169
“Blits-sо‘rov” metodi.
Blits-sо‘rov (inglizcha “blits” – tezkor, bir zumda)
metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lо‘nda
javob qaytarilishini taqozo
etadigan metod sanaladi. Unga kо‘ra о‘qituvchi о‘rganilgan mavzu, muayyan
tarkibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab
etadigan savollarni ishlab
chiqadi va о‘quvchilarning e’tiborlariga havola etadi. О‘quvchilar berilgan savolga
qisqa muddatda, lо‘nda va aniq javob qaytara olishlari lozim. Guruh yoki juftlikda
ishlashda bir nafar о‘quvchi berilgan savolga javob qaytaradi, uning sheriklari yoki
guruhdoshlari javobni tо‘ldirishlari mumkin. Biroq, fikrlar takrorlanmasligi lozim.
Metodni qо‘llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g‘oyalarning
mohiyati talabalar tomonidan og‘zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma)
tarzida yoritilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: