Tarmoqlar(Klaster) texnologiyasi. Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik
strategiya bо‘lib, u о‘quvchilarni biron bir mavzuni chuqur о‘rganishlariga yordam
berib, о‘quvchilarni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq
ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga о‘rgatadi. Bu
uslub biron mavzuni chuqur о‘rganishdan avval о‘quvchilarning fikrlash
faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek,
о‘tilgan
mavzuni
mustahkamlash,
yaxshi
о‘zlashtirish,
umumlashtirish hamda о‘quvchilarni shu mavzu bо‘yicha tasavvurlarini chizma
shaklida ifodalashga undaydi.
Bumerang texnologiyasi . Bumerang uslubi bir mashg‘ulot davomida о‘quv
materialini chuqur va yaxlit holatda о‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin
egallashga yо‘naltirilgan. U turli mazmunga(muammoli, munozarali va hokazo)
ega bо‘lgan mavzularni о‘rganishga yaroqli bо‘lib, о‘z ichiga og‘zaki va yozma ish
shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining
turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan о‘quvchi yoki о‘qituvchi rolida chiqishi
mumkin. Bumerang texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga
imkoniyat yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki
shakllarda bayon qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi.
Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi. О‘qituvchi о‘quvchilar bilan kichik
guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun faoliyat yо‘nalishi aniqlanadi.
Muammodan bir-biriga bog‘liq bо‘lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli
asosi yaratiladi. Mavzuni о‘rganishdan oldin о‘quvchilar mazkur muammo haqida
tushunchaga ega bо‘lishlari lozim. Keyin guruh о‘quvchilari kichik guruhlarga,
ya’ni 3-5 kishidan bо‘linishlari kerak. О‘qituvchi tomonidan о‘quvchilarga aniq
kо‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda о‘qituvchi о‘quvchilarni
qо‘llab-quvvatlab va yо‘naltirib turadi. Mavzu sо‘ngida muhokama qilinadi.
О‘quvchi kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish huquqiga,
boshlovchi rolida bо‘lishga, bir-biridan о‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni
qadrlash imkoniga ega bо‘ladi.