiya», «ilg‘or pedagogik
texnologiya», «zamonaviy pedagogik texnologiya» iboralari keng qо‘llanmokda.
«Pedagogik texnologiya – bu butun о‘qitish va bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida
о‘z oldiga ta’lim sifati va samaradorligini oshirish vazifasini qо‘yuvchi texnik
hamda shaxs resurslari va ularning о‘zaro aloqasini hisobga olgan holda, bilimlar
mazmunini ishlab chiqish, qо‘llash va belgilashning tizimli uslubidir». Bu
ta’rifdagi asosiy tushuncha «tizimli uslub» ekanligi ravshan, qolgan barcha sо‘zlar
163
pedagogik texnologiyaning tizimi sifatidagi tarkibiy elementlarini ifodalaydi. Ayni
tizimli yondoshuv pedagogik texnologiyaning о‘qitishga boshqa yondoshuvlardan
farklovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, о‘qitish va
ta’lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni о‘zaro aloqa va bir biri
bilan bog‘liqlikda loyihalashdan iborat. Masalan, axborotni eslab qolishga
yо‘naltirilgan, ta’lim oluvchining bо‘lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish
yoki tashkiliy boshqaruv va qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bо‘ladi.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning ta’riflari (V.Bespalko,
N.N.Azizxodjaeva,
V.Guzeyev,
V.Slastenin,
I.Volkov,
О‘.K.Tolipov,
N.S.Saydaxmedov, M.Klarin, I.Lerner va boshqalar) ham keltiriladi, ammo
ularning birontasi YUNESKO ta’rifi darajasiga kо‘tarila olmagan. Aytib о‘tilgan
olimlar orasida pedagogik texnologiya tо‘g‘risidagi axborotni MDX mamlakatlari,
jumladan, О‘zbekistonda tarqalishida V.Bespalko va M.V.Klarinlarning ta’siri
kuchlirok, M.V.Klarin pedagogikadagi texnologik yondoshuvning tarkibiy tuzilishi
va mazmuni tо‘g‘risidagi birmuncha tо‘laroq ma’lumotlar berilgan.
Pedagogik faoliyatda ba’zida «pedagogik texnologiya» tushunchasi bilan
foydali bо‘lsada, avval о‘zlashtirilgan va texnologik qurilmagan о‘qitish uslublari
deb ataladi. Aslini olganda, pedagogik texnologiya – bu о‘qitishga о‘ziga xos
bо‘lgan yangicha (innovatsiya) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy
muxandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika
sohasiga kо‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi
hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya uslublari (о‘zining boshlang‘ich ma’nosida) dastlab
о‘qitishning harakatini namunaviy vaziyatidagi (belgilangan qoida bо‘yicha)
о‘zlashtirish talab etiladigan maxsuldor (reproduktiv) darajasi uchun ishlab
chiqilgandi. Reproduktiv ta’lim har kanday ta’limning zarur tarkibiy qismi
hisoblanadi, u insoniyat jamg‘argan tajribani aniq о‘quv fani doirasida о‘zlashtirish
bilan bog‘liq. Ta’lim oluvchilarda bilim va kо‘nikmalarning ma’lum poydevori
hosil qilinganidan keyingina, ta’limning natijali produktiv va ijodiy yondoshish
uslublariga о‘tish mumkin..
164
Pedagogik texnologiyaning о‘ziga xos-xususiyati shundan iboratki unda
о‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan о‘quv jarayoni loyihalashtiriladi va
amalga oshiriladi. Texnologik yondoshuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki
loyixalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy kо‘rsatmali
tuzilmada о‘z ifodasini topadi.
Maqsadga yо‘naltirilganlik, oraliq natijalarni tashhisli tekshirib borish,
ta’limni alohida о‘qitish lavhalarga ajratish kabi usullar hozirgi kunga kelib qayta-
qayta takrorlash mumkin bо‘lgan ta’lim texnologiyasi g‘oyasida mujassamlangan.
U asosan о‘z ichiga quyidagi omillarni oladi (bunda qisqacha mazmuni
berilgan):
-
ta’limda umumiy maqsadning qо‘yilishi;
-
tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga о‘tish;
-
о‘quvchilarning bilim darajalarini dastlabki (tashhisli) baholash;
-
bajariladigan о‘quv tadbirlarni majmuasi bu bosqichda о‘quvchilar bilan
muloqot asosida ta’limga joriy tuzatishlar kiritilishi lozim);
-
natijani baholash.
О‘quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning
rejalashtirish bosqichida, yetakchi uslubchi – о‘qituvchilar guruhi pedagogik
texnologiyaning qonun-qoida va tamoyillari asosida uslubiy ashyolarni ishlab
chiqish paytlarida yuqoriroq malaka talab etiladi. Loyiha tayyor bо‘lgach,
о‘qituvchi asosan tashkiliy va maslahatchi (ijodiy qо‘shimchalar kiritish imkonini
saqlagan holda) vazifalarni bajaradi.
Pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yо‘li aniq belgilangan
maqsadlarga qaratilganlik, о‘quvchi bilan muntazam о‘zaro aloqani о‘rnatish,
pedagogik texnologiyaning falsafiy asosiy hisoblangan о‘quvchining hatti-harakati
orqali о‘qitishdir. О‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, о‘quv
jarayonini tо‘liq qamrab olishi kerak.
О‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
ta’limning yangi modeli, ya’ni yangi pedagogik texnologiya asosida dars mezonini
boyitib
borish
zarurligi
haqida
uqtirib
о‘tilgan. О‘quv jarayonini
165
texnologiyalashtirish, dars mazmunini yangi axborot texnologiyalari bilan boyitish,
hozirgi zamon talabidir.
Pedagogik texnologiya bu - о‘qituvchining faoliyatini yangilovchi о‘quv
jarayonini belgilangan maqsad va mazmun asosida loyihalangan, shuningdek,
о‘quvchi shaxsini shakllantiruvchi, ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan
omillar yig‘indisidan iboratdir.
Endi metodikaga kelsak - о‘quv jarayonini tо‘g‘ri tashkil etish (nazorat
qilishning og‘zaki, yozma, savol-javob, aralash, test va hokazo) va о‘tkazish
borasidagi tavsiyalar yig‘indisidir.
Yangi pedagogik texnologiya deganda о‘qitish maqsadlarini yо‘lga qо‘yish,
о‘quv jarayonini tuzish va uni samaradorligini о‘zida qamrab olgan, о‘quv
jarayonining tо‘liq boshqaruvchanlik g‘oyasidan iborat bо‘lgan mazmun
tushuniladi.
Shunday qilib, ilgaridan loyhalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonining
pedagogik texnologiyasi о‘zidan metodlar tizimini, ta’limning usullarini,
о‘qituvchi va о‘quvchilarning faoliyat kо‘rsatish imkoniyatlari va vositalari,
о‘quvchilarning ijobiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish maqsadini, yakuniy
natijalarga erishish mohiyatini mujassamlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |