Asbob-uskunalarni ishga sozlash, xom-ashyo, namuna, kо‘rgazmali
qurollar va texnik vositalarni tayyorlash.
О‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarni
yaxshi tashkil etish, ularni о‘tkazishning tо‘g‘ri metodikasini qо‘llash, о‘quvchilar
tomonidan tehnikaviy bilimlar, mehnat malakalari va kо‘nikmalari muvaffaqiyatli
о‘zlashtirilishi uchun о‘quv ustaxonalarning jihozlanishi texnikaning hozirgi
darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq kelishi va ularda mehnat ta’limi
dasturining barcha mavzularini о‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bо‘lishi
lozim.
Mehnat ta’limining asosiy darslari nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat.
О‘quvchilar mehnat ta’limining nazariy asoslarini о‘zlashtirishlari uchun taxminan
20 % о‘quv vaqtini sarflashga rejalanadi. Uyda va mehnat kutubxonasida mustaqil
ravishda har bir mavzuning nazariy asoslarini о‘zlashtirishlari lozim. Bu holatni
ilmiy jihatdan aniqlashda mehnat ta’limi о‘qituvchisi uchun maktab kutubxonasi
va tegishli zamonaviy texnik-texnologik, umumiy ta’lim fanlarga, fan-texnikaga
oid jurnallar va boshqa manbalar rо‘yxati, internet va qо‘lda tayyorlangan
modellar, moslamalar, didaktik materiallar, axborotnomalar, о‘quvchilarga
mо‘ljallangan kichik tо‘plamlar qо‘shimcha manba bо‘lib xizmat qiladi.
194
О‘qituvchi ustaxonalarda mavjud bо‘lgan stanoklar, asbob-uskunalarni
dastgohlarni, moslamalarni ta’mirlab, amaliy va laboratoriya darslariga tayyorlab
qо‘yish, amaliy ish obyektlar uchun xom ashyolar tо‘plash, eskizlar, chizmalar,
texnologik xaritalar ishlab chiqish lozim.
О‘quvchilar tayyorlagan buyumlarni, ishlarni yakunlagan holatini nazorat
etishga qaratilgan savollar, testlar, namunalarni ishlab chiqish darsga
tayyorgarlikni tashkil etadi.
Sо‘ngi yillarda mehnat ta’limi jihozlari rо‘yxati ta’limining yangi vositalari
hisobga sezilarli kengaydi va hozirgi kunda 400 nomdan iborat. Bular 220 har xil
turli asboblar, moslamalar, stanoklar, 16 xil priborlar, 30 xildan ortiq modellar va
ularning qisimlari, 14 xil tо‘plamdagi jadvallar va plpkatlar, 120 dan ortiq ekran
vositalar va qо‘llanmalaridan iborat. Buning hammasi mehnat ta’limining
politexnik yо‘nalishini kuchaytirish, о‘quvchilarga texnika,texnalogiya, iqtisodiyot
va hozirgi zamon ishlab chiqarishni tashkil asoslarini chuqurroq va tо‘liqroq ochib
berish, ulardan har turli materiallarga mexanik ishlov berishning dastlabki
kо‘nikmalarini ertaroq shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan.
Pedagogik nuqtainazardan о‘quv-moddiy ta’minot о‘quv-tarbiya jarayoni
samaradorligini va sifatini oshirishga, ta’limning politexnik va kasbga
yо‘naltiruvchi jihatlarni tо‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga zamin yaratishi
kerak. О‘quvchilarga ta’lim vositalari orqali beriladigan axborot ilmiy jihatdan
tо‘g‘ri bо‘lishi, о‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirishga imkon berishi
lozim.
Iqtisodiy jihatdan о‘quv-moddiy baza maqsadlarni mehnat о‘quv-tarbiya
jarayoni sifatiga zarar yetmaydigan holda amalga oshirish imkonini beradigan
о‘quv jihozlaridan tо‘liq foydalanishga qaratilgan bо‘lishi zarur.
О‘quv-kо‘rgazmalar va о‘quv jihozlari tarkibida, odatda kamyob va
qimmatbaho materiallar bо‘lmasligi, ularni tayyorlash asossiz ravishda ortiqcha
harajatlar talab qilmasligi va ommaviy ravishda maktablar sotib olish imkoniga ega
bо‘lishi kerak. Iqtisod nuqtainazaridan о‘quv jihozlari ustida о‘qituvchilar va
о‘quv ustalari ishlashlari lozim.
195
Umumiy ta’lim maktablari sharoitida о‘quvchilarning mehnat va kasb-
hunarga yо‘naltirish sifatini yaxshilash xamda takomillashtirish uchun о‘quv
ustahonalari va laboratoriyalarida har bir kiritilgan kasb va ixtisosliklarning asbob-
uskunalarini, moslamalarini ishga sozlash, ta’mirlash hamda qayta tayyorlashni
tashkil etish va ularning metodikasini hal qilish axamiyatga ega. Chunki
о‘quvchilar xuddi ana shular orqali texnik-texnalogik operatsiyalarni bajarish
asosiy faoliyatlariga yо‘naltirilgan. Shuningdek, mehnat ta’limining har bir
yо‘nalishi bо‘yicha asbob-uskunalarni ishga sozlash uchun о‘quvchilar eng avvalo
qо‘llaydigan asbob-uskunalarni tuzilishini mukammal о‘rganishlari zarur.
Asbob-uskunalarni ishlatish va ularni qо‘llashga sozlashni asbob-uskunalar va
moslamalar yuzasidan bajariladi:
1)
Turlari, tuzilishlari, xususiyatlarini о‘rganib mavjud kamchiliklarni
bartaraf etib ishga sozlash;
2)
Qо‘llanishlari, qо‘llanish usullari va texnologiyasini о‘rganib, mavjud
kamchiliklarni bartaraf etib ish obyektlarga sozlash;
3)
Tayyorlash texnologiyasi standartlar, sifat belgilarni о‘rganib mavjud
kamchiliklarni bartaraf etib, stanok mashinaga qо‘llash;
4)
Tayyorlashda qо‘llaniladigan usullar, operatsiyalar, asbob-uskunalar,
moslamalar,
stanoklarni
о‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etib
moslashtirish; Ishchilar mutaxassislarni qayta tayyorlash, malaka oshirish;
5)
Tayyorlashda
ishlatiladigan,
materiallar,
texnologiyasi,
sifatlarini
yaxshilash.
Mehnat ta’limi nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarida о‘quvchilarni
qо‘llaniladigan xom-ashyolar va namunalar bilan tanishtirish hamda
foydalaniladigan metodikasini yoritish о‘ziga xos о‘rin egallagan. Mehnat ta’limi
yо‘nalishlari bо‘yicha joriy etilayotgan tashkiliy, metodika va boshqa masalalar
qatorida moddiytexnik baza, ayniqsa xom-ashyo va namunalar bilan ta’minlash
eng murakkab va dolzarb muammodir. О‘quvchilar buni inobatga olishlari bilan
birga mavjud imkoniyatlardan xabardor bо‘lishi maqsadga muvofiqdir.
196
Yog‘och ishlov berishda amaliy tashkilot hamda yog‘ochsozlik
korxonalaridan asosiy mahsuloti (eshik, rom, imoratsozlik detallari va boshqa
buyurtmalardan ortib qolgan bо‘laklar, qirindilar, bahor va kuz davrlarda
daraxtlarni kaltalash holatida paydo bо‘lgan sarjinchalar va kо‘zsiz dumaloq
bо‘laklar - yog‘ochsozlik mehnati uchun xom-ashyo tarzda qо‘llanishi eng
ommaviy tajriba hisoblanadi, ulardan mehnat ta’limi jarayonida turli buyumlar
(bolg‘a va iskanalar uchun dastalar, sabzavot tо‘g‘raydigan taxtalar, yog‘och
g‘о‘lasining arralangan namunalari, yelimlangan yog‘och vaza va hokazo)
tayyorlanib ijtimoiy foydali mehnat mahsulotlarga aylanadi.
Mehnat ta’limida о‘quvchilarni xom-ashyolar bilan tanishtirish, shuningdek,
ularni nazariy hamda tarixiy ma’lumotlar bilan ham tanishtirish, fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan namunalar (detallar, mexanizmlar,
stanoklar,
texnik-texnologik
jarayonlar
xaritalari,
qog‘oz-kartonlardan
tayyorlangan maketlar) keng qо‘lanilmoqda.
Metallarga ishlov berishda otaliq tashkilot hamda metalsozlik korxonalarida
asosiy ishlab chiqarishda tayyorlanadigan mahsulotlar jarayonida ortib qolgan
chiqindilar: tunuka, quyma va boshqa qoldiqlar, metallsozlik ishlarida paydo
bо‘lgan parchinlar, brak holiga kelgan turli shakldagi detallar, berish mehnat
ta’limida metalga ishlov uchun xom ashyo sifatida qо‘llaniladi. Shu bilan birga
metallarni qirqish jarayonida shu tariqa yig‘ilgan metal chiqindilari ham xom-
ashyo bо‘la oladi. Ulardan mehnat ta’limi darslarida metaldan tayyorlagan
о‘yinchoqlarning buzilgan qismlari, simlar ham mehnat ta’limi darslarida asboblar,
maketlar, modellar yasash mumkin. Ular turli shakldagi detallarni shtangensirkul
bilan о‘lchash, nazorat ishlarni bajarish uchun mehnat obyekti vazifasini bajaradi.
Metallardan tanlab olingan shvellersimon detallar parmalash operatsiyalarini
bajarishga
tayyorlanadi.
Shundan
о‘quvchilar tushunadilarki, tashlandiq
detallardan (qaysi shaklda bо‘lmasin) ham о‘quv ishlarini bajarishda foydalanish
mumkin. Bu birinchidan, о‘quvchilarni izlanish, ijod qilishga undaydi, chunki
ma’lum bо‘lmoqdaki, detallar qaysi holatda bо‘lmasin, ulardan har xil texnologik
197
operatsiyalarni bajarishda foydalanish uchun imkoniyat topiladi, ikkinchidan,
о‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishga yordam beradi.
Mehnat ta’limida xom-ashyo va namunalar qaysi holatda, shaklda va qanday
materialdan bо‘lmasin, ular о‘quvchilar uchun u yoki bu texnologik operatsiyalarni
о‘zlashtirishlarida о‘quv obyekti bо‘la oladi. Turli о‘lcham va shakldagi tunuka
bо‘laklari kavsharlash operatsiyalarning turli xillarni о‘zlashtirishga olib keladi.
Mazkur tunuka barchalari xom ashyo sifatida qо‘llaniladi. Xom-ashyo
materiallardan о‘quvchilar chilangarlik ustaxonasida knopkalar ishlab chiqaradigan
asbob tayyorlashlari maqsadga muvofiq bо‘adi. Bunday moslamani 8-10 mm li
simdan tayyorlash mumkin.
Shunday qilib xom-ashyo turlari va namunalar о‘quvchilar uchun texnika-
texnologiya, materialshunoslik, qirqish nazariyasi, ustaxonada о‘zlashtirilgan
chilangarlik, tokarlik, frezerlash, parmalash va boshqa о‘quv mashg‘ulotlari
bо‘yicha shakllangan bilim, kо‘nikmalarni malaka darajaga kо‘tarish uchun zamin
yaratiladi.
Shu tarzda gazlamaga ishlov berish texnologiya, pazandachilik, qishloq
xо‘jalik hamda milliy hunarmandchilik yо‘nalishlarida ham mavjud xom-ashyo va
namunalardan foydalanish holatlarini yaratilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |