125
о‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi kо‘rish retseptorlari yordamida
о‘zlashtiriladi.
Kо‘rgazmali metodlar
– bu kо‘rsatmali kurollarni namoyish (kо‘rsatish) qilish
mehnat usullarini kо‘rsatish; о‘quvchilarning mustaqil kuzatishlari; о‘quv-ishlab
chiqarish ekskursiyalari.
Kо‘rsatmali qurollarni namoyish qilish (kо‘rsatish) metodi yordamida
о‘quvchilarda mehnat harakatlarining muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular
unga taqlid qiladilar va о‘z harakatlarini qiyoslaydilar.
Mazkur metodning
qо‘llanilishi kasb ta’limida kо‘rgazmalik tamoyilining yaqqol namunasi bо‘lib
hisoblanadi. Kasb ta’limi darslarida kо‘rsatmali qurollarning turli xil va
shakllaridan foydalanish о‘qituvchining tushuntirishlarini yaxshi idrok qilish
hamda о‘zlashtirishlarga, malakalarning mustahkam shakllanishiga yordam beradi.
Plakatlar, sxemalar,
modellar, maketlarning namoyish qilish bilan bir qatorda
harakatdagi ish quroli, asboblar,
moslamalar xomashyolar, buyumlarning
namunalari va hokazolarni kо‘rsatish ham katta ahamiyatga ega.
Namoyish metodi
о‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochishda,
predmetning tashqi kо‘rinishi, ichki tuzilishi haqida ma’lumot berishda keng
qо‘llaniladi
Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi kо‘rinishi (shakli,
hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning о‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi,
sо‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini о‘rganishga о‘tiladi. Kо‘rsatish
kо‘p holatlarda о‘rganilayotgan obyektlarning subyekti
yoki chizmasi yordamida
kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish, maxsus jihozlar
yordamida kо‘rsatish hisobiga amalga oshadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada
kо‘proq samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham
mumkin bо‘lavermaydi. Shu sababli tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy
muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog‘ida,
turli
о‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish), sun’iy obyektlar (maket, model,
mulyaj, skelet, b.sh.)dan foydalaniladi.
126
Metod yordamida о‘qituvchi о‘quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni
о‘rganish, zaruriy о‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni о‘rnatish,
hodisalarning mohiyatini anglab yetishga, faol bilish jarayoniga yо‘naltirishi
lozim. Namoyish samarasi kо‘p jihatdan bilish jarayonining о‘quvchilar
yoshiga
mos holda tо‘g‘ri tanlanishi, ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning
muhim jihatlariga yо‘naltirishiga bog‘liqdir.
О‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog‘liq bо‘lgan narsa, hodisa va
voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bо‘lmaydi.
Shuning uchun ham о‘tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab,
ekskursiya
metodidan ham foydalaniladi. Mazkur metod sinf sharoitida – dars jarayonida
qо‘llaniladigan ta’lim metodlaridan tubdan farq qiladi.
Ekskursiya narsa va
hodisalar mohiyatini tabiiy sharoitlar (ishlab chiqarish muassasalari, fermer va
jamoa xо‘jaliklari, tabiat) yoki maxsus muassasalar (muzey, kо‘rgazma zallari va
hokazolar)da bevosita о‘rganilishining tashkil etilishidir.
Ekskursiya bir vaqtning
о‘zida mustaqil ta’lim turi ham sanaladi.
Kо‘rgazmali metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish
maqsadga muvofiqdir:
kо‘rgazmalilikning о‘quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;
namoyish etilayotgan obyektlar barcha о‘quvchilarga yaxshi kо‘rinib turishi;
namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning
ajralib turishi;
tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib
kо‘rsatish asosida tashkil etilishi;
namoyish va illyustratsiya о‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bо‘la
olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: