186
Tanlangan shakl va metodlar asosida mashg‘ulotni qanday tashkil etish, uning
tuzilishi va mazmuni qanday izchillikda amalga oshirishini kо‘rsatuvchi
hujjat
bо‘lib о‘qituvchi tomonidan har bir mashg‘ulot uchun alohida-alohida tuziladi va
maktab о‘quv ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari tomonidan har bir mashg‘ulotdan
oldin tasdiqlanadi. Dars rejasining tuzilishi nazariy mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulot,
aralash va ekskursiya mashg‘ulotlari bо‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi.
Dars rejasining asosiy maqsadi о‘qitish jarayonini tо‘g‘ri rejalashtirishga va
uning samaradorligini oshirishga yordam berishdir. Dars muvaffaqiyatli о‘tishi
uchun uni tashkil etish bо‘yicha о‘qituvchi faoliyatining maqsadini aniqlash lozim.
Dars rejasi va uning bayon qilinishi о‘qituvchining darsga tayyorlanganligini
kо‘rsatuvchi hujjatlar. Darsning bayoni dars rejasida kо‘rsatilgan
izchillikda
yozilgan bо‘lib, unda о‘quvchilarga yetkazilishi zarur bо‘lgan asosiy tushunchalar,
sxema va chizmalar hamda esda saqlab qolish nisbatan qiyin bо‘lgan ma’lumotlar
aks ettiriladi. Bunda о‘quv dasturida kо‘rsatilgan meyoridan chetga chiqib
ketmaslik talab etiladi.
Darsning bayoni
darslik va metodik adabiyotlar, hamda о‘qituvchining
tajribalari asosida yozilib, dars rejasi bilan bir vaqtda maktab direktorining о‘quv
ishlari bо‘yicha muovini tomonidan tasdiqlanadi va о‘qituvchi
dars rejasi va
konspekti bilan darsga kiradi.
Dostları ilə paylaş: