Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 “Nilufar guli” texnologiyasi.
Bu texnologiya didaktik muammolarni 
yechishning samarali vositalaridan biri bо‘lib, shaklan nilufar guli kо‘rinishiga ega. 
Yagona asos, unga birikkan tо‘qqizta “gul barg” (kvadrat, tо‘rtburchak yoki 
aylanalar)larni о‘z ichiga oladigan mazkur metod yordamida yetakchi muammo va 
uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi. 


172 
О‘quvchilarda hal etilayotgan masala yuzasidan mantiqiy, izchil fikrlash, ichki 
mohiyatini tahlil qilish kо‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan mazkur 
metoddan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) hal etiladigan masala aniqlashtiriladi; 
2) о‘quvchilar topshiriq mazmuni va uni yechish shartlari bilan 
tanishtiriladilar;
3) о‘quvchilar kichik guruhlar (yoki juftliklar)ga biriktiriladilar;
4) guruh yoki juftlik a’zolari markaziy tо‘rt burchak (kvadrat, aylana)da 
asosiy muammo (g‘oya, vazifa)ni qayd etadilar;
5) mazkur masala yechimi yuzasidan fikr yuritib, markaziy tо‘rtburchak 
(kvadrat, aylana) atrofida sakkizta xuddi shunday yordamchi chizmalarni hosil 
qiladilar, ularda masalaning xususiy yechimlarini bayon etadilar;
6) yordamchi shakllarda ifodalangan g‘oyalarni “gulning barglari”ga, ya’ni 
alohida yana shunday majmuaga olib chiqadilar (о‘z navbatida ularning har biri 
yana bir muammo kо‘rinishini oladi);
7) yordamchi chizmalarda ham asosiy muammo (g‘oya, vazifa) yoritilgan 
chizma kabi “gul barglar”da xususiy masala va yechimlar aks ettiriladi;
8) о‘rganilayotgan masalaning mohiyatidan kelib chiqib, bu jarayon bir necha bor 
takrorlanishi mumkin;
9) har bir guruh yoki juftliklar topshiriq yuzasidan о‘z yechimlarini taqdimot tarzida 
bayon etadilar;
10) guruhlar tomonidan taqdim etilgan yechimlar muhokama qilinadi va eng tо‘g‘ri 
variant aniqlanadi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin