Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

“Keys-stadi” texnologiyasi.
“Keys-stadi” (ingliz tilida “case” majmua, aniq 
vaziyat, “stadi” – ta’lim) texnologiyasi о‘quvchilarda aniq, real yoki sun’iy 
yaratilgan vaziyatning muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul 
variantlarini topish kо‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur 
texnologiya о‘quvchilarni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni о‘rganish 
va tahlil qilishga о‘rgatadi.
Таҳлил 
қилинадиган 
муаммо 
1-ечим 
(омил) 
3-ечим 
(омил) 
 
2-ечим 
(омил) 
4-ечим 
(омил) 
5-ечим 
(омил) 


171 
Texnologiyaning samaradorligi о‘quv jarayonini quyidagi texnologik 
bosqichlarda tashkil etilishiga bog‘liq:
1) keys yechimini topish bо‘yicha individual ishlash;
2) keys yechimini topishda jamoaviy hamkorlikka erishish. 
Mazkur texnologiyani qо‘llashda individual ishlashda quyidagi tartibda ish 
kо‘riladi:
1) о‘quvchining keys-stadi texnologiyasi mohiyati va undan foydalanish 
shartlari bilan tanishishi;
2) о‘quvchi tomonidan taqdim etilgan muammoning о‘rganilishi;
3) muammo yuzasidan asosiy va ikkinchi darajali masalalarni ajratish
shakllantirish va asoslash;
4) tadqiqot metodlarini tanlash va vaziyatni tahlil qilish;
5) taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini о‘rganish;
6) berilgan muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash;
7) taqdim etilgan yechimni ta’lim amaliyotiga tadbiq etish chora-tadbirlarini 
belgilash. 
Keys-stadi bо‘yicha jamoaviy hamkorlik quyidagi tartibda amalga oshadi:
1) muammo, uning yechimlari yuzasidan jamoa (guruh) a’zolari о‘zaro fikr 
almashadilar;
2) masalaning yechimi sifatida taqdim etilgan variantlar muhokama qilinib
ularning maqbullik darajasi baholanadi;
3) muammoli vaziyatning yechimini ta’minlaydigan aniq dastur ishlab 
chiqiladi;
4) masalaning yechim tо‘g‘risida ma’lumot beradigan taqdimot tayyorlanadi 
va unda namoyish etiladigan materiallar rasmiylashtiriladi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin