199
mehnat ta’limi о‘qituvchisi mehnat ta’limi va tarbiya masalalari, kasbga yо‘llash
yuzasidan
chiqarilgan psixologik, pedagogik va metodik adabiyot yangiliklarini,
о‘z ixtisosi bо‘yicha xozirggi zamon texnikaviy adabiyotini, ishlab chiqarish
ilg‘orlari, ixtirochilarning tajribasini о‘rganadi, mehnat mashg‘ulotlarining
metodik jihatdan tо‘g‘ri tuzilishi xaqida g‘amxо‘rlik qiladi.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi yuksak mahorati va madaniyati,
uning ish joyini
tо‘g‘ri tashkil eta olishi, ishga oid usullarini tо‘g‘ri kо‘rsata olish buyum
namunasini tayyorlay olishi, uning nutqi, о‘quv-tarbiya jarayonining eng murakkab
jarayonlarida о‘zini tuta bilishi, о‘quvchilarga va о‘z xamkasablariga
xushmuomala bо‘lishi-bularning hammasi о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirib
olinadi va ularning hammasi о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirib olinadi va ularning
mehnat tarbiyasiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi talabchan bо‘lishi kerak.
Lekin uning yuqori
talabchanligi о‘z tarbiyalanuvchilarining insoniy qadr-qimmatini chuqur hurmat
qilish bilan ajralmasdir. Xatto, о‘qituvchi biror nojо‘ya xatti-harakatlari uchun
о‘quvchiga jazo berganda ham uni xaqorat qilishga, masxara qilib yerga urishga,
laqab qо‘yishga va hokozolarga yо‘l qо‘ymasligi lozim. U guruhdagi о‘quvchilar
orasida ana shunday xolat rо‘y berishiga qat’iy chek qо‘yish kerak. Shuning uchun
о‘z ishini yaxshi biladigan mehnat va mehnat ta’limi о‘qituvchisining metodik-
pedogogik va kasbiy-mutaxassislik mahorati о‘z о‘quvchilarining shaxsga nisbatan
bо‘lgan
hurmat ehtirom bilan, ularning har biri tо‘g‘risida mehribonlik va
g‘amxо‘rlik qilish bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu esa о‘z navbatida uning obrо‘sini
oshiradigan zarur shartdir.
О‘qituvchining obrо‘si о‘quv mashg‘ulotlari jarayonida о‘sib va tarkib topib
boradi. Mashg‘ulotlar vaqtida uning shaxsi, xarakteri va mahoratinig shunday
sifatlari namoyon bо‘ladiki, bular tarbiyalanuvchilarlarning umumiy tarzda e’tirof
etishi va hurmat qilishga sazovor bо‘ladi. Mehnat ta’limi о‘qituvchisi о‘zining
о‘quvchilari oldidagi obrо‘si tо‘g‘risida doimo g‘amxо‘rlik qilishi lozim. Agar
о‘qituvchi о‘z vazifalariga yuzaki qarasa, uning sо‘zlari
bilan ishlari bir-biriga
200
muvofiq kelmasa, agar u о‘quvchilar bilan bо‘lgan munosabatlarida adolatli
bо‘lmasa, uning obrо‘si tezda yо‘qolishi mumkin.
О‘quvchilarning moddiy ishlab chiqarish sohasida hayot va mehnatga
tayyorlanishda mehnat ta’limi о‘qituvchisi yetakchi rol о‘ynaydi. U о‘z
mashg‘ulotlarida о‘quvchilarning turli kasblarga bо‘lgan qiziqishni aniqlash va
rivojlantirilishi lozim. Buning uchun sinf rahbarini, shu sinfda ishlaydigan boshqa
fanlarning о‘qituvchilarning va ota-onalarning jalb qilishi kerak. Ular bilan
muntazam uchrashib turish va suhbatlashib bu guruhdagi о‘quvchilarni
yaxshiroq
bilish, ularning qiziqishlari va individual xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatini
beradi.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi о‘quvchilarga ish joyi tashkil etishda,
topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni tarbiyalashi, shaxsning halollik, kamtarlik,
qat’iylik,
dadillik, faollik, sabot-matonat xislatlarini, о‘rtoqlik, dо‘stlik,
mas’uliyatni sezish hislarini tarkib toptirishi kerak.
Darsning, о‘quvchilarning о‘quv ishlarini tashkil etishni hamma shakllarida
ta’lim jarayoni ishtirokchilari orasidagi munosabatlar xarakteri muhim ahamiyatga
ega bо‘ladi. YA’ni bunda talim jarayonining ishtirokchilari bо‘lgan о‘qituvchi va
о‘quvchi hamda о‘quvchilarning о‘zlari orasidagp munosabatlar nazarda
tutilmoqda. Ushbu munosabatlarning ijobiy xarakteri о‘quvchilarning anglash,
bilish faoliyatini rag‘batlantiradi, uning natijaviyligini oshiradi.
О‘qituvchi darslarda о‘quvchilarga bо‘lgan talabchanlikni bolalarga hurmat,
ziyraklik, pedagogik mavqe, obrо‘sini saqlagan holda yondoshishni namoyon etish
bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Darsda о‘quvchilarga
о‘qituvchining murojaati shakli ham farqsiz emas. О‘quvchilarni о‘z ism-shariflari
bilan atashi maqsadga muvofiqroqdir.
Pedagog sifatida о‘zligini namoyon etishni talab
qilish zarur holatlarda
о‘qituvchi tomonidan о‘z hissiyotini aks ettirish inkor etilmaydi: u darslarda
faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, hushyor, kо‘ngilchan bо‘libgina
qolmasdan, balki jiddiy, hafa va noroziligi bilingan qiyofada bо‘lishi ham kerak.
201
О‘qituvchining pedagogik optimizmi, uning о‘quvchilarga munosabatidagi
ishonch, о‘quv faoliyatini tashkil etishning turli-tuman shakllarida darsda ularning
hamjihatlikdagi izlanuvchanligini tashkil etish, о‘quvchilarning ishlariga hakqoniy
baho berish, ularga doimiy zarur yordam kо‘rsatishga tayyor turishlik - bularning
barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘ladi, о‘quvchilarda
jamoaviy mehnat malakalarini hamda ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: