Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2.
 
Ustaxonada о‘qituvchining ish о‘rnini tashkil etish. 
Mehnat 
о‘qituvchisining ish joyi ish stoli, kо‘rgazma qurollarini saqlash uchun javonlar, 
namoyish qurilmalari, sinf taxtasi, texnika vositalari bilan jihozlangan о‘quv-
metodik qо‘llanma, adabiyotlar, о‘quv kо‘rgazma qurollari, asbob va moslamalar 
bilan jihozlanadi.
 
О‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalar (dastgohlar, stanoklar, mashinalar, 
stollar va boshqa buyumlar) shunday tartibda va о‘qituvchining ish joyidan 
shunday uzoqlikda joylashishi kerakki, о‘quvchilarning ish vaqti о‘z gavdalarini 
tо‘g‘ri tutishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi, о‘quvchilarning gaplari va 
о‘quvchilarning javoblari yaxshi eshitilishi kerak. Ustaxonadagi dastgohlarni 
miqdori ozroq bо‘lishi, lekin shu bilan birga о‘quvchilarning mehnat ta’limi 
dasturlarida u yoki bu mavzuga ajratilgan vaqt hajmida oraliq grafik asosida 
tо‘xtovsiz ishlashini ta’minlashi zarur. 
Barcha ehtiyot asboblar va moslama asboblar turadigan xonalarda shunday 
tartibda saqlanishi kerakki, ulardan har birini topish uchun о‘qituvchi juda oz vaqt 
sarflasin. Masalan, parma, о‘lchov asboblari, plankalar tegishli о‘lchovlvr yozib 
qо‘yilgan qutichada joylashgan bо‘lishi, ancha og‘irroq moslamalar pastki 
javonlarda, birmuncha yengillari yuqoriroqda turishi kerak. Omborxonada barcha 
materiallar va ishga yaroqli chiqindilar markalari, sortlari, о‘lchovlari va turlariga 
qarab ajratilishi va shunday joylashishi kerakki, ular oldiga boriladigan yо‘l qulay 
xamda tо‘siqsiz bо‘lsin. 
Kо‘rgazma qurollari (plakatlar, sxemalar, jadvallar, maketlar, mavzuiy 
kо‘rsatmali shitlar, buyumlarning namunalari) saqlash uchun yozilgan va tartib 
nomeri qо‘yilgan tegishli yashiklar va tortmalar bо‘lishi lozim, bu xolda 
о‘quvchilarga istagan vaqtda oz vaqt sarflab kerak qо‘llanmani topa olishiga 
imkon beradi. 


207 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining ish joyida mehnat usullarini kо‘rsatmali 
qurollarini, shuningdek, о‘quv filmlarini namoyish qilish uchun barcha sharoitlar 
yaratilishi kerak.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin