Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Adabiyotlar rо‘yxati 
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. 
“Sharq” Toshkent., 1998 y. 64 b. 
2. Azizxо‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat TDPU. 
Toshkent., 2003y. 176 b. 
3. Davlatov K., Vorobyov A., Karimov I. Mehnat va kasb ta’limi nazariyasi 
hamda metodikasi. “О‘qituvchi” Toshkent., 1992 y.320 b.
4. Olimov Q.T. va boshqalar Kasb ta’limi uslubiyoti “Iqtisod moliya” 
Toshkent., 2006 y. 192 b. 
5. Ochilov M. Muallim – qalb me’mori “О‘qituvchi” Toshkent., 2001 y.432 
b.
6. SH.S.Sharipov, A.I.Vorobyov, N.A.Muslimov, M.Ismoilova Kasbiy 
ta’lim pedagogikasi Toshkent., 2005 y. 58 b. 
7. Yо‘ldoshev G‘.J., S.A. Usmonov Pedagogik texnologiya asoslari. – 
Toshkent., О‘qituvchi. 2004. – 104b. 


175 
V BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB 
TANLASHGA YО‘LLASH FANIDA REJALASHTIRISH 
5.1.
 
Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llashni rejalashtirish 
Reja: 
1.
 
Rejalashtirishning maqsad va vazifalari. 
2.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash jarayonini rejalashtiruvchi 
hujjatlar. 
3.
Taqvimiy mavzuli rejani tuzish. 
4.
О‘quv ustaxonalarida bajariladigan ishlar rо‘yxatini ishlab chiqish 
5.
Fanlarning о‘zaro bog‘lanish rejasi 
6.
Dars rejasi va uning bayon qilinishi 
Tayanch iboralar: 
Rejalashtirish, о‘quv reja, о‘quv dasturi, taqvimiy 
mavzuli reja, fanlararo bog‘lanish, dars rejasi, dars bayoni. 
1.
 
Rejalashtirishning maqsad va vazifalari.
Mehnat ta’limi va kasbga 
yо‘llashni rejalashtirishdan maqsad о‘quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat 
bо‘lib, u ta’limning tamoyillariga va DTS talablariga tо‘la­tо‘kis javob beradigan 
bо‘lishi kerak. Mehnat ta’limi boshqa umumiy ta’lim fanlaridan farq qilib, ta’limni 
tashkil etishda о‘ziga xos xususiyatga egadir. О‘quv jarayonini tо‘g‘ri 
rejalashtirish orqali о‘qituvchi va о‘quvchilarning о‘quv ustaxonalaridagi 
mashg‘ulotlarida mehnat ta’limining vazifalari va maqsadlariga, uning 
tamoyillariga va о‘quvchilar bilan ishlashga qо‘yiladigan boshqa talablarga 
muvofiq hamma ishlarini oldindan kо‘rish mumkin.
О‘quv 
jarayonini 
rejalashtirish 
о‘qituvchining 
mashg‘ulotlariga 
tayyorlanishida asosiy о‘rin tutadi. О‘qituvchining mashg‘ulotlariga tayyorlanishi 
ikki bosqichni о‘z ichiga oladi Bu jarayon о‘quv reja, kasb ta’limiga oid taqvimiy 
mavzuli reja va dasturini о‘rganishdan boshlanadi. Mehnat ta’limi о‘qituvchisi bu 
hujjatlar bilan tanishar ekan, tegishli sinf о‘quvchilarida umumiy mehnat bilimlari 
va amaliy kо‘nikmalarini qaysi kasb turlari bо‘yicha va qanday hajmda 
shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi. Buning uchun qanday asbob-
uskunalar, moslamalar va ish qurollari kerakligi, о‘quvchilar mehnat ta’limi dasturi 


176 
talablarini tо‘liq bajarish uchun darslarida qanday buyumlarni tayyorlashlari 
kerakligini va shunga binoan ularni tayyorlash uchun qanday materiallar talab 
qilinishini bilib oladi. 
О‘quv jarayonini rejalashtirishda о‘qituvchi quyidagi asosiy didaktik 
vazifalarni hal qiladi: о‘quv jarayonini moddiy jihatdan о‘z vaqtida ta’minlash 
imkoni yaratiladi, xususan, ustaxonalarni turli materiallar va asboblar bilan 
ta’minlash muddatlari oldindan ma’lum bо‘ladi; mehnat mashg‘ulotlarining 
mazmuni bilan boshqa о‘quv fanlarining mazmuni orasidagi bog‘lanish yoritiladi; 
turli ustaxonalarning о‘zaro muvofiq ish olib borishiga erishiladi, ustaxonalardagi 
mashg‘ulotlar jarayonida о‘quvchilarning ishlarini vaqt bо‘yicha moslashtirish 
juda muhim bо‘lib, moddiy ta’minot bazasidan samarali foydalanish; chorak, 
yarim yillik va yillik yakunlarini chiqarishda о‘qituvchi uchun о‘quv rejasining 
bajarilishini nazorat qilishni osonlashtiradi.
Mehnat ta’limini va kasbga yо‘llashni rejalashtirish har bir о‘quvchining 
ta’lim rejasi va dasturini bajarishini; mehnat bо‘yicha о‘quv materiali mazmuniga 
tо‘liq javob beradigan ta’lim­ishlab chiqarish obyektlarini tо‘g‘ri tanlashni, mehnat 
ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash fanlariga oid mashg‘ulotlarni, mehnatni ilmiy 
asosda tashkil etish talablariga muvofiq ravishda samarali yо‘lga qо‘yishni 
ta’minlashi kerak.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin