178
о‘qitishning texnikaviy vositalari, adabiyot va metodik qо‘llanmalarning qaysilari
zarur bо‘lishini oldindan kо‘rsatuvchi hujjat bо‘lib, har bir sinf uchun yarim yoki
bir yilga mо‘ljallab tuziladi.
Taqvimiy mavzuli rejani tо‘liq ishlab chiqish quyidagi jadvalning barcha
ustunini metodik jihatdan tо‘g‘ri hal etgan holda tо‘ldirilishini taqozo etadi.
Bu jadvalni tо‘liq tо‘ldirilish uchun о‘quv ustaxonasida qilinadigan ishlar
rо‘yxati va mehnat ta’limini tabiiy –ilmiy sikldagi fanlar bilan bog‘liqlik grafigi
kerak bо‘ladi. Xuddi shuningdek, darslarning taqvimiy
mavzuli rejasini tuzish
uchun bu rо‘yxat va grafikning о‘zi kifoya qilmaydi, ular о‘zaro bir-biri bilan
bog‘liqdir, chunki qaysi mavzu uchun qanday ish obyekti tanlash kerakligi va
uning izchilligini yoki boshqa fanlardagi mavzuga qaysi mavzuni bog‘lab о‘tish
kerakligini aniqlash uchun birinchi navbatda mehnat ta’limi darslarida о‘tiladigan
mavzular va ularning ketma-ketligini aniqlash zarur bо‘ladi. Shu sababli taqvimiy
mavzuli rejani tо‘liq ishlab chiqish ikki bosqichni о‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda о‘tiladigan mavzular nomi, ularni о‘qitish ketma-ketligi,
unga ajratilgan soat va о‘qitish vaqti aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda о‘quv ustaxonada qilinadigan ishlar rо‘yxati
va mehnat
ta’limini tabiiy–ilmiy sikldagi fanlar bilan bog‘liqlik grafigi tuzilganidan sо‘ng
qolgan ustunlar tо‘ldiriladi.
№
tar
ti
b
Mav
zu
va
ma
v
zu
ch
al
ar
A
jr
at
il
g
an
s
o
at
О
‘q
it
is
h
v
aq
ti
О
‘q
it
is
h
sh
ak
li
D
ar
s
me
to
d
i
Is
h
o
b
y
ek
ti
X
o
m
as
h
y
o
A
sb
o
b
-u
sk
u
n
al
ar
Ji
h
o
z
va
m
o
sl
ama
lar
T
ex
n
ik
x
u
jj
at
la
r
Fan
larar
o
b
og
‘l
an
is
h
T
ex
n
ik
vo
si
tal
ar
Is
h
ch
i
k
as
b
lari
A
d
ab
iy
o
tl
ar
Izo
h
О‘lchov
Is
h
ch
i
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10 11 12 13 14 15 16 17
179
Darslar bо‘yicha taqvimiy mavzuli reja ishlab chiqish birinchi bosqichida har
bir sinf uchun о‘quv dasturidan boblar uchun ajratilgan soatlar bilan tanishib
chiqish kerak bо‘ladi. Tegishli boblarda о‘quvchilar uchun yetkazilishi kerak
bо‘lgan texnik ma’lumotlar va bajarilishi kerak bо‘lgan amaliy ish mazmuni
belgilanadi, о‘quv dasturidan dastlab boblarni, sо‘ng shu boblar mazmunini
qamrovchi mavzular ajratiladi.
Mavzularning о‘qitilish tartibi tahlil qilinadi va о‘rinli
joylashtirib chiqiladi,
dasturning mavzuli reja qismida bob uchun ajratilagan umumiy soatlar miqdorini
mavzularga mazmuni, hajmi va о‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda
taqsimlab chiqiladi.
Beshinchi ustun о‘qitish shakli - о‘quvchilarni bilim, malaka va kо‘nikmalar
bilan qurollantirish uchun ular qay tarzda tashkil etilganligini xarakterlaydi.
Mehnat ta’limini о‘qitishning bir necha xil shakllari mavjud bо‘lib, ular
maktabdagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar xarakteri, mahalliy shart-sharoitlar va
ta’limning umumiy maqsad hamda vazifalarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Tashkiliy shakl deganda о‘qituvchi tomonidan qо‘yilgan maqsadga erishishga
yо‘naltirilgan о‘quvchilar о‘quv-mehnat faoliyatini tashkil etish va rahbarlik qilish
usullarini tushunmoq kerak. Bu shakllar har bir mavzu
mazmuni va uning oldiga
qо‘yilgan maqsadlariga kо‘ra tanlanadi. Ba’zan birgina darsning о‘zi 2-3 xil
shaklda ham tashkil etilishi mumkin.
Oltinchi ustunda о‘qitish metodi - о‘qituvchi tomonidan bilim, malaka va
kо‘nikma singdirilishi va о‘quvchilar tomonidan bu bilim, malaka, kо‘nikmalarni
о‘zlashtirishining о‘ziga xos usullarini xarakterlaydi.
Yettinchi ustunda ish obyekti – har bir mavzuni о‘qitishda nazariya bilan
amaliyotining birligi qoidasiga amal qilinishini ta’minlash zarur. Shu sababli
berilayotgan ishlar bir-biriga mos kelishi kerak. Bu narsani nisbiy hal etishda
о‘quv ustaxonada qilinadigan ishlar rо‘yxatidan foydalaniladi.
Birinchi ish
obyektini qaysi mavzuni о‘qitishdan boshlab qaysi mavzuni о‘qitishda tugatilishi
kerak ekanligini aniqlab, sо‘ngra buning uchun ajratilgan vaqtlarni hisobga olgan
180
holda tо‘ldiriladi. Bunda har bir darsda kirish instruktaji va boshqa tashkiliy ishlar
uchun sarflanadigan vaqtlar hisobga olinishi kerak.
Sakkizinchidan о‘ninchi ustunlarda tanlangan, ish obyektini tayyorlash uchun
qanaqa xomashyo ( aniq turi, о‘lchamlari) kerakligi, qanday о‘lchovlarni bajarish
va ishlov
berish uchun qanday asboblar, texnologik kartalar zarur ekanligi
kо‘rsatiladi.
О‘n birinchi ustunda jihoz va moslamalar, ish bajarishda foydalaniladigan
dastgohlar yoki qurilmalar kо‘rsatiladi.
О‘n ikkinchi ustunga texnik xujjatlar, dastgohlar yoki qurilmalarning
pasportlari yoki boshqa texnik hujjatlari kiritiladi.
О‘n uchinchi ustunda fanlararo bog‘lanishlar kо‘rsatiladi, mehnat ta’limining
tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan aloqadorligi grafigiga
asoslangan holda har bir
mavzuni boshqa fanlardan о‘rganilgan qaysi bо‘limning qaysi mavzusiga bog‘lab
о‘tish mumkinligi oldindan rejalashtiriladi.
О‘n tо‘rtinchi ustunda о‘qitishning texnikaviy vositalari – tegishli mavzuni
о‘rgatishda О‘TVning qayi turi qо‘llanishi mumkin ekanligi (sharoitni hisobga
olgan holda) kо‘rsatiladi.
О‘n beshinchi ustunda mavzuga taalluqli ishchi kasblari va kasbkorlik xaqida
ma’lumot beriladi.
О‘n oltinchi ustunda о‘qituvchi va о‘quvchi ushbu mavzu mazmuni bilan
qaysi adabiyot yoki qо‘llanmaning qaysi beti, nechanchi paragrafida tanishish
mumkinligi aniq kо‘rsatiladi.
О‘n yettinchi
ustunda izoh berilishi mumkin, biror sabablarga kо‘ra о‘quv
dasturi yoki taqvimiy mavzuli rejada о‘zgarish sodir bо‘lib qolsa, dasturning
bajarilishiga oid kо‘rsatmalar va boshqa izohlar berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: