141
о‘qitish vositalarining о‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi.
Hozirgi paytda tо‘rtta yо‘nalishdagi yangi informatsion texnologiya о‘qish
jarayonida qо‘llanilmoqda:
o
Nashriyot texnologiyalari.
o
TelekommunikatsiY.
o
Katta maketlar va ommaviy axborot vositalari.
o
Kompyuter robototexnikasi.
Hozirgi kunda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish borasida qator qarorlar
qabul qilingan. Ushbu texnologiyalardan foydalanishga tibbiyot xodimlari va
psixolog mutaxassislar tekshiruvidan sо‘ng ruxsat berilishi lozim. О‘qitish
vositalarining afzalligi ularning yuqori texnologik
imkoniyatlari bilangina emas,
balki eng avvalo о‘qitish samaradorligini oshirishdagi pedagogik xususiyatlari
bilan belgilanadi. Bu vositalarning ayrim didaktik imkoniyatlarining kо‘rsatib
о‘tish kifoyadir. Masalan: tabiiy va texnikaga oid fanlarni о‘rganish jarayonida
yangi informatsion texnologiyalar asosidagi о‘qitish
vositalari tizimi, xususan,
datchik va moslamalar majmui о‘rganilayotgan shaxsga izlanishni keng kо‘lamda
olib borish imkonini beradi.
Tadqiqot yoki uning bir bosqichni bir necha marta takrorlash lozim
bо‘lganda о‘lchamlarini qayd qilib yozib borish.
Modellashtirishning turli xil yо‘llari, xususan, tajriba natijalarini qо‘llash.
Olingan ma’lumotlarini qayta ishlashda avtomatlashtirishning yuzaga
kelishi.
О‘rganilayotgan materialining turli shakllardagi tushuncha va tasavvurlarini
vizuallashtirish (kо‘rgazmali qilish).
Texnikaviy moslama va mexanizmalarga taqlid qiluvchi robotlarni yaratish.
Turli
xil
yо‘nalishlarga mо‘ljallangan
ishlab chiqarish dasturlari
foydalanuvchilar oldida bilim olish sohalarida keng imkoniyatlarni yaratadi.
Ta’lim oluvchi nafaqat tayyor informatsiya asosida ishlaydi, balki о‘zi ham
maketlar yaratish imkoniyatiga ega bо‘ladi, matematik masalalarni yechish,
turli
142
vaziyatlarni modellashtirish, tabiiy fanlar-iqtisodiyot, ekologik va gumanitar fanlar
bо‘yicha tadqiqotlar olib borishi imkoniyatlari yuzaga keladi.
Masofadan turib о‘qitishning kelajagi porloqdir. Masofadan о‘qitish
kompyuter texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. О‘qitish jarayonini kompleks
ravishda tashkil etishga katta ahamiyat beriladi. О‘qituvchi-pedagog bu tizimni
mukammal bilishi shart. О‘qitish vositalari turli xil funksiyalarini bajarish bilan
birga qator imkoniyatlarga ham ega. О‘qitish jarayonlari
uchta asosiy funksiyani
bajaradi: ma’lumot berish, tarbiyalash hamda rivojlantirish. О‘qitish
jarayonini
kо‘rgazmali tashkil etishda kompleksli о‘qitish, pedagogik jarayonning barcha
asosiy funksiyalari о‘qitish vositalari orqali amalga oshiriladi. О‘qitish jarayonini
о‘qitish vositalari bilan taminlashda iqtisodiy yondoshuv zarur. Tanlangan kasb-
hunarning istiqbolli ekanligi va ommaviyligi о‘qitish vositalarining kompleksligi
asosida loyihalashtirilishi kerak.
Ikkinchi, shunday vostilarni tanlash va yaratish
kerakki, ular о‘quv - tarbiyaviy masalalarini eng kam sarf harajatlar bilan amalga
oshirishni
taminlasin.
О‘qitish vositalaridan kompleks foydalanishning
samaradorligi ularni qо‘llashda ratsional jihozlanishga
nisbatan aniq talab va
tavsiyalar qо‘yilishi lozim. Talab va tavsiyalar esa quyidagilardan iboratdir:
kо‘rgazmali qurol, tarqatma material va darsda qо‘llanilayotgan о‘qitish vositalari
keragidan ortiq darajada qо‘llamaslik; darsda qо‘llaniladigan vositalar (plakat,
sxema, modelь, maket, mulyaj, detal va boshqalar) har doim oldindan kо‘rib chiqib
tanlab olingan va foydalanish tartibda tayyor bо‘lishi kerak; texnik vosita va
boshqa kо‘rgazmali qurollarda oldindan ishlatib kо‘rish lozim; individual qо‘llash
uchun tanlangan didaktik kо‘rgazmali qurollar va boshqa qо‘llanmalar barcha
о‘quvchilar uchun yetarli bо‘lishi kerak; kо‘rgazmali qurollaning yetarli darajada
kо‘rilishi
va eshitilishini taminlash; har bir didaktik materialning qо‘llanilish
maqsadi va о‘rnini aniq rejalashtirib olish.
Dostları ilə paylaş: