Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar
1.
О‘quv ustaxonasida
mehnatni ilmiy tashkil etish deganda nimalarni
tushunasiz?
2.
Xizmat kо‘rsatish mehnati xonasi qanday jihozlanishi kerak?
211
3.
Tо‘g‘ri burchakli shakldagi ustaxonalar qanday jiddiy kamchiliklarga ega?
4.
Besh burchakli ustaxona binosi qanday afzalliklarga ega?
5.
Ustaxonada о‘qituvchining ish о‘rni qanday tashkil etiladi?
6.
Ustaxonada о‘quvchining ish о‘rni qanday tashkil etiladi?
7.
О‘quv ustaxonalari qanday sanitariya-gigiena qoidalariga mos bо‘lishi
kerak?
8.
О‘quv ustaxonalari qanday texnika xavfsizligi talablariga javob berishi
kerak?
6.3. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarida amaliy
mashg‘ulotlarni tashkil etish
Reja:
1.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarida amaliy mashg‘ulotlarni
tashkil etishda о‘qitish shaklini tanlash
2. Amaliy mashg‘ulotlarga qо‘yiladigan umumiy talablar
3. Amaliylaboratoriya tadqiqoti
Tayanch iboralar:
amaliy mashg‘ulot, о‘qitish shakllari; kombinatsiyali
dars; о‘quv sexlari, mehnat ta’limining tashkiliy shakllari, operatsiyalarni
о‘zlashtirish darsi, kompleks ishlarni bajarish darsi, nazorat-tekshirish sinov darsi,
individual о‘qitish, instruktaj, aralash dars, instruktor, shtat ish о‘rni, ixtisoslik.
1. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarida amaliy
mashg‘ulotlarni tashkil etishda о‘qitish shaklini tanlash.
О‘qitish shakli
deganda о‘quvchilarining aniq mashg‘ulot (dars) dan kо‘zda tutilgan maqsadga
erishishi uchun mehnat talimi о‘qituvchisi rahbarligida о‘quv materialini ongli va
faol ravishda puxta о‘zlashtirishga qaratilgan о‘quv tarbiya faoliyatini tushunmoq
kerak. Shundan keyin mehnat ta’limida foydalanadigan xilma-xil shakllar
masalasini oydinlashtirish zarur. О‘quvchilarning о‘quv ustaxonasidagi о‘quv
mehnat talimi ishlarining assosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashg‘ulotdir.
О‘quv mehnat ishi sifatidagi darsning asosiy belgisi: о‘quvchilar tarkibining
doimiy va ularning bilim (tayyorgarlik darajasi) taxminan bir saviyada bо‘lishi,
212
mashg‘ulotning qat’iy jadval asosida, о‘quv ishlari uchun belgilangan ma’lum vaqt
davom etishi mehnat ta’limi о‘qituvchining bevosita rahbarligi, uning xilma-xil
о‘qitish metodlaridan foydalanish darsni frontal, zveno va individual shaklda olib
borish imkoniga ega bо‘lishdan iborat deyish mumkin.
Shunday qilib, dars о‘qitish jarayoniga tashkiliy aniqlik kiritadi hamda
mehnat ta’limi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib tashkil etishga,
binobarin, о‘quvchilarning yuqori unumdorligi bilan о‘qishini hamda dam olishini
ta’minlashga imkon beradi. Lekin, mehnat texnika ta’limi tizimida о‘quvchilarga
mehnat qilish yuzasidan qо‘yilgan vazifalarni hal etish uchun faqat ayrim darslarni
yaxshi tashkil etishni о‘zigina kifoya qilmaydi. Tо‘g‘ri va uyg‘un tashkil
etilgandagina darsning mazmuni va tо‘la maqsadga muvofiq ochilishi mumkin.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish ta’limi maqsadlari va vazifalariga muvofiq
ravishda quyidagiga о‘xshash har xil dars turlarini qо‘llash mumkin:
1) Kombinatsiyali (о‘qitish jarayonining hamma zvenolarini о‘z ichiga olgan)
dars:
2) Operatsiyalarni о‘zlashtirishga (ayni operatsiyaga oid ish mehnat
priyomlarini о‘rganishga) bag‘ishlangan dars:
3) Kompleks ishlarni bajarishga (konkret buyum tayyorlash munosabati bilan
ilgari о‘rganilgan operatsiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga)
bag‘ishlangan dars:
4) Nazorat-tekshirish sinov, topishiqlari va malaka olishga bag‘ishlangan dars
(chorak oxirida,yarim yillik, о‘quv davrida).
Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish ta’limi asosan о‘quv ustaxonasida
tashkil etilishini e’tiborga olib shuni ham ta’kidlash kerakki, о‘quvchilar
bajaradigan ishlarning xarakteriga qarab darsni tashkil etish shakli ham tanlanadi
(ishdars, frontal – butun sinf uchun, zveno, individual va aralash tur).
Masalan, о‘quvchilarning hammasi bir xil ishni bajaradigan bо‘lsa (bolg‘a,
tayyorlash, kalit yasash va hokozo). Darsning frontal shaklini qо‘llash mumkin. Bu
xolda о‘qituvchi о‘quvchilarning hammasi uchun bitta umumiy instruktaj beradi va
213
hamma о‘quvchilarga nisbatan qо‘yiladigan umumiy talablar asosida buyumni
tayyorlash texnalogiyasining tо‘g‘ri bajarilishini kuzatib boradi.
О‘quvchilar bajaradigan ishlar mazmuni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga
yaqin, lekin xarakteri, ya’ni konstruksiyasi boshqa-boshqa bо‘lgan hollarda darsni
zvenolarga bо‘lib tashkil etish ma’qul, masalan, tokarlik stanogini yig‘ish
(murakkab mahsulot vositasida о‘rgatib-о‘qitish)da о‘qituvchi ishni uzellarga
ajratadi (uzatishlar qutisi, tezliklar qutisi, keyingi skoba va shunga о‘xshash ) va
har bir uzelni 2-3 kishilik zvenoga topshiradi. Yig‘ish operatsiyalariga oid hamma
umumiy ma’lumotlarni о‘qituvchi frontal instruktaj tarzida о‘quvchilarga aytib
beradi, har bir uzelning о‘ziga xos ma’lumotlarini esa har bir zvenoning о‘ziga
aytadi. О‘qitishning bu shaklidan foydalanganda о‘qituvchining ish hajmi, ayniqsa
joriy instruktajda, frontal formadagidan kо‘ra ancha ortadi. Biroq bundagi xilma-
xil ishlar sonining kо‘p bо‘lishi (stanokning turli uzellari), о‘quvchilarda
professional ilmlarning о‘sishigagina emas, balki politexnik bilimlari doirasining
kengayishiga ham yordam etadi.
Individual (yakka tartibda) о‘qitish shaklini sinfdagi kо‘pchilik о‘quvchilar
konstuksiyasi har xil, mazmunan esa bir-biriga yaqin bо‘lgan ishlarni
bajarganlarida qо‘llash mumkin. Bu xil ishlar, masalan: о‘quv ustaxonasi uchun
xilma-xil mayda buyurtmalardan, yoki dona hisobi uncha katta bо‘lmagan turli-
tuman detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari detallari) bо‘lishi mumkin.
Bunday hollarda о‘qituvchi tayyorlanishi kerak bо‘lgan buyumlarning tayyorlanish
texnologiyasi tahlil qilib chiqib, о‘quvchilarga frontal instruktaj tarzida umumiy
belgilarni (ma’lumotlarning) va yakka shaklni qо‘llaganda aytiladigan
ma’lumotlarni oldindan ajratib qо‘yadi. Bunda individual tarzda aytiladigan
ma’lumotlar kо‘proq bо‘ladi. Kо‘rinib turibdiki, darsni individual shakl asosida
tashkil etganda, о‘qituvchi kо‘proq tayyorgarlik kо‘rishi kerak bо‘lar ekan, bunda
darsning induvidual shakli va induvidual instruktajdan iborat ikkita tushunchani
bir-biridan farq qilish zarur. Induvidual instruktajni har qanday shaklda tashkil
etilgan darsda qо‘llash mumkin, lekin bu ishning xajmi frontal dars shaklida
kamroq, induvidual shakldagi darsda esa kо‘proq bо‘ladi.
214
Nihoyat, aralash shakldagi dars yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan uchchala dars
shakllarining elementlaridan tarkib topadi.
Shuni ham ta’kidlab о‘tish kerakki, dastur materialining mazmuniga, ixtisos
xarakteriga va boshqa faktorlarga qarab, ishlab chiqarish ta’limida boshqa tashkiliy
shakllarni ham qо‘llash mumkin. Masalan, о‘quvchilar brigadasi shaklidagi
о‘qitish ishlab chiqarish sharoitida,dars shaklini qо‘llash mumkin bо‘lmagan
hollarida qо‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi ta’lim kо‘pincha kо‘mir
koni shaxtyorlarini tayyorlashda, metallurglar, ximiklar va qishloq xо‘jaligiga
tegishli kо‘pgina ixtisos ishchilarini tayyorlashda qо‘llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |