209
gigiyena va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondirishi kerak.
2.
О‘quv ustaxonalarining jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak
kasb madaniyatiga muvofiq kelishi hamda ularga mehnat ta’limi
dasturining
barcha mavzularini о‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bо‘lishi lozim.
3.
О‘qituvchining о‘quvchilar bilan olib boriladigan о‘quv ishlab chiqarish
ishlari uchun ham shart-sharoitlar yaratilgan bо‘lishi kerak.
4.
Har bir о‘quvchi uchun mustaqil ish joyi ajratilgan bо‘lib, u tegishli asbob-
uskunalar, moslamalar bilan jihozlangan bо‘lishi zarur.
5.
О‘qituvchi uchun namunaviy ish joyi ajratilgan bо‘lib, u tegishli asbob-
uskunalar, moslamalar bilan jihozlanishi va pol ustidan 250-300
mm balandlikda
bо‘lishi kerak.
6.
Ustaxonalarda о‘quvchilarning qulay va xavf-xatarsiz mehnat qilishi uchun
eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
7.
О‘quv ustaxonalari hajmdor yassi kо‘rsatma qо‘llanmalar bilan,
shuningdek, ta’limning texnikaviy vositalari bilan jihozlangan bо‘lishi zarur.
8.
Yordamchi xizmatxonalari (asboblar saqlanadigan xona va omborxonalar)
о‘quv ustaxonalariga yaqinroq joylashgan bо‘lishi kerak.
9.
Ustaxonalarda о‘quvchilarning diqqatini ishdan chalg‘ituvchi va mehnat
jarayonini buzuvchi shovqinga va tashqi ovozlarga yо‘l qо‘ymasligi kerak.
О‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga kо‘ra, 70-90 m
2
ni
tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bо‘ladi. Ular ta’lim
muassasasida ortiqcha shovqin bо‘lmasligi uchun maktabning asosiy binosidan bir
oz nariroqda quriladi.
О‘quv
ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar,
shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun
zarur yordamchi xonalarga
ega bо‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va
sun’iy shamollatiladigan bо‘lishi meyorda tabiiy va sun’iy yoritilgan ish о‘rni
bо‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-16
0
S, yoz davrida esa 20
0
S dan oshmasligi
kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik
lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
210
О‘quv ustaxona devorlari silliq bо‘lib, yorqin bо‘yoqlar
bilan shifti oq
bо‘yoqlar bilan bо‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi.
Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak.
Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bо‘yoqlar jihozlarning turli qismlari,
ishlanuvchi obyektlar bilan ustaxonaning umumiy foni о‘rtasida yaqqol farq
bо‘lishini ta’minlaydi.
Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga
shovqin yutuvchi va
tebranishni yо‘qotuvchi jihozlardan, eng tо‘g‘ri mehnat usullaridan foydalanish
yо‘li bilan erishilishi mumkin.
О‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga
qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya
qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan tо‘ldirilib yubormasligi kerak.
Tikuv mashinalar va ularning orasidagi о‘tish yо‘llari
belgilangan meyorlar
darajasida bо‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan
ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bо‘lishi kerak.
Ustaxonada qо‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar
saqlanishi uchun
sanitariya-gigiyenik talablariga rioya qilgan holda shart-sharot yaratilgan bо‘lishi
kerak.
Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bо‘lishi,
asbob-uskunalarning tо‘g‘ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali
tartib – bularning hammasi о‘quvchilarni intizomlilik
va davlat mulkini ehtiyot
qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir.
О‘quv ustaxonalari sathini guruhdagi о‘quvchilar sonidan va bitta ishlovchi
о‘quvchiga ixtisosiga muvofiq maydon meyoridan (о‘quvchi uchun 4-5 m
2
,
shuningdek о‘qituvchining 5,5-7 m
2
ga teng ish о‘rnidan kelib chiqib aniqlanadi
Dostları ilə paylaş: