Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Amaliy ishlar metodi turlari 
Mashq 
Amaliy ishlar 
Laboratoriya 


128 
Mashqlar samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha yuqori 
bо‘ladi: 

mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish;

bajarish qoidasini bilish;

vaqt bо‘yicha takrorlanishning tо‘g‘ri taqsimlanishi. 
Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari:
 
о‘qituvchining faoliyat maqsadi va 
mazmunini tushuntirishi; topshiriqni bajarish ketma-ketligini kо‘rsatishi; 
о‘qituvchi nazorati ostida о‘quvchilar tomonidan о‘quv harakatining dastlabki 
bajarilishi; zarur kо‘nikma va malakalar shakllangunicha о‘quv harakatlarning 
kо‘p bora takrorlanishi. 
Ba’zan о‘quvchilar ovoz chiqarib о‘quv harakatlarini takrorlashlari, 
bajarishlari lozim. Ular izohli mashqlar deb nomlanib, harakatlar mohiyatini 
anglagan holda kо‘nikma, malakalarni egallashga imkon beradi. 
Laboratoriya ishlari
о‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli 
texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni о‘tkazish metodlari bо‘lib, 
ular kо‘proq tabiiy fanlar asoslarini о‘rganishda qо‘llaniladi. Metod 
о‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish kо‘rish, о‘lchash ishlarini amalga 
oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi kо‘nikmalarini shakllantirishga 
imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, 
materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab 
etadi.
Amaliy ishlarning laboratoriyadan farqi shundaki, u о‘quvchilarning nazariy 
bilimlarini amaliy masalalarni yechish faoliyatini tashkil etadi. Metod 
о‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish, 
kamchiliklarni tuzatish kо‘nikmalarini shakllantiradi. 
Amaliy mashg‘ulotlarda bilish faoliyati besh 
bosqichda 
tashkil etiladi: 
1. О‘qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash 
2. Kо‘rsatma berish, yо‘l-yо‘riq kо‘rsatish 
3. Tajribani tashkil etish (unda ikki-uch nafar о‘quvchi amaliy harakatlarni 
bajaradi, qolgan о‘qiuvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi) 


129 
4. Faoliyatni tashkil etish (о‘quvchi topshiriqni mustaqil bajaradi, qiynalgan 
о‘quvchilarga e’tibor qaratilib, ularga yordam kо‘rsatiladi) 
5. Nazorat (unda о‘quvchilarning ishlari qabul qilinib, baholanadi; ishning 
sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqtni tejash, topshiriqni 
bajarish tizimining tо‘g‘riligi va samaradorligiga e’tibor beriladi) 
Ta’lim jarayonida о‘quvchilarning nazariy bilimlari negizida amaliy 
kо‘nikma, malakalarni shakllantirishda 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin