Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin




О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI
MUSLIMOV NARZULLA ALIXANOVICH 
SHARIPOV SHAVKAT SAFAROVICH 
QО‘YSINOV ODIL ALMUROTOVICH
MEHNAT TA’LIMI О‘QITISH METODIKASI,
KASB TANLASHGA YО‘LLASH
DARSLIK 
Toshkent – 2014



Muslimov N.A.,
Sharipov SH.S., Qо‘ysinov O.A. 
Mehnat ta’limi о‘qitish 
metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash. Darslik. –Toshkent: TDPU, 2014. 389
b.
 
Mazkur darslikda о‘quvchilarining umumiy о‘rta ta’lim maktablari 5-9 
sinflarida «Mehnat ta’limi» fanida “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” va 
“Qishloq xо‘jaligi asoslari” yо‘nalishlari bо‘yicha о‘qitish uchun pedagogika
psihologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini mujassamlashtirish bilan 
tanlagan ixtisosliklari bо‘yicha ta’lim–tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga 
oshirish yо‘llari bayon qilingan. 
Darslik asosan mehnat ta’limi yо‘nalishi bо‘yicha tahsil olayotgan 
talabalarga mо‘ljallangan bо‘lib, shuningdek, undan professor-о‘qituvchilar va 
ilmiy izlanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. 
Taqrizchilar

1. Magzumov P.T. – pedagogika fanlari doktori, professor 
2. Parmonov A.E. – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 
Darslik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 
Kengashi tomonidan muhokama qilingan va OО‘MTV muvofiqlashtiruvchi 
kengashiga tavsiya etilgan.
Bayonnoma № ... (........2014y.). 
 



KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar 
davlatimizning istiqbolini taminlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi 
tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘z navbatida «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi»ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb 
egasi qilib tarbiyalashga asosiy etibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu 
asosda o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo‘lga 
qo‘yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini taminlovchi muhim omil vazifasini 
o‘taydi. 
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash 
muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim 
modelimizning asosiy g‘oyasi va mazmuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z ifodasini topgan. 
Respublikamizda umumiy о‘rta ta’lim muassasalari oldiga о‘quvchilarni 
xalq xо‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli 
ravishda tanlashga tayyorlash bо‘yicha qо‘ygan ijtimoiy buyurtmasini bajarishda 
mehnat ta’limi о‘qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu 
vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi о‘qituvchisidan umummehnat bilim, 
kо‘nikma va malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda 
dinamik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida 
pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg‘or 
texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bо‘yicha 
mukammal bilimlar, kо‘nikmalarni egallashni taqozo etadi. Shu munosabat bilan, 
mehnat ta’limi о‘qituvchisining bilim, kо‘nikma va malakalari kо‘lami va sifati, 
uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy о‘rta ta’lim DTS talablari asosida tashkil 
etish va о‘tkazish bо‘yicha erishgan yutuqlari va yо‘l qо‘ygan kamchiliklari, 
kasbiy mahorati va h.k. kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va kо‘p qirrali 
faoliyatini takomillashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, 
nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal 



tanlash asosida nazorat о‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini 
boyitish, bu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy 
ishlarni tahlili bu borada amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarni ilmiy-uslubiy 
asnosida tashkil etilishini talab qilmoqda. 
Mazkur darslik ta’lim tizimi tо‘g‘risida bо‘lajak 
mehnat ta’limi
о‘qituvchilarga mehnat ta’limi jarayoni bо‘yicha tushuncha berish orqali yosh 
avlodni tarbiyalash, shaxsni kamol toptirish, e’tiqod va maslaklarini
shakllantirish, ma’naviy – axloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi.
“Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi, kasb tanlashga yo’llash” bo‘yicha 
darslik fanning dasturiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 
mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallab yozilgan. 
Darslikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 5-9 sinf o‘quvchilari uchun 
mehnat ta’limining maqsadi va vazifalari, davlat ta’limi standartlari, mazmuni va 
tamoyillari uzluksiz holati yoritilgan. Umumiy ta’lim maktablarida asos qilib 
tanlangan “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” va “Qishloq xo‘jaligi 
asoslari” yo‘nalishlari ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirgan holatida o‘z aksini 
topgan. 
Darslikda mehnat ta’limi о‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yо‘llash faning 
maqsad va vazifalari, tarixiy taraqqiyoti metodologik asoslari hamda ilmiy 
tadqiqot metodlari kabi masalalar dastlabki boblarda yoritilgan. Shuningdek asosiy 
mazmuni fanning didaktik asoslari, fanni о‘qitish metodikasi, rejalashtiriuvchi 
xujjatlar, о‘qituvchining darsga hamda о‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari va kurs 
ishi hamda bitiruv ishlarini bajarish metodikasi kabi masalalar tashkil etadi. 
О‘quvchilarni kasb tanlashga yо‘naltirish masallari alohida mavzular kо‘rinishida 
berilgan.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin