185
(geometriya), aralashmalar, emulsiyalar va mineral yog‘larning (kimyo) va
hokazolarning xossalarini qanday о‘zlashtirib olganliklarini aniqlaydi va ana shu
fanlardan olingan bilimlar asosida ularga ishlov berilayotgan metallarning
tuzilishini va qirqish jarayonini, qirqish asboblarining charxlash burchaklarini va
ishlanayotganda detalni sovutish uchun ishlatiladigan suyuqlikning tarkibi va
xossalarini, detallarning dastgohdagi ishqalanuvchi yuzalarini va ularga mashina
moyi surish yо‘li bilan ishqalanishni kamaytirish usullarini tushuntirib beradi.
Biroq fanlararo aloqa bir tomonlama jarayon emas. Umumiy ta’lim fanlaridan dars
beruvchi
о‘qituvchilar о‘quvchilarning mehnat bо‘yicha olgan amaliy
tajribalaridan о‘rganilayotgan tabiat qonunlarini chuqurroq tushunishlari uchun
foydalanishlari lozim.
Fanlarning о‘zaro bog‘lanish rejasini ishlab chiqishda umumiy ta’lim
fanlaridan mehnat ta’limi, fizika, matematika, kimyo, biologiya, chizmachilik va
hokazo fanlardan dars beradigan о‘qituvchilar ishtirok etadi. Ularning har biri о‘z
fanining mazmunini sinchiklab tahlil qilish asosida о‘quv materialining boshqa
fanlar bilan bog‘lanishiga oid aniq misollar taklif etadi, bu takliflar muhokama
qilinib, aniqlanib va zarur bо‘lsa tо‘ldirilib fanlarning о‘zaro bog‘lanish rejasi
jadvaliga kiritiladi, unda har bir fanga oid u yoki bu mavzuni о‘rganish muddatlari
kо‘rsatiladi.
Fanlarning о‘zaro bog‘lanish rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirish
о‘quvchilarning mehnat bо‘yisa tayyorgarligining yuqori sifatli bо‘lishinigina
emas, shu bilan birga ularning umumiy bilim doirasining ham keng bо‘lishini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: