124
Ma’ruza
yirik hajmdagi о‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi
sanalib, u qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning kо‘pligi,
bilimlar bayonining tizimliligi kabi о‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi.
Ma’ruza mazmuni murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning
sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun
va qoidalardan tashkil topadi, u butun dars
jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-
sekin kengayib borishidan vujudga keladi, bir vaqida о‘quvchilarni qisqacha yozib
olish (konspektlash)ga о‘rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan
iborat
:
ma’ruza
rejasini tuzish; о‘quvchilarni ma’ruza mavzusi, rejasi bilan
tanishtirish; ma’ruza bandlarini mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etish; har bir
bandini qisqacha xulosalash; ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga о‘tishda
mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash; ma’ruzani muammoli
va hissiy tarzda bayon
qilish; bunja nutq imkoniyati, misollar, aniq
dalillar va qiyoslashlardan
foydalanish; о‘quvchilarning bilish faoliyatini mahorat bilan boshqarish;
ma’ruzaning muhim jihatlarini ochib berish; о‘quvchilar ma’ruzaning
asosiy
о‘rinlarini yozib borishlariga imkon yaratish; muhim о‘rinlarni ta’kidlab
kо‘rsatish; ma’ruza mazmunini kо‘rgazmali tarzda (namoyish, illyustratsiya,
videofilm va boshqalardan foydalangan holda) yoritish.
Ta’lim sifatini oshirishda
Dostları ilə paylaş: